Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Mavzu: XI-XV asrlarda Mo’g’ullar imperiyasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə24/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Mavzu: XI-XV asrlarda Mo’g’ullar imperiyasi


Reja:
1.Chingizxonning hokimiyat tepasiga kelishi va mo’g’ullar davlatiga asos solinishi.
2. Chingizxonning davlat boshqaruv tizimi hamda harbiy strategiya va taktikasi.
3.XII asr oxiri va XIII asr boshlarida mo’g’ullarning ijtimoiy tuzumi va xo’jalik hayoti.
4.Mo’g’ullarning harbiy istilochilik yurishlari.
Tayanch iboralar:
Mo’g’ullar; kereitlar; naymanlar; markitlar; taychiutlar; kuren; eskort; noyonlar; nukerlar; keshik.


Chingizxonning hokimiyat tepasiga kelishi va mo’g’ullar davlatiga asos solinishi.
O’rta asrlar manbalarining ma’lumotlariga ko’ra, XII asr oxiri-XIII asr boshlarida mo’g’ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi jarayonlari bo’lib o’tadi. Mo’gul davlatining tuzilishi va mo’g’ul xalqining tashkil topishi XIII asrning boshlariga borib taqaladi. Bungacha ular alohida qabilalarga yoki qabila ittifoqlariga bo’linib yashar edilar. Har bir qabilaning yo’lboshchisi bor edi. Xitoy manbalariga ko’ra, mo’g’ul qabilalari XII asrda Buyuk Xitoy devoridan to Baykal ko’ligacha bo’lgan hududda yashaganlar. Xitoyliklar Shimoliy Xitoy hududida yashagan janubiy mo’g’ullarni ’’oq tatarlar’’ deb, Shimoliy mo’g’ullarni esa ’’qora tatarlar’’ deb ataganlar.
Yozma manbalarda mo’g’ullar menu (menva) nomi bilan ilk marotaba Xitoyning Tan sulolasi (618-906) solnomasida tilga olinadi.
Mo’g’ullar ko’p qabilalardan iborat bo’ilb, bu qabilalari ichida son jihatidan eng ko’p va ta’siri kuchlisi bu kereitlar bo’lib, Xatchay va Xentey tog’ tizmalari o’rtasida Orxon Tolis daryolari vodiysida yashashgan. Ular g’arbda nayman qabilalari bilan qo’shni bo’lganlar. Naymanlar-Xangay va Oltoy tog’ tizmalari o’rtasida yashashgan. Ular tog’ etaklari va tekisliklarda joylashgan edilar. Ko’chmanchi naymanlar to Orxon daryisigacha yoyilgan edi. Naymanlar mo’gul qabilalari ichida eng madaniysi edi. Naymanlar jamiyatida o’sha davrda sinfiy tabaqalanish yuz bergan edi.
Markitlar-Selenchi daryosi havzasida yashaganlar. Boshqa mo’g’ul qabilalariga qaraganda ular o’zlarining urushqoqligi, jangovorligi bilan ajralib turgan va kuchli qoshinga ega bo’lgan. Jaloirlar-ancha ko’p sonli va kuchli bo’lib, Onon daryosi vodiysida yashaganlar. Taychiutlar-Onon va Selenga daryolari etaklarida yashagan. Ongutlar-eng kam sonli ko’chmanchi qabilalar bo’lib, ular ming oiladan iborat bo’lgan. Ular ancha zich holda yashar edilar va asosan Xitoy imperatorlariga chegara xizmatlarida turar edilar.
XII asrning 50-60 yillarida mо‘g‘ullarning dastlabki davlati-Мо‘g‘ul ulusi (“Barcha mо‘g‘ullarning davlati”) ning tushkunlikka uchrab, inqirozga yuz tutgan edi. Natijada, XII asrning ikkinchi yarmi-XIII asr boshlarida Mо‘g‘ulistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda quyi bosqichda turgan turli mо‘g‘ul qavm va qabilalari katta va qudratli mо‘g‘ul davlatini barpo qilish uchun о‘zaro kurash olib borar edilar.
Hokimiyat uchun qavm va qabilalar о‘rtasida olib borilgan kurashda Chingizxon g‘alaba qozonadi va 1204-1205 yillarda kuchli mо‘g‘ul davlatiga asos soladi.
Chingizxon (1155-1227yillarda yashagan) Taychiutlar qabilasidan chiqqan Bordjigin avlodining boshlig’i bo’lgan, boy mo’g’ul zodagoni Yesugay-baturning o’g’li edi. Chingizxonning otasining ismi Yesugay bahodir, onasini esa О‘lun der edilar.” Unga Temuchin ismini otasi qо‘ygan.”.
XII asr o’rtalariga kelib Baykal ko’li atrofi, hozirgi Mo’g’uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manchjur qabilalarining ko’pchiligi Yesugay Bahodir ta’siriga o’ta boshlaydilar. Yesugay tatar va market qabilalariga qarshi urushlar paytida 1185 yilda tatarlar tomonidan xoinona zaharlab о‘ldirilgandan so’ng tashabbus uning o’g’li Temuchin qo’liga o’tadi. Temuchin o‘z ulusini tashkil etib, boshqaruv apparatini tuzgan o‘z tarafdorlari va safdoshlarini yuqori ma’muriy boshqaruv lavozimlariga tayinlagan. Barcha mansabdor shaxslar, shuningdek, shaxsiy gvardiya va navkarlar ustidan boshqaruv ishiga Boorchu va Jelme tayinlandi. Mo‘g‘ul armiyasiga esa Temuchinning ukasi Xasar bosh qo‘mondon bo‘ldi. Armiyaning ilg‘or qismlariga qo‘mondonlik qilish Subutoy – bahodirga topshirilib, Temuchin uni «o‘zining tayanchi va qalqoni» deb atadi. Mo‘g‘uliston tarixida, XII – asrning so‘nggi ikki o‘n yilligi, Temuchin va uning raqiblari o‘rtasida Mo‘g‘uliston ustidan hokimiyat o‘rnatish uchun kurashi davri bo’ldi. Temuchin bu o‘zaro kurashda Toorilxonning qo‘llab-quvvatlashiga tayandi, uning asosiy raqibi Jamuxa bo‘ldi.
1187 yilning kuzida Onon daryosining yuqori oqimidagi Dalan-Baljutada, Temuchin bilan Jamuxa o‘rtasida dastlabki yirik harbiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Temuchin o‘zining dastlabki yirik to‘qnashuvida mag‘lubiyatga uchraydi, garchi raqiblarning kuchlari teng bo‘lgani holda – har ikki tomondan 30 ming nafardan askarlar qatnashgani holda, Jamuxa tomonidan asir olingan 70 nafar harbiy boshliqlar tiriklayin qaynatilgan. Dalan-Baljuta jangida mag‘lubiyatga uchragan Temuchin 10 yil muddat davomida faol harbiy xarakatlar olib bormadi. Bu yillar davomida Temuchin chjurchjenlarni Szin imperiyasi hududida yoki uning chegarasi yaqinida turgan. XII – asrning o‘rtalaridan boshlab, Szin imperatorlari qo‘shni mo‘g‘ul cho‘llarida «voyaga yetmaganlarni qirg‘in qilish» siyosatini olib borishadi. Har uch yilda bir marta Szinning ekspeditsion korpusi(maxsus maqsad bilan uyushtirilgan otryad) Sharqiy Mo‘g‘uliston hududlariga kiritilgan va mahalliy erkak aholini qirg‘in qilgan yoki Szin hududiga qullikka haydab olib ketilgan. Bunga javoban ko‘chmanchilar, muntazam ravishda chjurchjenlar imperiyasini chegaradagi viloyatlarini xonavayron qilishgan. Szin imperiyasiga ayniqsa, o‘zlarining bosqinlari bilan tatarlar ko‘proq mushkullik keltirib chiqargan.
1196 yilda Vanyan Syan qo‘mondonligidagi armiya tatarlarga qarshi yurish qiladi. Tatarlar Kerulen daryosi yonida yakson etilgach, Uldza daryosi bo‘ylab chekinishadi. Szin imperiyasining Van Ango qo‘mondonligidagi qo‘shini tatarlarni ta’qib etadi. Van Ango o‘z navbatida, Tooril va Temuchinga, tatarlarga qarshi birgalikda urush harakatlarida qatnashishni taklif qildi. Keroitlar va Temuchin boshchiligidagi mo‘g‘ullar, Torey ko‘li yonida tatarlarni tor-mor qilishdi. Bu yordam evaziga, Temuchin Szin hukumatidan chautxuri unvonini oladi. Tooril hoqon esa, van (knyaz) unvonini oladi va shundan keyin Vanxon (O‘ngxon) deb nomlana boshladi. Chjurchjenlardan unvon olinishi, Temuchinning mavqeini mustahkamlanishiga imkon berdi.
1198 yilda Szin armiyasi, Sharqiy Mo‘g‘ulistondagi xulugaitlar va boshqa mo‘g‘ul-tatar qabilalariga qarshi yurishni amalga oshiradi. Biroq ichki nizolar oqibatida chjurchjenlar davlatining tashqi siyosiy faolligi zaiflasha boshladi. Bunday vaziyat Temuchinga Sharqiy Mo‘g‘ulistonda mustahkamlanib olish uchun qulay sharoit yaratdi. G‘arbiy Mo‘g‘ulistonda ham o‘zgarishlar yuz berdi, u joyda nayman ulusi Gayanxon va Buyurukxon boshchiligidagi ikkita davlatlarga bo‘lindi. 1198 – 1199 yillar davomida kereitlik Vanxon, Jamuxa va Temuchin uchalasi birgalikda, Tayanxonning ma’qullashi bilan Buyurukxonga zarba berishdi. Ammo hal qiluvchi jang oldidan Vanxon bilan Jamuxa til biriktirishib tunda yashirin ravishda Temuchinni tark etishdi, bu bilan ular naymanlar Temuchinni mag‘lubiyatga uchratishiga umid bog‘lashdi. Biroq naymanlar buning o‘rniga butun kuchlari bilan kereitlarga tashlanishdi, va oqibatda Temuchinning o‘zi Tooril-xoqonni qutqarishiga to‘g‘ri keldi. Temuchin 1200 yilda taychiutlarga qarshi yurish boshladi, uning taychiutlarga nisbatan nafrati shunchalik kuchli ediki, bu jangda Temuchinni shaxsan o‘zi qatnashdi va yarador bo‘ldi.
1201 yilda Jamuxani tarafdorlari uni gurxon deb e’lon qilishdi. Jamuxani ortidan nafaqat mo‘g‘ullar, balki Mo‘g‘ulistondagi ko‘plab boshqa qabila va elatlarning vakillari naymanlar, merkitlar, oyrotlar, toyjutlar ham ergashib borishdi. Jamuxani gurxon etib saylash, ko‘tarish marosimi Gan daryosining Argun daryosiga quyilish joyida amalga oshirildi. Jamuxaning atrofiga birlashgan kuchlar ochiqdan – ochiq Vanxon va Temuchinni o‘zlarining dushmanlari deb e’lon qilishdi. Shunday qilib, XIII-asr boshlariga kelib, Mo‘g‘ulistondagi hokimiyat uchun kurashgan kuchlarning aniq shakllanishi yuz berdi. Amalda esa Vanxon bilan Temuchinning o‘rtalaridagi ittifoq mustahkam bo‘lmagan, umuman olganda, bir – birlariga raqib bo‘lgan bu xonlarning har biri o‘zining mavqei uchun kurashgan.
Janubiy-Sharqiy Mo‘g‘ulistonda mustahkam o‘rnashib olishga intilgan Temuchin 1202 yilda tatarlarga qarshi yurish qildi. O‘zining hamyurtlari – toyjutlar bilan olib borilgan urushlarni hisoblamaganda, bu Temuchinning kuchli mo‘g‘ul – tatar elatlaridan biriga qarshi dastlabki yakka holdagi yurishi bo‘ldi. Buir-Nor ko‘lidan uncha uzoq bo‘lmagan Dalan- Numergen degan joyda tatarlar mag‘lubiyatga uchratildi. Tarixchi Rashiduddinning yozishicha, Temuchin tatarlarni o‘zining «qilichi uchun ozuqa, ya’ni yemak» ka aylantirdi, aravaning o‘qidan baland bo‘lgan barcha erkak va o‘spirinlarni qirib tashladi. Temuchinning g‘alabasi Mo‘g‘ulistondagi kuchlar muvozanatini uni tomoniga o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Bu vaqtda Temuchinni qarorgohi Shimoliy - Sharqiy Mo‘g‘ulistondagi Balchjun ko‘li yonida joylashgan edi.
Vanxon ayyorlik yo‘li bilan Temuchinni o‘ldirmoqchi bo‘ladi. U Temuchin huzuriga vakil yuborib qarindosh bo‘lishni, o‘z qizini Temuchinni katta o‘g‘li Jo‘jiga berishni va’da qiladi. Temuchin Vanxonning va’dasiga ishonib, uning huzuriga sovchilikka uncha katta bo‘lmagan eskort (kimsa yoki narsani kuzatib boradigan harbiy soqchilar otryadi) bilan keroitlar qarorgohiga fotiha qilish uchun jo‘naydi. Biroq yo‘lda Temuchinni keksa va sodiq tarafdorlaridan biri-Munlik, Temuchinni bu safarga bormaslikka ko‘ndiradi. Temuchin ortga qaytishga qaror qildi, va aynan shu vaqtda keroitlar qo‘shini unga qarshi yurish boshlagani to‘g‘risida ma’lumot oladi, bunda Jamuxa keroitlarni qo‘llab – quvvatlaydi.
Jang vaqtida Jamuxa keroitlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlashdan voz kechadi. Jang paytida Vanxonning o‘g‘li Sangum Ilxa yarador bo‘ldi, uning hayoti xavf ostida qoldi va keroitlar jang maydonini tark etishdi. Aynan mana shu holat Temuchinni tor-mor etilishidan bo‘lmasada, yirik mag‘lubiyatdan saqlab qoldi. Temuchin uncha katta bo‘lmagan otryad bilan Baljun ko‘li tomonga chekindi. Uning tarafida turganlar ko‘lga kelishdi, ular Temuchinga sodiqlik qasamyodi belgisi sifatida botqoqqa aylangan ko‘ldan loyqa suvni ichishadi. Temuchin uchun og‘ir damlarda uni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun tez orada ular alohida huquq va imtiyozlarga ega bo‘lishdi. Temuchin shu orada Vanxon bilan muzokaralarga kirishishga majbur bo‘ldi, shunda u o‘zining diplomat sifatidagi odatdan tashqari, favqulodda sifatlarini namoyon qildi. U o‘zi uchun Vanxonni «xon – ota» deb tan oladi va o‘zini uning fuqarosi va o‘g‘li deb ma’lum qiladi. Ammo 1203 yilda Temuchin bo‘lib o‘tgan xo‘jako‘rsinga itoatkor bo‘lib ko‘rinishdan voz kechib, hatto tungi to‘xtash(dam olish) larsiz Vanxonning qarorgohiga yurish qiladi. Bu hujum keroitlar uchun kutilmaganda, qo‘qqisdan amalga oshirildi. Uch kechayu-kunduz davom etgan janglardan so‘ng keroitlar butunlay tor-mor etildi. Vanxon va uning o‘g‘li Sangum, g‘arbga, nayman ulusi chegaralari tomonga qochishdi. Yo‘lda ular naymanlarni qorovul, soqchi otryadiga duch kelishadi. Vanxon o‘ldiriladi, uning boshi esa naymanlar hukmdori Tayanxonga taqdim etiladi, Sangum esa qochib ketadi.
1203 yilning kuzida keroitlar ustidan erishilgan g‘alaba-Temuchinning tatarlar ustidan erishilgan g‘alabasidan keyingi ikkinchi yirik muvaffaqiyati bo‘ldi. Mo‘g‘ulistondagi eng yirik ulus yo‘q qilindi. Jamuxa endilikda Temuchin bilan kurashda ittifoqchi sifatida faqat naymanlarga tayanishga intildi. Naymanlar xoni Temuchinni hujumini kutmasdan, balki o‘zi unga qarshi urushni boshlamoqchi bo‘ldi. Bu urushda nayman xoni Szin imperiyasi bilan chegaradosh bo‘lib, Buyuk Xitoy devori yonida yashagan ongut xalqini o‘ziga ittifoqchi qilmoqchi bo‘ldi va ularga elchilar jo‘natdi. Nayman xoni elchilar orqali ongutlar xoni Alaxushdan o‘zining Temuchin bilan urushida yordam berishini so‘raydi. Alaxush esa Temuchinga qarshi urushda naymanlarga yordam berishdan voz kechibgina qolmasdan, balki naymanlarni niyat – maqsadlari to‘g‘risida Temuchinni xabardor qilishga shoshiladi.
Xalxe daryosi yonidagi xada darasida o‘z qarorgohiga ega bo‘lgan Temuchin, o‘z ulusida bir qator islohotlarni amalga oshiradi. U o‘z fuqarolarini o‘nlik, yuzlik va mingliklarga bo‘ldi, zarurat yuzaga kelganda o‘n, yuz, minglab askarlar o‘z qurol – yarog‘lari va otlari bilan shay turgan, bularga esa ma’muriyatchi – qo‘mondonlar: o‘nboshi, yuzboshi va mingboshilar boshliq etib qo‘yilgan, ya’ni tayinlangan. Bu islohot Temuchinning ulusini etnik va qabilaviy tarqoqligiga barham berdi.
Boshqaruvchilar ya’ni cherbi lavozimi joriy etildi, ular ulusning fuqarolari va xo‘jaligini, xon qarorgohi va xon gvardiyasini boshqarishgan. Gvardiyaning kuchlari qaytadan tartibga solindi ya’ni tuzildi. O‘tkazilgan islohotlar, kereitlar bilan urushda putur yetgan Temuchin ulusini tartibga keltirdi va qayta tikladi. 1204 yilning yozida Temuchin qo‘shinlari mustaqilligini saqlab qolayotgan nayman ulusini chegaralariga yaqinlashdi. Raqiblar Mo‘g‘iliston Oltoyidagi Naxu – gun tog‘i yonida to‘qnashdilar. Naymanlar batamom mag‘lubiyatga uchradilar. Naymanlar hukmdori Toyongxonning o‘zi jangda halok bo‘ldi. Toyongxonning o‘g‘li Kuchluk, tirik qolgan va asirga tushmagan askarlari hamda aholisi bilan g‘arb tomonga ketdi. Shunday qilib, Mo‘g‘ulistonning g‘arbiy hududlaridagi yagona kuchli mustaqil ulus ham tugatildi. Aynan o‘sha 1204 yilda Temuchin merkitlarga qarshi yurishni amalga oshirdi. 1205 yilning qish oylarini Oltoy tog‘larini janubiy yon bag‘irlarida o‘tkazib, Temuchin 1205 yilning bahorida Oltoyni oshib o‘tdi va uning g‘arbiy yon bag‘irlariga qochib yashiringan merkitlar hukmdori Toxtabekni va Kuchlukni qo‘shinlariga hujum qildi, jangda Toxtabek halok bo‘ldi. Kuchluk esa, Temuchinning Mo‘g‘ulistonda hukmronlik qilishidan norozi bo‘lgan ko‘pchilik bilan Chu daryosi hudularida yashovchi qoraxitoylar tomonga chekinadi. Mana shu holat tufayli Jamuxaning ko‘pchilik tarafdorlari endilikda Temuchin tomonga o‘tishdi. Jamuxa juda oz sonli askarlari bilan qoldi, tez orada ular ham Jamuxaga xoinlik qilishadi, uni ushlab olib, Temuchin huzuriga keltirishadi, Temuchin esa Jamuxani qatl qilishga buyruq beradi (1205 yoki 1207 yilda). Temuchin ittifoqlar tuzishda diplomatik ustamonligi, janglarda taktik usullarni qo‘llashga mohirligi va qasos olishda o‘taketgan vahshiyligi tufayli mo‘g‘ul qabilalarini birlashtira oldi. Masalan, u bir safar o‘zi tomondan mag‘lub etilgan beklardan yetmish nafarini 70 ta doshqozonda tiriklayin qaynatishga buyruq bergan.
Temuchin 1186-1204 yillar davomida hokimiyat uchun kurash olib borib, faqat mo’g’ullarnigina emas, ular bilan qoshni bo’lgan tatar, markit,kerayit, jaloyir, nayman, uyg’ur, qarluq kabi ko’plab qabilalarni qo’l ostida birlashtirib, kuchli davlatga asos soladi.
Shunday qilib, 1206 yilga kelib, Mo‘g‘uliston uchun g‘alayonlar, ya’ni “barcha bir-birini talon-taroj qilgan” davr yakun topdi.
1206 yilning 16 aprel kuni mo’g’ullar yo’lboshchisi Temuchin Onon daryosini boshlanishida birlashish uchun qurultoy (turk.mo’g’ul.xurultay) kengash, majlis, -turkiy xalqlar va mo’g’ul xalqida qadimdan mavjud bo’lgan turli harbiy kengashlar va majlislarning umumiy nomi) chaqiradi.
1206 yilning bahorida yo‘lbars (muchal) yilida Onon daryosini boshlanish joyida qurultoy bo‘lib o‘tdi. Temuchin bu atrofda yashovchi xalqlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘lladi. Qurultoyda Chingizxon o’z tug’i- oq bayrog’ini ko‘tarib, 10 ta lavozim joriy etadi. Temuchinninga tarafdorlari mo’g’ul zodagonlari to’plangan ushbu qurultoyda u oily mo’g’ul hukmdori-xon deb tantanali e’lon qilinadi va davlatning bosh shamani Teb – Tangriy unga ‘’Chingizxon’’ degan faxriy nom beradi. Qurultoyda ‘’Temuchinga Dengizxon, ya’ni, okean hukmdori unvoni’’ berilganligi ta’kidlandi. (‘’Chingizxon’’ – kuchli, buyuk degan a ma’nolarini bildiradi).
Sahrodagi Qoraqurum shahri yangi davlatning poytaxti qilib belgilanadi. Yangi mo’g’ul davlati-Yeke Mung’ol ulus (Buyuk mo’g’ul davlati) deb atalib, uning boshqaruvi ‘’Altan urug’’ (Oltin urug’) qo’liga o’tadi.
1206 yildagi qurultoyda qabul qilingan ‘’Yaso’’ qonuni shaxsan Temuchinning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Yasoq to’la holatida 1206 yilgi mo’g’ul zodagonlari qurultoyida qabul qilinib, 1218 yilda qayta ko’rib chiqiladi va 1225 yilda so’nggi marta tahrir qilinadi. Juvayniy ma’lumotlariga qaraganda, yasoqlar uyg’ur yozuvida tumorlarga (o’rog’li qog’ozlarga) yozilgan bo’lib, ‘’Yasoqlarning buyuk kitobi’’ (Yasanomai buzurg) deb nomlangan.
Yasoq qonunlarining asosiy yo’nalishlari quyidagicha bo’lgan:

  1. Hukmdor (xon) ‘’yasoqqa’’ qat’iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal qilishi, amal qilmaydigan bo’lsa, xonni umrbod qamash mumkin.

  2. Chingizxon mo’g’ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to’la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etilgan.

  3. Ayollar naslni davom ettiruvchi bo’lganliklari uchun ham, urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim.

  4. Jazolash darajasi sifatida o’lim jazosini eng ko’p miqdorda qo’llash.

  5. Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga butkul rahm-shafqat qilmaslik.

Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yo‘lida bir qancha islohotlar o‘tkazgan. Jumladan, ming oilani bir ma’muriy birlikka bo‘lishga asoslangan va harbiy tus berilgan yangi ma’muriy tuzum joriy etilgan. U azaliy Markaziy Osiyo an’analariga amal qilib, uluslarni markaz va o‘ng hamda chap qanotlarga ajratdi, bularga tuman begi ya’ni o‘n ming lashkarga qo‘mondonlik qilgan harbiy sarkardalar boshliq etib tayinlandi. Butun Mo‘g‘uliston 95 ta harbiy-ma’muriy rayonlar – «minglik» larga bo‘lindi, bularga esa noyon ya’ni mingboshilar boshchilik qilgan. Bir necha ming kishi tarxonlarga aylantiriladi. 10 ta saroy lavozimi ta’sis etiladi. 150 kishidan iborat gvardiya tuzadi hamda mingta dovyurak va ishonchli kuchlardan shaxsiy drujina tashkil etadi. Tez orada ularning soni 10 ming kishiga yetkaziladi. Bu drujina qo’shinlar sarasini tashkil etadi va eng og’ir, hal qiluvchi paytlardagina jangga kiritilar edi.


Chingizxonning to’rtta o’g’li bo’lgan. Xon ularning har qaysisining qobiliyati va saviyasini hisobga olib, martabali davlat lavozimlariga qoygan. Jumladan, katta o’g’li Jo’jixon- bazm va shikorni tartib etishga, ikkinchi o’g’li Chig’atoyxon-lashkar ishlariga, uchinchi o’g’li O’qtoyxon-mamlakat tadbirlariga, Tuluxon-saroy ahli va amaldorlarning muhofazasiga qo’yilgan.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin