Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


yilda Murod II vafot etgach, uning о‘rniga о‘g‘li Muhammad II Fotih (1451-1481yillarda boshqargan) bо‘ldi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə38/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

1451 yilda Murod II vafot etgach, uning о‘rniga о‘g‘li Muhammad II Fotih (1451-1481yillarda boshqargan) bо‘ldi.
Konstantinopolda Rumelihisor qurilayotganidan xabar topgan Konstantin XI sultonga elchi yuborib Vizantiyaga qarashli bu hududda qal’a qurilishini tо‘xtatishni sо‘raydi. Biroq sulton elchilarni qabul qilishni xayoliga han keltirmadi. Qal’aning Konstantinopolga xavf solmasligiga ishonch hosil qilish uchun imperator sultonga yana elchilar jо‘natdi. Sulton elchilarni zindonga tashlatib, ularni о‘ldirtirib yubordi.
Imperator Konstantin XI Muhammad II bilan tо‘qnashuvdan qochish niyatida yana bir bor harakat qildi. Vizantiyaliklar barcha shartlarga rozi bо‘lishini bildirdi, lekin sulton ulardan Konstantinopolni topshirishni sо‘radi. Konstantinopol о‘rniga ularga Moreyani berishni taklif etdi. Imperator bunday sharmandalikdan kо‘ra jang maydonida о‘lish afzal ekanini bildirdi.
Vizantiya imperiyasining usmoniylar imperiyasi oldida kuchsizligi aniq edi. Ular tashqaridan yordam ololmadi. Rim papasi Nikolay V 1453 yil martida uchta genuyaliklar kemasida oziq-ovqat va qurol-yarog‘ yuborish bilan cheklandi. Genuya hukumati Konstantinopolga yordam bermaslikka qaror qildi. Venetsiyaliklar kemalari Konstantinopol qamal qilinganiga ikki hafta bо‘lganda yetib keldi. Chet ellik yollanma jangchilar soni 7 ming kishi edi, flot esa 25 ta kemadan iborat bо‘lgan.
Bu vaqtda Muhammad II Konstantinopol tomon siljib borardi. 1453 yil martida turk askarlari Konstantinopolga yurish boshladi. 5 aprelda sultonni о‘zi Konstantinopol ostonalariga yetib keldi. Turk sultoninig qо‘shini soni 150 ming kishini, 80 ta harbiy kema va 300 ta yuk kemasidan iborat edi.
18 aprelda sulton hujum qilishga buyruq berdi. Poytaxtning 400 ming aholisidan shahar himoyasida 5 ming kishi qatnashdi, xolos. Himoyada, shuningdek, 2 ming jangchidan iborat italiyalik harbiylar ham bor edi. Yevropa davlatlari esa Vizantiyada bо‘layotgan voqealarga loqaydlik bilan qarashdi.
Manbalarda e’tirof etilishicha, sulton Mehmet II Yevropada xristianlarni tugatmaguncha о‘z qilichini qiniga solmaslikka va’da bergan.
Og‘ir bо‘lib о‘tgan janglardan sо‘ng 1453 yil 29 mayda Konstantinopol quladi.
Imperator Konstantin о‘ldirilib, shahar himoyachilari qirib tashlandi. Vizantiya poytaxti talandi. Zabt etilgan shaharni Muhammad II Usmoniylar davlatining poytaxtiga aylantirish maqsadida sulton shahar binolariga ziyon- zahmat yetkazilmasin deb buyruq berdi. Yustinian zamonidagi mashhur yodgorlik ayo Sofiya sobori saqlanib qolinib, u sultonning asosiy masjidiga aylantirildi.
Konstantinopolning olinishi turklarga Markaziy Yevropaga qilinadigan yurishlar uchun zamin yaratdi. Muhammad II ning dastlabki zarbasi Serbiyaga yо‘naltirildi va 1454-1455 yillarda Serbiya egallandi. Konstantinopol qulaganidan sо‘ng yevropaliklar nazarida yengilmasdek tuyulgan turklar 1456 yili Yanosh Xunyadidan mag‘lub bо‘lishdi. Yanosh Xunyadi boshchiligidagi serb, venger, chex va nemis qо‘shini 27 iyul kuni Belgrad ostonalaridagi jangda Muhammad II qо‘shiniga qaqshatqich zarba berdi. Kо‘plab jangchilarini yо‘qotgan turklar Sofiyaga chekinishdi. Belgrad ostonasidagi omadsizlik venger yerlariga hujumlarni orqaga surdi. 1456 yili Egey dengizidagi Tamoz, Imroz, Semendra va Lemnos orollari egallandi. Turklarga Dunay knyazliklari taslim bо‘lishdi; Moldova 1456 yilda qaram bо‘ldi, Valaxiya esa 1476 yil bо‘ysundi.
1459 yili turklar Serbiyaning barcha hududlarini qо‘lga kiririshdi va u Usmoniylar davlatining viloyatiga aylantirilib, 200 mingga yaqin serblar qul qilindi.
1461 yili turklar Kichik Osiyoning shimolidagi muhim savdo nuqtasi hisoblangan greklarning Trapezund imperiyasini (bu imperiya 1204-1461 yillarda yashagan) bо‘ysundirdi. Trapezund imperatori David shaharni topshirishdi. David va zodagonlar dengiz orqali shaharni tark etishdi. Aholining kо‘pchiligi Istanbulga kо‘chirildi, 1500 ta bola yanicharlarga olindi.
1462 yili sulton Valaxiyaga yurish boshladi. Valaxiya sardori Vlad III turklarga qarshilik kо‘rsatdi, lekin qochishga majbur bо‘ldi.
1463 yil Bosniya egallanib, qirol Stefan qatl etildi. 1465 yili Gersogovina bо‘ysundirildi. 1466 yili Albaniya egallandi. 1477 yilda Qrim Usmoniylar davlatiga о‘lpon tо‘laydigan davlatga aylandi.
Bolqon va Kichik Osiyodagi g‘alabalar turk sultonini kо‘proq yurish qilishga undadi. Uning rejasiga Vengriya, Italiya va Germaniyaga yurish kirgan. Muhammad II 1479 yili Neapol va Milanga qarshi urush e’lon qildi. 1480 yili sulton qо‘shini 300 ta kemada Italiya janubidagi Otranto shahriga yurish qildi va ikki haftalik qamaldan sо‘ng 1480 yil 11 avgust kuni shaharni qо‘lga kiritdi. Shahar aholisining yarmi qatl etildi, 800 kishi islomni qabul qilmagani uchun о‘ldirildi. Otrantoning 8 ming aholisi qullikka solindi. Turklarning Otrantodagi xatti-harakatlari butun Italiyaga ma’lum bо‘ldi. Vatikan ulkan salib yurishiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Muhammad II Misr mamluklariga (arab.qul), (1250-1517 yillarda Misrni boshqarganlar) qarshi urush olib borish kо‘zda tutilgan edi, lekin usmoniylar qо‘shini Italiyadan qaytayotganda yо‘lda Muhammad II kasallikdan vafot etadi. Usmoniylar imperiyasi taxtiga Muhammad II ning о‘g‘li Boyazid II taxtga о‘tirib (1481-1512 yillarda boshqargan) uning hukmronligi davrida Vengriya, Polsha, Venetsiya, Misr va Eronga qarshi urushlar olib borildi. Boyazid II yanicharlar fitnasi tufayli 1512 yil 25 aprelda taxtni о‘g‘li Salimga topshirdi va Salim I nomi bilan 1512-1520 yillarda taxtni boshqardi.
Mavzu: XII-XV asrlarda Rus davlatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti


Reja:
1.Rusda feodal tarqoqlikning boshlanishi.
2.Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklari va Novgorod hamda Pskov respublikalarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi.
3.Rus yerlarining chet el bosqinchilariga qarshi kurashi.
4.Markazlashgan davlatning tashkil topishi.
5.Markazlashgan Rus davlatining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin