Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Mavzu: Qadimgi Rus davlati IX-XI asrlarda



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə20/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Mavzu: Qadimgi Rus davlati IX-XI asrlarda


Reja:

  1. Ilk feodal Rus davlatining tashkil topishi va rivojlanishi.

  2. Sharqiy slavyan qabilalarining Kiyev knyazligiga birlashtirilishi.

  3. Kiyev Rusida feodal munosabatlarning rivojlanishi. “Russkaya pravda”.

  4. Rus davlatining qo’shni slavyan davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari.



Tayanch iboralar:


Sharqiy slavyanlar; knyaz; konung; bijanaklar; varyaglar; polyanlar; severyanlar; volinliklar; bujanlar; drevlyanlar; dregovichlar; radilichlar; vyatichlar; polochanlar; krivichlar; slovenlar; varyaglar; xazarlar; pecheneglar; smerdlar; Sargrad; patriarx; mitropolit; ‘’qizil quyosh’; boyarin; kup; zakup; ryad; ryadovichlar; xoloplar; votchinachilar; ognishchanin; tivun; podezdnoy; “Russkaya pravda”; grivna; veche.
Qadim zamonlardan Markaziy va Sharqiy Yevropada, german qabilalarining sharq tomonida slavyan qabilalari istiqomat qilganlar. Milodiy VI asrga kelib slavyanlar g’arbda E’lba daryosidan, sharqda Dnepr daryosining o’rta oqimigacha, shimolda Boltiq dengizi, janubda esa Dunay daryosi va Qora dengizga qadar bo’lgan katta hududni egallagan edilar. VII asrga kelib ko’psonli slavyan qabilalari uch katta tarmoqqa; sharqiy, g’arbiy va janubiy slavyanlarga bo’linib ketdi.
Sharqiy slavyanlar, o’z navbatida yirik uch xalq; ruslar, ukrainlar va belaruslarning shakillanishida asosiy rol oynadi.
Sharqiy slavyanlar kuchli Kiyev Rusi feodal davlati dastlab qabila uyushmalari sifatida vujudga keldi. Sharqiy slavyanlarda dastlabki paytlarda knyaz(slavyan.qabila boshlig’i, davlat yoki alohida mulk hukmdori) hokimiyati kuchli ma’muriy yoki harbiy muassasaga ega emas edi. Bu davlatning markazi Kiyev shahri bo’lgan. Poytaxt shahrini ko’zda tutib bu davlatni Kiyev Rusi deb ham atashgan. Bu davlatda VIII asrning oxiri IX asrning boshlaridan boshlab feodal tuzumga o’tish davri boshlandi.
Yilnomalarda yozilishicha, Sharqiy slavyan qabilalari varyaglarga (skandinaviyalik normannlarga) elchilik jo’natib, o’zlarini knyaz yuborilishini so’raydi. Bu taklifga binoan uch aka-uka; Ryurik, Sineus va Truvorlar Rusga kelib, Ryurik Novgorod shahriga 862-yilda asos solib,(862-882 yillarda yashab, qadimgi Rusda yangi sulola (Ryurikovichlar) sulolasiga asos soladi,
Ko’p o’tmay, ukalari vafot etib, Ryurik yakka hukmronlik qila boshlaydi. Yilnomada yozilishicha, Ryurik 879-yili vafot etgach, varyag konungi(norvejcha,-skandinavlarda oliy hukmdor) Oleg Ryurikning o’g’li Igor yosh bo’lganligidan foydalanib, qarindoshi Oleg Askold va Dirni bartaraf etib, 882-yil Kiyevni bosib olgan va davlat poytaxti qilib tanlagan. Xullas, birinchi Rus davlati IX asr oxirida slavyanlarning ikki asosiy markazi: Novgorod va Kiyevda shakllangan.
Uning boshqaruvi paytida Kiyev Rusi tarixining boshlanishi bilan bog’liq muhim voqea bo’ladi. Kiyev Rusi davlati 882-1132 yillarda mavjud bo’lib, 1132-yilda parchalangach, Kiyev Rusidan Novgorod Respublikasai, Vladimir-Suzdal, Galich-Volin, Ryazan knyazliklari va boshqa mayda davlatchalar ajralib chiqdi.
Oleg 882-yili o’z lashkari bilan Kiyevni egallab, ayni paytda yozma manbalarda Kiyev Rusi nomini olgan davlatga asos soladi. Oleg shimolda Ladoga ko’lidan, janubda Dneprning quyilishigacha bo’lgan yerlarda slavyanlarni birlashtiradi.
Igor knyazligi (912-945yillar) davrida ko’chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urush qiladi. Igor 945-yili drevlyan qabilalari bilan bo’lgan jangda halok bo’lgach, rafiqasi Ol’ga o’g’li Svyatoslavlar Kiyev knyazligini boshqarganlar.
Yilnomalarda yozilishicha, Ol’ga X asrning 50-yillari o’rtalarida Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qiladi. Lekin uning o’g’li Svyatoslav yangi dinni qabul qilishdan bosh tortadi, knyaz Vladimir 988-yilda ruslarni xristian diniga qabul qildirgan hukmdor sifatida qadrlanadi.
Qadimgi Rus davlati feodal tuzum asosida Kiyevda tashkil topgan bo’lib, bu krepostnoylik (feodal davlatlarda dehqonlarning to’liq va mash’um ko’rinishini mustahkamlagan huquqiy meyorlar) va tobe dehqonlar ustidan hukmronlik qilishga asoslangan tuzum edi.
Qadimgi Rus davlatida sharqiy slavyanlarning knyazlik qabilasi hukmron bo’lgan. O’sha davrda yozilgan qo’lyozmalarining guvohlik berishicha, hali yagona qadimgi rus davlati bo’lmagan paytda o’zlarining yer haqida va qabilalari haqida o’z qonunlari bor edi.
Qadimgi Rus davlatida knyazlik qabilasi vaqtida qishloq aholisining asosiy qismi feodal tuzumiga tobe bo’lmagan edi va o’z erki qo’lida edi.
Knyazlik boshqaruvini qabila oqsoqollari birgalikda boshqarishlar edi. Ular qabila yig’inida eng zo’r oqsoqolga tayanishar edi. Bu oqsoqol har qanday muhim masalani hal qila olardi. Tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda ‘’qabila’’ atamasi (qabila,arab.-urug’-aymoq, bir ota-onadan tarqalgan bir necha guruh uyushmasi, etnik birlik), nafaqat odamlarning birlashivi balki keng ma’noda qon- qarindoshlik birlashuvidir.
X asrda Rus davlatida uchta markazlashgan hudud bor edi; bular, Kuyab, slavyan va Artoniya hududlari edi. Kuyab- bu Kiyevning hududidir.
Bu uchta hududning siyosiy jihatdan birlashuvi IX asrdan boshlanib, to qadimgi Rus davlatining barpo bo’lishigacha davom etdi.
XII asr boshida Pechera monastrining monaxi Nestor ‘’Rus tarixi’’ ni yozgan.
Solnomachi Nestor VIII- IX asrlarda juda keng hududda yashagan sharqiy slavyanlarning 15 ta qabila ittifoqlarini tilga oladi. Ular faqat unumdor o’rmon- dasht yerlarda joylashibgina qolmay, shu bilan birga o’rmonlarning ichkarisiga ham kirib borganliklari haqida ma’lumot beradi.
Dneprning o’rta oqimini (Kiyev va uning atrofini) polyanlar ishg’ol qilganlar; uning sharqida (Poltovo-Novgorod Severskiy, Severskiy-Donesk) da severyanlar; polyanlarning g’arbida volinliklar va bujanlar; shimoli-g’arbda drevlyanlar yashashgan. O’rmon zonasida (Belarusda) dregovichlar; Soj va Desna daryolari boylab radilichlar; Oka daryosi boylab va Moskva atroflarida vyatichlar joylashgan. G’arbiy Dvinada polochanlar, Volga, Dnepr va Dvina daryolarining yuqori qismida krivichlar shimol bilan sharqda keng yoyilib yashashgan.
Slavyan qabilalarining eng shimoliy ittifoqi slavyanlar bo’lib, ular Il’men ko’li boyida joylashganlar, Novgorod ularning yerida vujudga kelgan.
XI asrga kelib slavyan qabilalari ittifoqi; dregovichlar, drevlyanlar, severyanlar, polochonlar va novgorodlik slovenlar rus hukmroligi ostida bo’ldi. Eramizning VI asrida O’rta Dnepr boyida, Ros daryosi Dneprga quyiladigan yerda rus slavyan qabilasi yashagan.
Kiyev Rusi davlati tashkil topishi arafasida sharqiy slavyanlar yerlari kichik-kichik knyazliklarga bo’linib ketgan edi. Ulardan biri Novgorod knyazligi edi. Novgorod knyazi Oleg 882-yilda Kiyevni egallagan. Bu g’alaba unga shimoli va janubiy Rusni birlashtirish imkonini bergan. Kiyev shahri poytaxt etib belgilangan. Shu tariqa Kiyev Rusi davlati tashkil topdi.
Dnepr boylarida qadimgi Rus davlati asta- sekin vujudga kelgan. IX asr oxirida Novgorodda knyazlik qilgan Oleg Kiyevni o’z hukmronligi ostiga boysundirgan. Bu shahar qadimgi Rus davlatining poytaxti bo’lgan. Bir necha yirik slavyan viloyatlari polyanlar, severyanlar, drevlyanlar va boshqa slavyanlar qabila ittifoqlarining yerlari qadimgi Rus davlati tarkibiga kirgan.
Dastlab Kiyev knyazlari o’z qo’l ostilaridagi aholidan o’zlari o’lpon yig’ib olganlar. Mehnatkash xalq knyazlikning jabr- zulmiga qarshi qo’zg’olon ko’targan. Qadimgi Rus davlatining dastlabki knyazlaridan biri bo’lgan Igor 945-yilda o’z drujinasi bilan drevlyanlarida zo’rlik bilan odatdagidan ko’p o’lpon to’plagan, uning drujinasi boyishni, chiroyli kiyinishni, qimmatbaho qurol tutishni xohlagan edi. Drevlyanlar mahalliy knyaz boshchiligida Igorga qarshi qo’zg’olon ko’targanlar, ular bilan to’qnashuvda Igor halok bo’lgach, uning rafiqasi Ol’ga o’g’li Svyatoslav balog’at yoshiga yetgunga qadar Kiyev knyazligini boshqargan.
Igorning beva qolgan xotini Ol’ga eridan keyin knyazlik qilib, drevlyanlarni qattiq jazolagan. Ol’ga drevlyanlarning shahriga o’t qoygan va ko’p aholini tiriklayin o’tda kuydirgan.
Qadimgi Rus aholisi urushqoq qo’shnilari varyaglar (qadimgi Rusda Skandinaviyadan kelib, savdo-sotiq va bosqinchilik qilish uchun qurolli otryadlarga uyushgan kishilar), xazarlar, pecheneglar |(VIII-IX asrlarda Volga daryosining quyi oqimi bilan Yoyiq daryosi oralig’ida ko’chib yurgan chorvador xalqlar) ning hujumini ko’p marta qaytargan. Varyaglarning hujumi IX asrda Yevropaning ko’p davlatlari Angliya, Fransiya, Italiyani ham qo’rquvga solib turgan.
Varyag drujinalari o’z kemalarida Fin ko’rfazi, Neva daryosi, Ladoga ko’li, Volxov daryosidan o’tib, rus yerlariga ham kirib kelganlar. Ular rus boyliklarini talaganlar, aholini shavqatsizlikcha o’ldirganlar, ular ’’varyaglar yurtidan greklar yurtigacha’’ ya’ni Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo’lgan buyuk suv yo’lini qo’lga kiritishning payidan bo’lganlar.
Varyag drujinachilari Novgorodni va boshqa rus shaharlarini bosib olganlar. Mahalliy aholi bilan kurashda ko’pgina varyaglar halok bo’lgan, bir qismi o’z yurtlariga qaytib ketganlar, rus tuprog’ida qolganlari esa slavyanlarning tili va urf-odatlarini qabul qilib, mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar.
O’sha vaqtda Volga bilan Don oralig’ida xazarlar yashagan. Ular yarim ko’chmanchi bo’lib qadimgi Rus davlati hududiga ko’p marta bostirib kelganlar.
Kiyev knyazlari xazarlarning hujumlarini ko’p marta muvaffaqiyatli qaytarganlar. Pecheneglar Osiyodan Shimoliy Qora dengiz boyiga bostirib kirganlar. Pecheneglar Rusga ham tahdid solib turganlar. Pecheneglar otlarda xuddi quyundek bostirib kelganlar, ularning mol- mulklariga chang solganlar, qishloqlarga o’t qoyganlar, smerdlarning (IX-XIV asrlarda Rusda jamoa dehqonlar bo’lib, ular dastlab erkin bo’lishgan, feodalizmning rivojlanishi bilan feodallar qaramligiga tushishgan) o’zini va ularning bola-chaqalarini olib ketganlar. Pecheneglar Kiyevni ololmaganlar, chunki shaharning devorlari mustahkam, aholisi dovyurak va harbiy ishga mohir bo’lgan. Rus aholisi sahroyi ko’chmanchilarning hujumlarini daf etib, ularning hujumidan Markaziy va G’arbiy Yevropani saqlab qolganlar.
Shimoli-g’arbdagi varyaglar va xazarlar bilan, keyinchalik pecheneglar bilan va janubi- sharqda kochev qabilalari bilan bo’lgan janglarning tezlashishi natijasida mayda hududlar birlashib, katta hududlarga aylangan.
Knyaz Oleg Vizantiyaning bosh shahri Konstantinopol (bu shahar Rusda Sargrad deb atalgan) ustiga katta qo’shin tortib kelgan va uni qamal qilgan. Vizantiyaliklar ruslarning shartlariga ko’nishga majbur bo’lgan. 911 yilda Rus davlati bilan Vizantiya o’rtasida shartnoma tuzilgan. Rus savdogarlari Sargradga kelib, u yerda boj to’lamasdan mol sotish huquqiga ega bo’lganlar.
Solnomachi shuni hikoya qiladiki, Oleg g’alaba belgisi sifatida Sargrad darvozasiga o’zining qalqonini qoqtirgan. Ruslarning umumiy dushmanlari pecheneglar, xazarlar va varyaglarga qarshi birgalikda kurash olib borishi natijasida Vizantiya bilan Rus o’rtasida X asrning ikkinchi yarmida do’stona munosabatlar o’rnatildi. Bu do’stlik munosabatlari 1043 yilda dushmanlik harakatlari tufayli uzilib turdi. Konstantinopol patriarxi (yunon.pater-ota;archo-boshqaraman;-cherkov boshqaruvida oliy unvon), Rus cherkovi boshlig’ini Kiyev mitropolitini (xristian cherkovidagi qadimgi unvon,patriarxdan keyingi lavozim) tayinlash huquqini da’vo qildi. Biroq Rusning cherkov yo’li bilan Vizantiyaga qaramligini Yaroslov I rus popi Illarionni 1051 yilda Kiyev mitropoliti qilib tayinlash bilan ancha bo’shashtirdi.
Rus cherkovi Konstantinopol cherkovining hukmronligidan 1448-yilda uzil-kesil qutilib oldi. Rus mitropolitlari hatto greklardan bo’lganida ham, rus cherkovini mustaqil idora qilar edi.
Qadimgi Rus davlati asta-sekin rivojlanib borgan. Drujinachi qo’shinning soni kop’ayib, yaxshi qurollangan rus qo’shini serharakat, tajribali va matonatli bo’lgan.
X asrda Igorning o’g’li Knyaz Svyatoslav 22 yoshida taxtga o’tirgach, u 964-972 yillarda boshqargan, sharqqa yurish boshlagan, u tadbirkor va jangovor knyaz bo’lgan. U o’z drujinasi bilan og’ir harbiy mashqlar qilgan va oddiy drujinachi askardan sira farq qilmagan. U boshi ostiga egarni qoyib, ochiq havoda uxlagan. Svyatoslov o’zi bilan chodir, qozon olib yurmagan, go’shtni qaynatib o’tirmasdan balki, ko’mir cho’g’iga tutib kabob qilib yegan. Qadimgi yilnomada aytilishicha u qoplondek ildam yurgan. U dushman ostiga qo’shin tortib borar ekan,’’ustingizga bostirib boryapman!’’ deb oldindan dushmanni ogohlantirgan. Uning Vizantiyalik dushmanlari ham yosh knyazning jasurligi va tantiligiga tan berganlar. Svyatoslav Itil (Volga) va Don daryolari oralig’ida tashkil topgan Xazar hoqonligini mag’lub etib, uning poytaxti Itil shahrini egallaydi. U Bolgariyaga, ko’chmanchi bijanaklarga, Vizantiyaga qarshi urushlar olib boradi, chunki Vizantiya imperiyasi Rusni Qora dengizdan uzib qoyishga intilardi va dashtning turli ko’chmanchilarini ularga qarshi gij-gijlardi. Urush Dunay daryosida ham, vodiylarda ham, Bolqon tog’ tizmalarida ham bo’lardi. Svyatoslav Dunaydagi Pereyaslaves shahrini bosib olib, poytaxtni shu yerga ko’chirishni ham mo’ljallagan edi. Mening yurtimning markazi shu yerda,-degan edi Svyatoslav, chunki, bu yerga turli mamlakatlardan boylik kelib turadi; Vizantiyadan-ipak, oltin, vino va mevalar; Chexiya va Vengriyadan-kumush buyumlar va poygachi otlar; Rusdan esa qimmatli moynalar, mum, asal va asir olingan qullar kelib turadi. Svyatoslav bu yerda mustahkam o’rnasha olmadi.
Svyatoslav bu yerdan Volgaga qarab yo’l olgan va u hozirgi Qozon va Kama daryosi atrofida yashagan Volgaboyi bolgarlarini va hozirgi Volganing etaklarida joylashgan Xazar hoqonligini tor- mor keltirgan. Shundan keyin g’arbga Bolqon yarim oroliga yo’l olgan. Vizantiya imperatori Rusning harbiy qudratidan qo’rqib, Dunay boyi bolgarlariga qarshi Svyatoslav bilan ittifoq tuzgan. Svyatoslav Dunay boyidagi Bolgariyani istilo qilgan. Vizantiya ko’chmanchi pecheneglarni Kiyevga hujum qilishga ko’ndirgan. Svyatoslav Dunay boyidan qaytib kelib, o’z shahrini himoya qilib olgan va yana Bolgariyaga jo’nab ketgan. Rus bilan bolgarlar umumiy dushman Vizantiyaga qarshi birgalashib kurashganlar.
Ruslar Kiyevga qaytib kelayotganda pecheneglar Volga boyidagi Jiguli tog’laridan Karpat tog’larigacha bo’lgan hududda ko’chib yurib, 972-yilda Svyatoslav qo’shinlari Vizantiya yurishidan qaytayotganda Dnepr ostonalarida ularni qo’lga tushirganlar va qirib tashlaganlar. Svyatoslav ham jangda halok bo’lgan.
Svyatoslav davlatining janubi-sharqiy chegarasi 3 ming km.ga cho’zilgandi.
Svyatoslav vafotidan keyin uning katta o’g’li Yaropolk Kiyevda, ikkinchi o’g’li Oleg drevlyanlar yerida, uchinchi o’g’li Vladimir Novgorodni boshqarar edi.
Slavyanlarning o’z xudolariga Perun, Dajdbog, Stribogga ishonishlari ularning tabiat kuchlari haqidagi tasavvurlari hamda slavyanlar turmushining jamoa tuzumini aks ettirar edi.
Svyatoslavning vorislari o’rtasidagi kurash 972-980 yillarda bo’lib, taxtni Svyatoslavning o’g’li Vladimir Svyatovlavich (980-1015) egallab, u 988-yilda xristianlikni qabul qilib, uni Rus davlatining rasmiy dini deb e’lon qilgan. Majusiy xudolarning rasmlari butlar yo’q qilingan, knyazning buyrug’i bilan kiyevliklarni Dneprga haydaganlar va unda cho’qintirish marosimi o’tkazganlar. Kiyev zodagonlari xristianlikni bajoni dil qabul qilganlar, chunki bu din ularga aholi ustidan hukmronlik qilishlariga yordam bergan.
Vladimir Svyatoslavich davlatni mustahkamlash ishini davom ettirgan. U barcha sharqiy slavyanlarni Kiyev Rusiga birlashtiradi. Bu xizmatlari uchun Kiyevning Buyuk knyazi degan nom olgan. Mamlakatda chegara qal’alari qurdirgan. Dushman hujumidan ogohlantiruvchi gulxan yoqiladigan ulkan tepaliklar bunyod ettirgan. Chegara mudofaasi bilan shug’ullanuvchi maxsus chegara xizmatini tashkil etgan. Pecheneglar hujumi shu tariqa tugatilgan. Bu xizmatlari uchun Vladimir yilnomalarda ‘’Qizil quyosh’’ deb ulug’langan. Rus Yevropaning eng yirik davlatlaridan biriga aylangan. Endilikda Kiyevning Buyuk knyazlari Yevropa imperatorlari, qirollari bilan teng nufuzga ega bo’lgan.
Cherkov knyazlardan katta- katta yer mulk va davlat daromadining 10/1 qismini destyatina (lot. o’rta asrlarda Yevropada daromadning 10/1qismini cherkovga to’lashi, Fransiyada Karl Buyuk davridan, ya’ni 779 yildan boshlab to’lash majburiy bo’lgan, 1790-yilda Fransiyada bekor qilingan, Rossiyada knyaz Vladimir davrida joriy etilgan) olib turgan.
Rus davlatida xo’jaliklar asta-sekin rivojlana borgan sari oqsoqollar, sarkardalar, drujinachilar ham eski urug’-qabila zodagonlari ham mustahkamlanib borgan. Ular jamoa yerlarini bosib olganlar, bu yerlarni o’zlarining xususiy mulki qilib olib, yer egasi bo’lib olgan.
Qadimgi rus dehqonlari yoki o’sha zamonda aytilganidek, xizmatkorlar davlat hokimiyatiga tobora ko’proq qaram bo’la boshlaganlar. Knyazlar jamoa yerlarini bosib olib, dehqonlarni o’lpon to’lashga majbur qilganlar. Bunday dehqonlarni ‘’smerdlar’’(qadimgi Rusda jamoachi dehqonlar, ular dastlab erkin bo’lishgan,feodalizm rivojlangan paytda feodalga qaram bo’lishgan) deb atashgan. Smerdlar bora-bora ayrim yer egalariga ham qaram bo’lib qolganlar. Erkin dehqonlarning yerlari kamayib, zodagonlarning yer mulklari ko’payib borgan. Zodagon yer egasi-feodal o’sha zamonda boyarin (IX-XVII asrlarda Rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi, Kiyev Rusida urug’ qabila zodagonlari avlodi, katta drujinachilar, yirik yer egalari) deb atalgan. Boyarlar, dehqon jamoa yerlarini tortib olgach, ular feodalga qaram dehqonlar o’z mehnatlari bilan o’zlarini va oilalarini boqsinlar deb dehqonlarga chek yer qoldirganlar. Dehqonning o’z xo’jaligi; oti yoki qo’sh ho’kizi, mehnat qurollari va yashaydigan kulbasi bo’lgan.
Ba’zan dehqon boyarindan qarzga pul, qoramol, ya’ni ’’kup’’ (qarz) olgan. Xo’jayiniga qaram bo’lgan dehqon ’’zakup’’(XI-XII asrlarda Kiyev Rusida feodalga qaramlikning bir turi, ya’ni, feodaldan olgan qarzi evaziga ishlab beradigan dehqonlar) deb atalgan.
XI asrga kelib haydab dehqonchilik qilish Rusda hukmronlik qildi. Dehqonlar endi ko’proq mahsulot ishlab chiqara boshladilar. Feodallar esa bundan foydalanib, turli yo’llar bilan erkin dehqonlarni asoratga solganlar va ularni barshchina (o’rta asrlarda Rossiyada yer rentasi shakli, yirik yer egasiga qaram dehqonning o’z mehnat qurollari bilan yer egasiga xo’jaligida haq olmay bajaradigan majburiy mehnati) o’tashga hamda obrok (o’rta asrlarda Rossiyada pomeshchiklar tomonidan dehqonlardan pul va oziq-ovqat ko’rinishida olinadigan yillik yig’im) to’lashga majbur qilganlar.
Feodallar, knyazlar va boyarlarning yer mulklari votchinalar (Rossiyada yer egaligining merosiy ravishda o’tadigan qadimgi turi) deb atalgan. Odatda barshchinaning qoq markazida xo’jayinning qo’rasi joylashgan edi. Feodalning uy-joyi, xizmatkorlari turadigan bino, xo’jalik binolari; ombor, sigir va qoylar uchun molxona, otlar uchun otxona ham shu yerda bo’lgan.
Har qaysi votchinada xo’jalikni boshqarish va dehqonlarni itoatda saqlashda yordam beradigan ko’p xizmatkorlar; ognishchanin (katta drujinachi, xo’jalik boshqaruvchisi), tivun (qad.Rusda knyaz yoki boyar xizmatchisi), yoki uy boshqaruvchisi, podezdnoy (obrok, o’lpon yig’uvchi) lar bo’lgan.
Xo’jayin qo’rasining yonida qaram kishilar; zakuplar, ryadovichlar, xoloplarning kulbalari ham bo’lgan. Votchinaning haydaladigan yeri ikki qismdam iborat bo’lgan, bularning birida xo’jayinning xo’jaligi yuritilgan, boshqa bo’lagi qaram dehqonlarga chek yeri qilib taqsimlab berilgan. Dehqonlarda chek yerning va o’z xo’jaligining mavjudligi feodal votchinasining zarur sharti bo’lgan. XI asrning o’rtalariga kelib, Rusga feodal munosabatlar uzil-kesil qaror topdi.
Vladimir Svyatoslavich barcha sharqiy slavyanlarni birlashtirdi, va qariyb butun Sharqiy Yevropani qamrab oldi. Uning davrida Rus davlati chegaralari g’arbda-Visla havzasigacha, shimoli-g’arbda-Boltiq dengizining Fin ko’rfazigacha, shimolda-Pechora bilan Kamagacha cheksiz Taygagacha, sharqda-Oka daryosining quyilishigacha yetib borgandi. Rus davlatining janubiy chegaralari 1000 km.dan ortiq masofani tashkil qilardi.
1014-yilning dekabrida Novgorod knyazi Yaroslav Kiyevga boj to’lashdan bosh tortgach, unga qarshi urushga tayyorgarlik ko’rayotgan paytda 1015 yil fevralda Vladimir vafot etadi.
Uning vafotidan keyin Rusda og’ir zamonlar boshlandi, uning o’g’illari ko’p edi, ular uzoqqa cho’zilgan o’zaro ichki urushlar boshlashdi, bu urushlarga pecheneglar, yollanma varyaglar ham qo’shildi.
Vladimirning o’g’li keyinchalik Dono (Mudriy) deb nom olgan Yaroslav 1019 yilda Kiyevning Buyuk knyazi bo’ldi va 1019-1054 yillarda boshqardi. Uning davrida maorifga e’tibor berildi, kitoblar tarjima qilindi, kutubxonalar tashkil qilindi, hozirgi vaqtda ham Kiyev, Chernigov va Novgorodda Yaroslav davrida qurilgan binolar saqlanib qolgan. Knyaz Yaroslav Novgorodda tartiblar to’g’risida qonun yaratib, u ’’Yaroslavl sudi’’deyiladi.
1036-yilda Kiyev yaqinida pecheneglar qattiq mag’lubiyatga uchratildi, shundan keyin ularning hujumi batamom to’xtadi.
Rusda asta-sekin tarkib topa boshlagan feodal urf-odatlar va qonunlar ham feodallarning manfaatlarini himoya qilgan. Yaroslav Mudriy zamonida rus yozma qonunining yaratilishiga asos solingan. O’sha zamondagi qonunlar ’’Russkaya pravda’’ deb atalgan to’plamga yozib qoyilgan. Yaroslavning o’g’illari uni yangi qarorlar bilan to’ldirganlar. 1072-yilda uch aka-uka Izyaslav Yaroslavich, Svyatoslav Yaroslovich va Vsevolod Yaroslavichlar Kiyevda yangi qonun ’’Russkaya pravda’’ (rus huquqlari normalari to’plami) ni tuzishdi.
Rus davlatining eng yirik yodgorligi ‘’Rus haqiqati’’ hisoblanadi. 1072-yilda uch aka-uka Izyaslav Yaroslavich, Svyatoslav Yaroslovich va Vsevolod Yaroslavichlar Kiyevda yangi qonun ‘’Russkaya pravda’’ (rus huquqlari normalari tо‘plami) ni tuzishdi.
Unga quyidagilar kiradi:
1. Yaroslav haqiqati taxminan XI asrning 30-yillarida tuzilgan. Uning manbalarini odat huquqi, knyazlarning qonunchiligi, sud amaliyoti tashkil etadi.
2. Yaroslavichlar haqiqati esa 1052 yoki 1072 yillarda Kiyevda tuzilgan. Yaroslav haqiqati va Yaroslavichlar haqiqati Rus haqiqatining qadimiy matni hisoblanib, qisqa haqiqat deb yuritiladi.
3. «Mufassal haqiqat» Yaroslav Ustavi va Vladimir Monamax Ustavidan iborat bо‘lib, Monomax davrida (1112-1125 yillar) Kiyevda tuzilgan.
Rus haqiqati vasiyat bо‘yicha va qonuniy merosni tartibga soladi. Meros qoldiruvchi faqat о‘z oila a’zolariga vasiyat qilishi yoki kimnidir merosdan mahrum qilishi mumkin edi. Uning vasiyati о‘zgarmas hisoblangan. Vasiyat bо‘lmasa meros о‘g‘illar о‘rtasida qonuniy tartibda taqsimlangan. Qizlarga sep-sidirg‘a ajratilgan. Eng kenja о‘g‘ilga merosdan kо‘proq - umumiy mulkdan о‘z hissasi va uy, tomorqa о‘tgan. О‘g‘illar bо‘lmasa, qizlar merosxо‘r bо‘lgan. Faqat boyarlarning qizlari merosxо‘r bо‘lishi mumkin edi. Smerdlarning qizlari meros huquqidan mahrum etilib, faqat erga tegmagan bо‘lsa sep-sidirg‘a uchun hissa olardi xolos. Boshqa barcha hollarda meros knyaz foydasiga hal qilinardi.
Qaram dehqonlarning shaxsi va mulki erkin kishilarnikiga qaraganda kamroq darajada himoya qilingan. Masalan, Rus haqiqatida ognishanin (yuqori tabaqa vakili) yoki knyazlik erkagini о‘ldirganlik uchun aybdor knyaz foydasiga 80 grivna, (Rus davlatida pul va og‘irlik birligi, kumushdan yasalgan) erkin kishini о‘ldirganlik uchun esa - 40 grivna, smerdni о‘ldirganlik uchun bor-yо‘g‘i 5 grivna jarima tо‘lashi nazarda tutilgan.
Rus haqiqatida moddiy, jismoniy yoki ma’naviy talofat yetkazish hisobga olinmagan. Xoloplar va qullar qilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Ular uchun xо‘jayinlari javob bergan. Rus haqiqati bо‘yicha, xolop erkin kishini ursa, erkin kishi xolopni о‘ldirish huquqiga ega edi. Bu qoida knyaz Yaroslav tomonidan bekor qilinib, uning о‘rniga aybdor xolopning xо‘jayinidan jarima olinadigan bо‘ldi. Jinoyat ishtirokchilari aybning darajasiga qarab ajratilmagan, ular bir xil jazolanganlar.
Yaroslav Mudriy davrida Rusning xalqaro aloqalari rivojlangan. Yaroslavning o’zi shved malikasiga uylangan, qizlarini esa fransuz, vengr va norveg qirollariga turmushga bergan. Yarovasning o’g’li Vizantiya malikasiga uylangan. Yevropa qirollari Kiyev knyazi oilasi bilan qarindosh bo’lishni sharaf deb bilar, bu esa qadimgi Rusning xalqaro ahamiyatidan darak berar edi. XI asr oxiri va XII asrning ikkinchi yarmida Rus davlatida shaharlarning rivojlanishi ko’zga tashlanadi. Ba’zi shaharlar hunarmandchilik va savdo aloqalari rivojlangan shahar hisoblanadi.
Tarixchilarning guvohlik berishicha, IX- X asrlarda 24 ta shahar, XI asrda 62 ta shahar, XII asrda 119 ta yangi shaharlar paydo bo’lgan. Bu shaharlarda yashovchi hunarmandlar o’z mahsulotlarini chetga chiqarib sotganlar. Rus davlati rivojlanganini shundan bilamizki, hattoki pul muomalasida ham o’z pullariga ega edilar.
1024 yilda Suzdal yerida hosil unmay qattiq qahatchilik bo’lib, xalq zodagonlarga qarshi bosh ko’targanlar.
Kiyev knyazi o’z drujinasi bilan Suzdalga borib, xalq harakatini bostirgan.
Kiyevning o’zida 1068 yilda knyazlarga qarshi bosh ko’tarilgan. Shu vaqtda sharq tomondan qupchoqlar xoni Sharukan rus yerlariga bostirib kirdi. Kiyev knyazi Izyaslavning qo’shini ulardan yengilgan. Xalq knyaz Izyaslavni shahardan haydab, uning mol-mulkini mudodara qilgan. Veche (xalq yig’ini) hukmronlikni boshqa knyazga topshirgan va qipchoqlarga zarba berishgan. Biroq Pol’shaga qochib ketgan knyaz Izyaslav bir necha oydan keyin polyak qo’shini bilan qaytib kelib, qo’zg’olonchilarni shafqatsiz jazolagan.
1093-yilda Vsevolod Yaroslavich vafot etadi, uning o’g’li Vladimir Monomax taxtga voris bo’lish umidi bor edi, lekin Kiyev boyarlari taxt vorisi etib, boshqa knyaz Svyatapolk II Izyaslovichni saylashadi. U salobatsiz, noshud, pulga o’ch knyaz edi. Uning davrida xalq ommasining ahvoli og’ir edi. Knyaz hamma narsadan foyda olishning payida bo’ldi va sudxo’rlarga homiylik qildi. 1113-yilda u vafot etgach, o’sha yili 17-aprelda qo’zg’olon ko’tarilib, dehqonlar boyar Putyata qo’rasini va sudxo’rlarning qo’ralarini xonavayron qildilar.
Kiyev boyarlari qipchoqlar (turkiy xalqlarning eng yirik qabilalaridan biri bo’lib, rus solnomalarida poloveslar, Yevropa va Vizantiya solnomalarida kumonlar deb atalib, ko’chmanchi bo’lib, XI-XIII asrlarda janubiy rus cho’llarida o’rnashganlar) ustidan qozongan g’alabalari bilan shuhrat qozongan Pereyaslav knyazi Vladimir Monomaxni hukmdor qilib saylashadi.
Yangi knyaz ‘’Russkaya pravda’’ga o’zgartishlar kiritib, bu qo’shimchalar foizlar to’lashni va qarzni uzishni yengillashtirdi. Ushbu Monomax ustavi qarz beruvchi sudxo’rlardan qarz olib qaram bo’lib qolgan shahar aholisi foydasiga yozilgan edi.
1113-1125-yillarda Yaroslav Mudriyning nabirasi Vladimir Vsevolodovich Monomax knyazlik qilib, u sarkarda va davlat arbobi edi. U 83 marta harbiy yurishlarda qatnashgan. Monomax qipchoq xonlari bilan kurashmoq uchun rus knyazlarini birlashtirdi va Sharukan, Bonyak va Tugorkan kabi qipchoq xonlarini yengdi. Uning davrida Rus davlati qipchoqlar hujumidan saqlanib turdi. Qipchoq xonlari Shimoliy Kavkazga ketib, Gruziya shohi Dovud Binokorga xizmat qila boshlagan.
Kiyev knyazi Vladimr Monomax (1113-1125) davrida knyaz hokimyati mustahkamlangan. U boshqa knyazlarni o’ziga boysundirishga majbur qilgan, tobe bo’lmaganlarni esa jazolagan, ularning shaharlarini tortib olgan. Uning davrida davlatning harbiy qudrati tiklangan. Qunchoqlarga qarshi muvaffaqiyatli yurishlar uyushtirib, qipchoqlarni Rus yeriga bostirib kelishini to’xtatishga muvaffaq bo’lgan. Kiyev Rusining xalqaro o’brusi yanada oshgan. Yevropaning ko’p qirollari Kiyev knyazi bilan qarindosh bo’lishga intilganlar.
Vladimirning singlisi Germaniya imperatoriga, qizi esa Vengriya qiroliga tekkan.
O’sha vaqtda feodal munosabatlarining rivojlanishi ayrim knyazliklarning tobora ko’proq ajralib chiqishiga hamda buyuk Kiyev knyazi hokimiyatining zaiflashuviga olib kelgan. XII asrning o’rtalariga kelib, Rus ko’pdan- ko’p mustaqil knyazliklarga bo’linib ketdi.
Bular Chernigov, Polosk, Pereyaslav, Galisk, Vladimir, Volinsk, Smolensk, Ryazan, Rostov- Suzdal, Novgorod yeri, Kiyev knyazligi va bir qator mayda knyazliklar tashkil topdi.
Knyazlarning Lyubekdagi sezdi (1097-yil)da :’’har kim o’z yurtiga ega bo’lsin’’deb belgiladi, ya’ni, feodal tarqoqligi boshlanishini tantanali ravishda e’lon qildi.
Solnomachi 1132-yilda, ‘’butun Rus yeri bo’linib ketdi’’, ya’ni, qismlarga ajralib ketdi, deb yozgan edi.
Kiyev knyazligi 15 ta mustaqil knyazlikka bo’linib ketib, ularning har qaysisida knyazlik sulolasi qaror topdi va hokimiyat endi boyarlarning ixtiyorsiz merosi tariqasida avloddan-avlodga o’tib turdi.
Ushbu alohida knyazliklarning iqtisodiy va madaniy rivojlanishi ancha tez muvaffaqiyatli borayotgan edi-yu, lekin bu tuzumning 4 ta salbiy jihati bor edi, bular quyidagilar :
1. knyazliklarga bo’linish knyazlar o’rtasidagi o’zaro urushlar va janjallarni to’xtatmadi.
2. Rusning mudofaa qobiliyatini zaiflashtirdi.
3. knyazliklar vorislar orasida maydalashib ketdi va XIII asrning boshiga kelib 50 ta knyazlik tashkil topdi.
4. Juda tez orada knyazlar bilan mahalliy boyarlar o’rtasida nizolar kelib chiqishga olib keldi. XII asr oxiri XIII asr boshiga kelib Kiyev knyazligining hududi ancha qisqarib ketdi, uning g’arbiy chegarasi Garina daryosi boylab, sharqiy chegarasi Dnepr boylab, janubiy chegarasi esa Rosa daryosining janubidan o’tar edi.
XIII asrning boshida Volinsk knyazi Roman Mstislavich Kiyevga knyazlik qilayotgan qaynotasi Ryurik Rostislovichga qarshi kurash boshladi. Kiyev boyarlari Romanga darvozalarni ochib berishdi. Ryurik esa butun qunchoq yurti bilan ittifoq bo’lib, 1203 yilda Kiyevni qo’lga kiritadi.
XII asr o’rtalarida nizolar kuchayib borib, Rusda 15 ta mustaqil knyazlik tashkil topgan, Rusdagi feodal tarqoqlik mo’g’ullarga qo’l keladi, Botuxon bosqini arafasida Rusda 50 ta mustaqil knyazlik bo’lgan, mo’g’ullarning uzoq qamalidan so’ng, 1240-yilda Kiyev olinadi.
XV asrning oxirida rus yerlarini birlashtirish boshlanib, ‘’Rossiya’’ tushunchasi paydo bo’ldi.


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin