Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Usmoniylar davlatining ikkinchi hukmdori Sulton Murod I (1359-1389 yillarda boshqargan)



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə36/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Usmoniylar davlatining ikkinchi hukmdori Sulton Murod I (1359-1389 yillarda boshqargan). U taxt talashib ukalari Ibrohim va Xalilni о‘ldirtirib yubordi. U hokimiyatni egallagach, e’tiborini davlatining sharqiy va janubiy chegaralariga qaratdi va bu viloyatlarni istilo etdi. Murod I 1361 yili Frakiyaning asosiy shahri Edirna (Adrianopol) ni bosib oldi u Brusu о‘rniga Turkiyaning yangi poytaxti bо‘lib qoldi. Murod sulton unvonini qabul qilib tarixga Murod I nomi bilan kirdi. U 1362 yilda bolgarlarning boy shahri bо‘lgan Fillipol (Plovdiv) ni egalladi.
Turk jangchilari Bolqon yarim orolida shafqatsizlik bilan ish kо‘rdilar, tinch aholini talab о‘ldirib, qul qilib Sharq bozorlarida sotib yubordilar.
Adrianopolning bosib olinishi bundan keyingi turk istilolariga yо‘l ochib berdi.
1371 yili serblar, bolgarlar, valaxlar va vengerlar ittifoqi 60 ming kishilik qо‘shin bilan Murod I ga qarshilik kо‘rsatdilar, lekin Maritsa daryosi
bо‘yidagi jangda yengildilar, shundan sо‘ng Janubiy Serbiya qiroli sulton qо‘l ostiga о‘tdi, Vizantiya imperatori uning vassali bо‘lib qoldi va о‘rta asrlarda yosh Turkiya davlati tashkil topdi.
80-yillarda Murod I g‘arbga tomon yurishini davom ettirdi. 1385 yili Sofiyani, 1386 yili Nishni qо‘lga kiritdi. Kichik Osiyoda davlat hududi Garmiyon, Tekka va Hamid beyliklari hisobiga kengaydi. 1386 yili bir qancha beyliklar Qaramon beyi qо‘shini ostida birlashib usmoniylarga qarshi urush ochdi.
1387 yili Murod I Bolqondagi harakatlarini tо‘xtatishga majbur bо‘ldi, bunga sabab, Qaramon beyligining ixtilofi bо‘ldi. Murod I Qaramon beyi A’loiddinga qarshi qо‘shin tayyorlab, Kо‘nya pasttekisligida uni tor-mor erdi.
Murod I Anatoliyada harbiy harakatlarni tо‘xtatdi va qо‘lga kiritilgan hududlarni 5 ta sanjoq (usmoniy turklar imperiyasida asosiy ma’muriy-hududiy birlik, viloyatning tarkibiy qismi) qa bо‘lib, о‘zining sodiq amaldorlariga taqsimlab berdi. Sо‘ngra о‘z qо‘shinin olib Bolqonga jо‘nadi. Bolqon xalqlari uchun 1389 yil eng og‘ir yil bо‘ldi.
О‘sha yili turklar bolgarlarga qarashli yerlarni qо‘lga kiritishdi va shoh Shishman yashiringan Nikopolni qamal qilishdi. Bolgarlar shohi Shishman taslim bо‘lib о‘zini sultonning vassali deb tan oldi.
Shu vaqtda serb knyazi Lazar turklarning Serbiyaga hujum qilishidan xavotirlanib qо‘shin tо‘pladi. Lazar bundan ikki yil oldin bosniyaliklar yordamida Plochnika jangida g‘alabaga erishgani uchun bu safar ham g‘alabaga umid qilardi.
1389 yil iyunda Murod I katta qо‘shin bilan Serbiya hududiga kirdi. Turklar mashaqqatli Ixtiman darasidan о‘tib, Morava daryosigacha yetib kelishdi, Bosniya, Serbiya va Albaniya chegarasidagi Kosovo tekisligiga о‘rnashishdi. Murod I qо‘shiniga qarshi bu yerda serb va bosniyaliklarning birlashgan qо‘shini, shuningdek, albanlar, gersogoviniyaliklar, polyaklar va vengerlarning guruhlari joylashgandi.
1389 yil 15 iyunda Janubiy Serbiyadagi Kosovo maydonida katta jang bо‘ldi. Serbiya qiroli Lazar 80 ming kishilik qо‘shin tо‘pladi. Sulton Murod I boshchiligidagi turklar Lazar kuchidan 3 marta ortiqroq kuch bilan Serbiyaga qarshi harakat qildilar. Erta tongda Murod I harbiy kiyimlarini kiyib jangga tayyorlanayotgan paytda uning qarorgohiga о‘zini Milosh Obilich deb tanishtirgan bir serb yigitini keltirishadi. U turklarga dushmanning holati haqida tо‘liq ma’lumot berishini aytadi. Serbni sulton huzuriga olib kirishadi. Milosh sultonga yaqinlashgan zahoti kutilmaganda qо‘ynidan xanjarini olib sultonni sulton о‘ldiradi. Uni shu zahotiyoq yanicharlar chopib tashlaydi. Bu voqea jangga о‘z ta’sirini о‘tkazmadi, turklar tо‘liq g‘alabaga erishdi. Lazar asirga olindi va qatl etildi. Murod I ning о‘limidan sо‘ng uni katta о‘g‘li Boyazid sulton deb e’lon qilindi va 1389-1402 yillarda boshqardi.
Shundan keyin Serbiya hududining bir qismini egallab, faqatgina Dunay bо‘yi Serbiyasi (u Podunaviya ham deyiladi) ning qolgan kichik bir qismigina serb knyazlari sultonning vassali sifatida bir oz idora qildilar.
Turklarning Maritsa daryosi bо‘yidagi (1371y) va Kosovo maydonida (1389y) Nikopol yonidagi (1396y) g‘alabalari Konstantinopolni qulashini muqarrar qilib qо‘ydi.
Vizantiya imperatori Manuil II (1399-1402) G‘arbiy Yevropaga ketib u yerda Italiya, Angliya, Fransiya qirollaridan yordam sо‘radi, lekin uning urinishi befoyda ketdi.
XIV asr oxirlarida turklarning asosiy maqsadi Bolqon yerlarini zabt etishdan iborat edi. 1393 yili turklar bolgarlar poytaxti Tirnovoni bosib oldi. 1395 yili Vidin shahri taslim bо‘ldi, 1396 yilda Bolgariya bosib olindi va 1459 yilga kelib bu sо‘nggi serb hududi ham turklar tomonidan istilyo qilinib, turk mulklariga kiritildi.
1394 yili turklar Pelloponesga hujum qilishdi va grek knyazlari vassallikni tan olishdi. Albaniyaning kichik bir qismi turk sultoniga tegishli hududga aylandi.
Boyazid qо‘shinlari Vengriyaga suqilib kirdi. Vengriya qiroli Siguzmund I 1392 yili muvaffaqiyatsiz urush olib bordi.
Boyazid Anatoliyaning g‘arbiy va markaziy qismidagi Oydin, Saraxun, Garmiyon, Menteshe va Hamid beyliklarini tobe qildi. 1390-1392 yillarda Qaramon beyligi tor-mor etildi. 1396 yili Boyazid davlatiga Sivas qо‘shib olindi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin