Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish



Yüklə 70,76 Kb.
səhifə2/8
tarix26.11.2023
ölçüsü70,76 Kb.
#136507
1   2   3   4   5   6   7   8
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tan-fayllar.org

Kirish


Dehqonchilik - 1) oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (qishloq xoʻjaligi ekinlari)ni yetishtirish; qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, koʻpgina sanoat tarmoushri (oziq-ovqat, toʻqimachilik, farmatsevtika va boshqa)ni xom ashyo bilan taʼminlaydi. Chorvachilik bilan uzviy bogʻliq. Dalachshshk (asosiy tarmoq), sabzavotchshshk, polizchshshk, bogʻdorchilik, gulchilik, yaylov-oʻtloqchilik kabi tarmoklarga boʻlinadi.
Dehqonchilikda ekinlarni parvarishlash va mahsulotlar yetishtirish texnologiyasining asosiy tadbirlari: mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, qimmatli biologik va xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan navlar (duragaylar)ni tanlash, almashlab ekishla eng yaxshi oʻtmishdoshni tanlash; ekin ekiladigan maydonlarda yerga yaxshi ishlov berish va oʻgʻitlarni qoʻllash; urugʻlikni ekishga tayyorlash, ekish (muddatlari, urugʻlik ekish normasi, ekish usuli, ekish chuqurligi); ekinlarni parvarishlash (tuproqqa ishlov berish, oziqlantirish, begona oʻtlarni yoʻqotish, ekinni zararkunandalar va hasharotlardan himoya qilish, defoliantlar, desikantlar qoʻllash); hosilni yigʻib-terib olish (asosiy va ikkilamchi mahsulotlarni yigʻib-terib olish muddatlari va uni tashkil qilish, dalani oʻsimlik qoldiklaridan tozalash, hosil yigʻib olingandan keyin yerni haydash); yigʻib olingan hosilga dastlabki ishlov berish va boshqa.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda mukammal agrotexnologiya mintaqa, muayyan hudud, xoʻjalik, almashlab ekish dalasining tuproq-iqlim sharoitlari va ekiladigan oʻsimlik xususiyatlariga, shuningdek, xoʻjalikning ishlab chiqarish resurslariga mos kelishi kerak. Dehqonchilikning asosiy vazifasi ekinlarni yetishtirishning ilmiy asoslangan jadal texnologiyalari negizida don, sabzavot, meva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan iborat.
Tuproq, joy, iqlim sharoitlarining xilma-xilligiga qarab Dehqonchilikda ekiladigan ekinlar, tuproqqa ishlov berish usullari katta farqlarga ega. Namgarchilik yetarli boʻlgan moʻʼtadil mintaqalarda turgʻun Dehqonchilik, qurgʻoqchilik hududlarida sugʻorma Dehqonchilik, nam subtropik va tropiklarda 2—3 marta hosil yetishtiriladigan yil boʻyi Dehqonchilik paydo boʻlgan. Shu munosabat bilan har bir mintaqa uchun dehqonchilik tizimi ishlab chiqiladi.
Hoz, davrda jahonda Dehqonchilik qilinadigan va koʻp yillik daraxtzorlar bilan band boʻlgan yerlar 1512 mln. ga ni tashkil qiladi.

Yüklə 70,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin