Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə39/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Tayanch iboralar:


Federativ; avtonom; knyaz; boyarlar;qipchoqlar; sezd; drujinachi; sirota; voyevoda; tiunlar; posadniklar; smerdlar; polovniklar; ogorodniklar; kochetniklar; aristokratik; ‘’Sovet gospod’’; mingboshi; konchan; pogostlar;’’Boyarlar kengashi’’; stolnik; nо‘yonlar; sabonchi; qurultoy; bitoqchi; ulusbeklar; ‘’Buyuk yasoq’’; ‘’Boyarlar dumasi’’; Prikaz; stan; Yuriy kuni; mitropolit; pomeshchik; Zemstvo sobori; samoderjaviye; uezd; streleslar; oprichnina; Ryurikovlar sulolasi; patriarx; votchina; Sudebnik; Romanovlar sulolasi.
Rossiya-federativ (lot.birlashma,uyushma-davlat tuzilish shakli, yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi bо‘lgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan murakkab davlat, 2005 yil ma’lumotlariga qaraganda jahonda 21 ta federativ davlat bor) davlat tuzilishidagi mamlakat hisoblanadi. Rossiyaning umumiy maydoni 17,075 mln.km.kv.bо‘lib, u dunyoda maydoniga kо‘ra 1 о‘rinda turadi, maydoni jihatdan ikkinchi о‘rinda turuvchi Kanadadan qariyb ikki baravar katta. Mamlakat dunyodagi quruqlik yuzasining 11,46 foizini, Yer kurrasida aholi yashaydigan hududning 12,65 foizini tashkil etadi. Qirg‘oqlarini Tinch, Shimoliy Muz va Atlantika okeani dengizlari yuvib turadi. Hududining kattaligi bois, dunyoning 16 ta mamlakati bilan chegaradosh va bu kо‘rsatkich bо‘yicha dunyoda birinchi о‘rinda turadi. Rossiya federatsiyasi tarkibida 21 ta respublika, 7 ta о‘lka, 48 ta viloyat, 2 ta federal ahamiyatidagi shahar, 1 ta avtonom (mamlakat tarkibidagi biror hududning Konstitusiya bilan kafolatlangan о‘z-о‘zini boshqarish huquqi) oblast va 9 ta avtonom okruglar mavjud.
Rus yerlarida XI asr oxiri –XII asr boshlarida feodal jamiyat uzil-kesil barqarorlashdi. Mamlakatda boshlangan iqtisodiy taraqqiyot yirik yer egalari, knyaz va boyarlar (turk. vajar.amaldor-IX-XVII asrlarda rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi) ning kuchayishiga olib keldi. Novgorod, Polotsk, Smolensk, Rostov, Suzdal, Ryazan kabi yirik shaharlar о‘z viloyatlarining mustaqil markazlari bо‘lishga intilardi.
Bundan tashqari Rus yerlarining fojiasi о‘zaro qonli urushlar bilan ham bog‘liq edi. Bundan foydalangan qipchoqlarning hujumi 1054 yilda rus yerlariga hujumi mamlakatdagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qо‘shni knyazliklarga qarshi yurish qilganlar. Rusdagi kо‘pgina knyazlar bu vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek qо‘yishni о‘ylay boshladilar. Kiyev knyazi Yaroslav Mudriyning о‘g‘li Vladimir Monamax 1097 yili Lyubechda knyazlarning birinchi sezd (yunon.majlis) ini chaqiradi. Bu sezd “Har kim о‘z yurtiga ega bо‘lsin” deb qaror chiqardi. Bu esa feodal tarqoqlikning boshlanishini tantanali e’lon qilinishi edi. Solnomachi Nestor 1132 yili “Butun Rus yeri bо‘linib ketdi” deb yozgan edi. Rusda feodal tarqoqlik davri boshlandi.
Ayni paytda Kiyev knyazining mavqei pasaydi. Kiyev Rusidan mustaqil bо‘lgan yerlar: Chernigov, Polotsk, Pereyaslav, Galich, Volin, Smolensk, Ryazan, Rostov-Suzdal, Novgorod yeri, Kiyev kabi bir qator mayda knyazliklar tashkil topdi. Kiyev knyazligi 15 ta mustaqil knyazlikka bо‘linib ketib, ularning har qaysisida knyazlik sulolasi qaror topdi va hokimiyat endi boyarlarning ixtiyorsiz merosi tariqasida avloddan-avlodga о‘tib turdi.
Ushbu alohida knyazliklarning iqtisodiy va madaniy rivojlanishi ancha tez muvaffaqiyatli borayotgan edi-yu, lekin bu tuzumning 4 ta salbiy jihati bor edi, bular quyidagilar :
1.Knyazliklarga bо‘linish knyazlar о‘rtasidagi о‘zaro urushlar va janjallarni tо‘xtatmadi.
2. Rusning mudofaa qobiliyatini zaiflashtirdi.
3. Knyazliklar vorislar orasida maydalashib ketdi va XIII asrning boshiga kelib Botuxon bosqini arafasida 50 ta knyazlik tashkil topdi.
4. Juda tez orada knyazlar bilan mahalliy boyarlar о‘rtasida nizolar kelib chiqishga olib keldi.
XII asrga kelib joylarda feodallar juda boyib ketdi. Ular о‘zlarining drujinachi (knyaz yoki qirol atrofida birlashgan va jamiyatning imtiyozli qatlamini tashkil etgan jangchilar otryadi)lariga ega bо‘lib, ekspluatatsiya qilinuvchilarni bostirib turish uchun yetarlicha kuchga ega bо‘ldilar. Markazdan qochish jarayoni kelib chiqdi va XII asrda (1132 yilda ) Qadimgi Rus davlati inqirozga uchrab, 15 ta mustaqil knyazlik va о‘lkalarga bо‘linib ketdi: 1) Vladimir, 2) Suzdal, 3) Polotsk-Minsk, 4) Turov-Minsk, 5) Smolensk, 6) Muran, 7) Ryazan, 8) Chernigov, 9) Kiyev, 10) Pereyaslavl, 11) Galich, 12) Volin, 13) Tmutarakan knyazliklari, 14) Novgorod respublikasi va undan keyinchalik ajralib chiqqan 15) Pskov knyazligi bо‘lgan. Bulardan eng yiriklari: Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklari va Novgorod respublikasi bо‘lgan.
Vladimir-Suzdal knyazligi hududida о‘rmonlar kо‘p bо‘lib, XII asrda Moskva о‘rmoni yonida joylashgan. XI asr oxiridan bu hududga Novgorod va Smolensk yerlaridan aholi kelib joylashadi. Bu yerda Zvenigorod, Galich, Vishgorod, Starodub, Moskva, Nijniy Novgorod, Dmitrev, Kostroma, Buyuk Ustyug, Gorodets kabi shaharlar vujudga keladi. О‘lkada XIII asrga kelib 80 ga yaqin shaharlar bо‘lgan. 1097 yilda Lyubekda bо‘lib о‘tgan о‘lka feodallar sezdining qarori bilan Kiyev Rusining bо‘linishi natijasida Suzdal yerlari Vladimir Monomaxga о‘tadi. Lekin u bu yerlarni boshqarishni о‘z о‘g‘li Yuriy Dolgorukiyga (1125-1157 yillar) beradi. Yuriy Dolgorukiy Kiyevdan mustaqil birinchi knyaz edi. U Suzdalda yashab, katta yerlarni egallab oladi, knyazlik markazi qilib Suzdal shahrini tanlaydi. Knyazlik yerlaridagi Kuchkov qishlog‘ida 1147 yil bahorida Yuriy Dolgorukiy Kiyev ustidan erishilgan g‘alabalardan birini nishonlagan. U kо‘p shaharlarga, jumladan 1147 yilda Moskvaga asos soladi. Moskva deb atala boshlagan bu joyda birinchi yog‘och qal’a 1156 yilda qurildi.
U о‘lgandan keyin о‘g‘li Andrey Bogolyubskiy (1157-1174 yillar) Rostov-Suzdal knyazi bо‘lib qoldi. U poytaxtni Vladimir-Klyazma shahriga kо‘chiradi. Shundan sо‘ng bu davlat Vladimir-Suzdal knyazligi degan nom oladi. U 1169 yili Kiyevni egallashga intilgan knyazlarga zarba beradi. Knyaz Andrey Novgorodda о‘zini kishisini qо‘yadi. Rostov-Suzdalda boyarlarga qarshi kurashdi. Andreyni Vladimir shahri qо‘llaydi. Natijada u poytaxtni Vladimirga kо‘chirib, uning yaqinidagi Bogolyubovoda о‘z qarorgohini bunyod etgan, unga Bogolyubskiy laqabi ham shu joy nomidan olingan.
Andrey Bogolyubskiy о‘z hokimiyatini har tomonlama mustahkamlash choralarini kо‘rib, boyarlarni terror qiladi. Natijada boyarlar fitna uyushtirib uni 1174 yilda о‘ldiradilar. Shundan keyin ukasi Vsevolod Yurevich Bolshoye Gnezdo (Katta Uya), chunki uning о‘g‘illari kо‘p edi (1176-1212 yillarda boshqargan) boyarlarning chiqishlarini shafqatsiz bostirdi, boyarlarning fitnalarida qatnashganlarni ayovsiz jazoladi, Chernigov va Smolensk knyazliklarini о‘ziga bо‘ysundirdi.
Vsevolod boyarlarga qarshi kurashgan knyaz, savdogar va boy hunarmandlarga imtiyozlar beradi. Vsevolod Novgorodga о‘zi yuborgan knyaz, amaldor va noiblarni qabul qilishga majbur qiladi. Kiyev knyazi Vsevolodning hokimiyatini tan oladi. Sharqda Vsevolod lashkari bolgarlarga qarshi yurish qiladi. Vladimir shahri Volga daryosi orqali Kavkaz va Xorazm bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Vsevolod vafotidan keyin knyazlikda feodal urushlar boshlandi.
Vsevolodning о‘g‘illaridan biri Konstantin 1216 yili buyuk knyaz bо‘ladi. Ammo knyazlik mustaqil mulklarga bо‘linib, ularni Vsevolod о‘g‘illari boshqarishgan. Faqat Yuriy Vsevolodovich davrida (1219-1238) knyazlik kuchayib sharq tomonga kengaygan. Bolgarlarga qarshi yurishdan sо‘ng, 1226 yili Volga sohilida yangi Nijniy Novgorod shahriga asos solinadi. Yuriy va boshqa mahalliy knyazlar buyuk Novgorodda hamda Ryazan va Smolensk knyazliklarini bо‘ysundirishga kirishadi. Suzdal knyazi Yaroslav Vsevolodovich 1236 yil Kiyev knyazligini olsa, uning о‘g‘li Aleksandr (Nevskiy) buyuk Novgorod knyazi bо‘lgan.
Novgorod yerlarining markazi buyuk Novgorod Volxov daryosining sohilida bо‘lgan. Novgorod aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bо‘lgan, bundan tashqari, ovchilik, baliqchilik, tuz tayyorlash, asalarichilik bilan ham shug‘ullanishgan. Bu yerda hunarmandchilikning duradgorlik, kulolchilik, kо‘nchilik, temirchilik kabi sohalari rivojlangan. Novgorod savdogarlari Shvetsiya, Daniyagacha borgan. XII asrning II yarmidan ular Ganza shaharlari bilan savdo ishlarini olib borishgan. Bu yerdan G‘arbiy Yevropaga mо‘yna, sham, zig‘ir, yog‘, tyulen yog‘i, morj tishlari, hunarmandchilik buyumlari olib borilgan. Bu yerga g‘arbdan movut, vino, ziravorlar keltirilgan.
XI –XII asrlarda Novgoroddagi feodallarga qarshi chiqishlar bо‘ldi. Novgorod 1015 yildayoq buyuk knyazga boj tо‘lashdan bosh tortadi. 1102 yildan esa Novgorod buyuk knyazni о‘g‘lini qabul qilmay о‘z knyazini saylay boshlaydi. Shu tariqa Novgorodda feodal respublikasi turidagi davlat tuzumi shakllanadi. 1136 yili Vsevolod boshqaruvidagi kamchiliklar uchun Novgorod boyarlari Kiyev knyazining noibi knyaz Vsevolod Mstislavichni haydab yuboradilar va mustaqillikni qо‘lga kiritadilar. Novgorod boyarlar respublikasi - «Buyuk Novgorod» bо‘lib qoladi.
XIII asrdan Novgorod uchun yangi dushman nemis knyazlari, ritsarlari bо‘linmalari va Litva paydo bо‘ldi.
1323 yilda nemislar Pskovga hujum qiladi. Pskov Novgoroddan yordam sо‘raydi. Lekin Novgorod yordam bermaydi. Shunga qaramay nemislar pskovliklar tomonidan haydab yuboriladi. Shu vaqtdan boshlab Pskov mustaqil ichki va tashqi siyosat yurita boshlaydi. Novgoroddan boshqa qо‘shni davlatlar uning mustaqilligini tan oladi. 1348 yilda shvedlar Novgorodga hujum qiladi. Novgorod Pskovdan yordam sо‘raydi va evaziga uning mustaqilligini tan olishga va’da beradi. Shvedlar mag‘lubiyatga uchratilib, Pskov va Novgorod о‘rtasida Bolotovo qishlog‘ida bitim tuziladi va Pskov respublikasi mustaqil davlat bо‘lib qoladi. Keyinchalik, markazlashgan Rus davlatining tashkil topishi jarayonida 1510 yilda Pskov siyosiy mustaqillikni yо‘qotadi.
Novgorod va Pskovda rasman oliy hokimiyat organi Veche hisoblanardi. Unda faqat erkin va mulkdor kishilar qatnashar, boyarlar rahbarlik rolini о‘ynardilar. Vecheda barcha mansabdor shaxslar saylangan, urush va tinchlik, elchilar qabul qilish, soliqlar miqdorini belgilash, shahar, cherkov qurilishi, og‘irlik, uzunlik о‘lchov birliklarini о‘rnatish, oliy mansabdorlarni sud qilish, shuningdek, eng muhim jinoyat ishlarini kо‘rish kabi masalalar hal qilingan.
Knyazlik XII asr oxirida Galich va Volin knyazliklarining birlashishidan vujudga kelgan. Ular dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanishgan. Galich yerlarida tuz tayyorlanib, Rusning boshqa hududlariga chiqarilgan. Hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, kо‘nchilik, kulochilik sohalari rivojlangan. XII asrda о‘lkada 80 ga yaqin shaharlar bо‘lib, ulardan Vladimir, Galich, Lusk, Bereste, Dorogichin shaharlari taraqqiy qilgan. Volinning Kiyevdan ajralib chiqish harakati XI asrning о‘rtalaridan boshlangan.
Galich knyazlari aka-uka Volodar va Vasilko Rostislavichlar (1084-1124) kuchayishi, ularga Kiyev va Volin knyazlari ittifoqi, sо‘ngra Vengriyani qarshi qо‘yadi. Galich knyazligi Yaroslav Vladimirovich davrida (1153-1187) kuchaygan. Uning buyuk knyazlik hokimiyatini о‘rnatishga intilishi boyarlar qarshiligiga uchraydi. Yaroslav vafotidan keyin Galiya knyazligi Volin knyazi Roman Mstislavich (1199-1205) tomonidan qо‘shib olinadi. Roman boyarlarga qarshi kurashadi. U vafot etgandan sо‘ng, uning vorisi Daniil va Vasilning yoshligidan foydalangan boyarlar Galichda hokimiyatni oladilar. Yillar о‘tgach Daniil Romanovich shaharliklar va о‘zining xizmatidagi feodallar madadiga tayanib, 1229 yilga kelib Volinning mustaqilligini ta’minlaydi, 1239 yili u Galich knyazi etib saylanadi va yagona Galich-Volin knyazligi tashkil etiladi. Roman «buyuk knyaz» unvonini oldi.
Galich-Volin knyazligida Galich boyarlari muhim rol о‘ynardi. Ular yirik votchinalarga va qaram dehqonlarga ega edi. Boyarlar ichida yer uchun, hokimiyat uchun kurash doimo bо‘lib turgan. Feodallarning boshqa guruhini xizmatchi feodallar tashkil etdi. Bular knyazlik mukofotlari evaziga yer olib turardi. Kо‘pincha ular yerga xizmat davrida shartli egalik qilardilar. Xizmatchi feodallar knyazga qо‘shin berib turishlari lozim edi. Galich knyazlari boyarlarga qarshi kurashda xizmatchi feodallarga tayanardi.
Cherkovning yirik zodagonlari ham hukmron tabaqa edi. Cherkov va monastirlar knyazlarning in’omi va mukofoti hisobiga yerga egalik qilardi. Galich-Volin knyazligida qishloq aholisining asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Ozod dehqonlar ham, qaram dehqonlar ham smerdlar deb atalardi. Jamoa yerlari asta-sekin shaxsiy tomorqalarga bо‘linib ketdi.
Xoloplik saqlanib qoldi, lekin ularning soni kamayib ketdi. Xoloplarning kо‘pchiligi yerga biriktirib qо‘yildi. Shaharlarda eng kо‘p aholini hunarmandlar tashkil etdi.
Davlat tuzumining hususiyati shunda ediki, Galich-Volin knyazligi uzoq vaqt udellarga bо‘linmagan edi. Roman Mstislavichning о‘g‘li Daniil Romanovich о‘lganidan (1264 yilda) keyin u Galich va Volin yerlariga ajraldi, keyin ular ham udellarga bо‘linib ketdi. Bu davrda hokimiyat amalda yirik boyarlar qо‘lida edi. Galich-Volin knyazlari keng iqtisodiy va ijtimoiy asosga ega bо‘lmay, ularning hokimiyati mustahkam emas edi. Knyazlik hokimiyati katta о‘g‘ilga meros bо‘lib о‘tardi.
Knyaz hokimiyati uncha kuchli emasdi. Galich boyarlari siyosiy hayotda muhim rol о‘ynardi. Ular hatto knyazlarni saylashi, о‘zlariga yoqmagan knyazlarni haydab yuborishlari mumkin edi. Knyazlarning asosiy tayanchi о‘rta va mayda feodallar, shaharliklarning yuqori qismi edi.
Galich-Volin knyazlari ma’lum ma’muriy, harbiy, sud va qonun chiqarish vakolatlariga ega edi. Jumladan, ular shaharlar va viloyatlarda mansabdor shaxslarni tayinlar, xizmatlar evaziga yer berar, rasman qurolli kuchlar bosh qо‘mondoni hisoblanardi. Lekin har bir boyar о‘zining harbiy qо‘shiniga ega edi. Galich boyarlari polkining soni knyazlarnikidan kо‘proq edi. Knyazlar boshqarishga oid yorliqlar chiqarardi. Lekin ularni kо‘pincha boyarlar tan olmasdilar.
Galich-Volin knyazlari о‘zlarining qonunlarini ham chiqarganlar. Bularning ichida 1134 yilgi knyaz Ivan Rostislavich Berladnikning yorlig‘i muhim о‘rin tutadi. Unda chet el savdogarlariga qator imtiyozlar berilgan edi. 1287 yilda knyaz Vladimir Vasilkovich tomonidan chiqarilgan «Rukopisaniye» (qо‘lyozma)da meros huquqi normalari belgilandi. Unda merosxо‘rlar ham dehqonlarni ekspluatatsiya qilishlari mumkinligi kо‘rsatilgan, shuningdek, shahar va qishloqlarni boshqarish haqida ma’lumotlar ham mavjud. 1289 yilda Volin knyazi Mstislav Romanovichning Ustav yorlig‘i chiqariladi. Unda feodallarga qaram aholining majburiyatlari kо‘rsatilgandi.
XIII asr boshlarida mо‘g‘ullar xoni Temuchin barcha mо‘g‘ul qabilalarini о‘z hokimiyatiga birlashtirdi. 1206 yildagi Qurultoyda u butun mо‘g‘ullar xoni - Chingizxon deb e’lon qilindi va Mо‘g‘uliston davlatiga asos soldi. Chingizxon kо‘p xalqlar va davlatlarga yurish qilib bosib oladi. U dastlab buryatlar, yoqutlar, uyg‘urlar va boshqa xalqlarni, keyin esa Shimoliy Xitoy va Koreyani, sо‘ngra О‘rta Osiyo va Kavkaz ortini istilo qiladi. Ruslarning mо‘g‘ullar bilan ilk tо‘qnashuvi 1223 yilning 31 martida Kalka daryosi bо‘yida bо‘ladi.
1227 yilda Chingizxon о‘limidan keyin hokimiyat uning о‘g‘illari о‘rtasida bо‘lib olinadi. Mо‘g‘ullarning yangi urushlari Botuxon va Subutoy bahodir boshchiligida 1237 yilda boshlanadi. Mо‘g‘ullar 140 ming lashkari bilan Mordva о‘rmonlari orqali о‘tib, о‘sha yilning qishida Ryazan knyazligiga bostirib kirishadi. Ryazan knyazi Vladimir va Chernigov yerlaridan yordam sо‘raydi, lekin uning murojaati qabul qilinmaydi. Knyazlikning Yevpatiy Kolovrat boshchiligidagi 1700 kishilik drujinasi partizanlik harakatlarini olib boradi. Vladimir knyazi Yuriy Vsevolodovichning qо‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. 1238 yil fevralida mо‘g‘ullar Oka va Volga oralig‘idagi 14 ta rus shaharini, shu jumladan, Vladimir shahrini ham qamal qilib, kо‘plab kishilarni asir oladi. 1238 yil martida Sit daryosi bо‘yidagi jangda Yuriy halok bо‘ladi. Rus osmonini dahshatli gulxan qoplaydi. Shundan sо‘ng mо‘g‘ullarning Rus yerlariga hujumi 1239 yildan boshlanib, ular Shimoliy-Sharqiy Rusni, 1240 yilda Janubiy-G‘arbiy Rusni bosib oldilar va Kiyev taslim bо‘ldi.
Keyin Botu qо‘shinlari Vengriya, Polsha, Chexiya va boshqa davlatlar hududiga kirib bordi, lekin holdan toyganligi uchun orqasiga qaytib, 1243 yilda Qipchoq dashtlarida Astraxan yaqinida Oltin О‘rda davlatiga asos soldilar. Uning poytaxti Saroy-Berka shahri (hoz.Astraxan) bо‘ldi.
XIII asr boshlarida Boltiq dengizi qirg‘oqlarida yashayotgan est, liv qabilalariga qarshi nemis feodallarining urushlarini Rim papasi salib yurishlari deb e’lon qilgan edi.
XII asr oxirida Boltiq dengizi sohilida, G‘arbiy Dvinaning quyilish joyida nemis feodallarining dastlabki manzilgohlari paydo bо‘lib, 1201 yilda G‘arbiy Dvinaning quyilish joyida dastlabki manzilgoh о‘rnida Riga shahri (hoz.Latviyaning poytaxti) ga asos solindi. Bu hudud urushlar uchun faktoriya vazifasini bajardi. Bu hududdagi urushlar mahalliy aholini xristian katolik diniga о‘tkazish bayrog‘i ostida olib borildi. Urush natijasida nemislarning Livoniya ordeni ritsarlari estlar yerini bosib olib, Novgord-Pskov hududlariga yaqinlashib qoldilar.
Nemis ritsarlaridan keyin Boltiqbо‘yiga daniya va shved feodallarining katta qо‘shini ham bostirib kirishdi. 1219 yilda Daniya qiroli eston sohilida Revel qal’asini qurdirdi, keyinchalik u yerda Tallin shahri qad kо‘tardi. Shvedlar Ezel orolini zabt etishga urinishdi.
Rus knyazlarining otryadlari estlarga yordamga keldi. 1222-1223 yillarda butun Estoniya istilochilarga qarshi jang olib bordi.
1240 yilning yozida shvedlar Neva daryosi bо‘ylab Novgorod yerlariga bostirib kirdi.
Novgorod hukmdori 18 yoshli Aleksandr Yaroslavich 1240 yil 15 iyulida о‘z lashkari bilan shvedlar qarorgohiga qо‘qqisdan hujum qildi. Ular shvedlarni yengadi va dovyurakligi uchun Aleksandrga Nevskiy (1236-1263 yillarda boshqargan) degan faxriy nom berildi.
1240 yilda Pskov yaqinidagi Izborsk qal’asini olgan nemislar Pskov noibi Tverdila va boyarlar xoinligidan foydalanib, shaharni egallashdi. Novgorodning dushmanga qarshi kurashini yana Aleksandr Nevskiy boshqardi. Aleksandr Nevskiyning nemis ritsarlariga qarshi hal qiluvchi jangi 1242 yilning 5 aprelida Chud kо‘lidagi muz ustida bо‘lib о‘tadi, og‘ir sovutlar kiygan nemislar muzlagan Chud kо‘li ustida sirg‘anib yiqilaverganlar va orqaga chekinganlar, bu jangda rus qо‘shinlari g‘alabaga erishadi va bu jang tarixga “ Muz ustidagi jang” nomi bilan kirgan. Shu tariqa rus yerlari shved va nemis feodallari bosqinidan ozod qilinadi.
Oltin О‘rda tarkibiga Irtishdan Ural tog‘larigacha bо‘lgan yerlar, Janubiy qora dengiz dashtlari, Qrim, Kavkaz va О‘rta Osiyoning bir qismi kirdi. Rus knyazliklari unga vassal qaramlikda bо‘lib, о‘lpon tо‘lab turgan. Oltin О‘rda 1502 yilgacha hukm surgan.
Oltin О‘rda xon tomonidan boshqarilgan. Oltin О‘rdada hukmron sinf kо‘chmanchilardan iborat edi. Yuqori tabaqalar: shahzodalar, xonning oila a’zolari va qarindoshlari hisoblangan. Ular eng yirik feodallar bо‘lib, katta chorvalar, yerlar va kо‘pdan-kо‘p qaram kishilarga egalik qilardi. Ulardan keyingi о‘rinda beklar va nо‘yonlar о‘tirgan. Bulardan tashqari savdogarlar ham imtiyozli tabaqa hisoblangan. Navkarlar mayda feodallar edi.
Kо‘chmanchi chorvadorlarning asosiy ommasi qorachu - oddiy xalq deyilgan. Ular nо‘yonlar hokimiyati ostida bо‘lib, oilalari bilan yashab, yakka xо‘jalik yuritardilar, chorva solig‘i tо‘lar va turli majburiyatlarni о‘tardilar.
Oltin О‘rda hokimligi ostidagi О‘rta Osiyo, Qrim, Quyi Povolje va boshqa joylarda dehqonlar bо‘lib, ular sabonchi va о‘troqchi guruhlarga bо‘lingandi. Sabonchi - qishloq jamoachilari edi. О‘troqchi – kambag‘allashgan jamoa a’zolari bо‘lib, tutqunlik shartlarida feodallarning yerlarida ishlardilar.
Davlat tuzumi bо‘yicha Oltin О‘rda ilk feodal monarxiyasi shaklidagi davlat edi. Davlat tepasida xon turgan, u kuchli hokimiyatga ega bо‘lgan. Muhim masalalarni hal etish uchun xon Qurultoy chaqirardi. Unda shahzodalar, ya’ni xon urug‘i a’zolari, shuningdek, nо‘yonlar va beklar ishtirok etardi, urush va tinchlik, xonni saylash va boshqaruv masalalari hal qilinardi.
XIV asrdan boshlab rus knyazliklari birlasha boshlaydi. Buning asosiy sabablari: birinchidan, rus yerliklari о‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning kuchayishi, ikkinchidan, dehqonlarni jilovlab turish va ularning krepostnoylashuvini oxiriga yetkazish zaruriyati, uchinchidan, ayniqsa mо‘g‘ullarga qarshi kurashish, ularning hukmronligiga barham berish zarurati edi.
Markazlashgan davlat Moskva tevaragida tashkil topadi. Ma’lumki, XIII asrdan boshlab Moskva о‘zining doimiy knyaziga ega bо‘lgan mustaqil knyazlikka aylanadi. Bunda birinchi knyaz Aleksandr Nevskiyning о‘g‘li - Daniil edi. U 1300 yili ilgari Ryazanga tegishli bо‘lgan Kolomna va Lopasiyani, 1302 yili Pereyaslavl knyazligi yerlarini, 1303 yil Smolensk knyazligiga tegishli Mojaysk yerlarini egalladi. Vladimir knyazligiga qarshi kurash Daniilning о‘g‘li Yuriy Danilovich (1303-1325) davrida boshlandi.
Moskva knyazi Yuriy Tver va Novgorod orasidagi kurashdan foydalanib Oltin О‘rdada ikki yil yashab, О‘zbekxonning singlisiga uylanib, Vladimirning buyuk knyazi bо‘lishga yorliq oldi. Rus knyazlari orasiga nizo solish uchun Oltin О‘rda buyuk knyazlik yorlig‘ini Tver hukmdori Mixailga beradi. Ammo u Moskva knyazi bilan kurashda halok bо‘ladi. Oltin О‘rda xoni О‘zbekxon (1312-1340) yorliqni yangi Tver knyazi Aleksandrga (1326-1327) topshirib, ukasi Chо‘lxonni qо‘shin bilan Tverga yuboradi.
Tverdagi voqealardan Moskva knyazi Ivan I Danilovich (1325-1340) foydalanadi. Knyazning laqabi Kalita “pul xaltasi” unga О‘rda bojini boshqa knyazlardan yig‘ish huquqi berilishidan paydo bо‘lgan.
Kalita vafotidan keyin buyuk knyazlik uning katta о‘g‘li Semyon Mag‘rurga (1340-1353), undan sо‘ng Ivan II Qizil (1353-1359) lar davrida vaziyat murakkablashadi. Ivan II dan sо‘ng taxtga uning 10 yoshli о‘g‘li Dmitriy Ivanovich (1359-1389) kelib, u davlatni dastlab mitropolit (mitropolit. Aleksey yordamida boshqaradi. U 1362 yilda buyuk knyaz yorlig‘ini oladi.
Dmitriy Ivanovich davrida 1367 yilda Moskvada xarsang toshlardan birinchi va yagona Kreml qurildi va u Moskvadagi yengib bо‘lmas qal’alardan biriga aylandi.
Mо‘g‘ullarga qarshi dastlabki jang Oltin О‘rda xoni Mamay qо‘shini bilan 1378 yili Ryazan yerlaridagi Voje daryosi sohilida bо‘lib, unda knyaz Dmitriy g‘olib chiqadi. Moskva knyazi 1380 yil 8 sentabrda Don daryosi sohilida Kulikovo maydonidagi yangi g‘alabasi sharafiga Donskoy degan nomga sazovor bо‘ldi.
Lekin 1382 yili Oltin О‘rda xoni Tо‘xtamish Nijegorod va Ryazan knyazlari kо‘magida Moskvani egallab, uni yana boj tо‘lashga majbur etadi. Donskoyning vorisi Vasiliy I Dmitriyevich (1389-1425) davrida Nijegorod knyazligi Moskvaga qо‘shib olinadi. XIV asrning 90 yillarida Vologda, Velikiy Ustyug, Volok, Lamskiy, Bejetsk, Verxlar ham Moskva knyazligiga о‘tadi.
Markaziy Osiyoda Amir Temur davlati tashkil topgach, uning Buyuk ipak yо‘lida nazorat о‘rnatishida asosiy tо‘siqlardan biri Oltin О‘rda edi. Shuning uchun Sohibqiron unga qarshi kurash olib bordi. Temur 1391 yilda Samara va Chistopol oralig‘ida Kondurcha (Qunduzcha) 1395 yilda Shimoliy Kavkazdagi Tarak janglarida О‘rda xoni Tо‘xtamish (1380-1395) ni mag‘lub etadi.
Amir Temur uni ta’qib etib Moskvagacha boradi. Ryazan knyazligi yerlarida ikki hafta qolgandan keyin Azov va Kaspiybо‘yi chо‘llariga qarab yuradi va Quyi Volga bо‘yidagi Saroy Berka, Saroy Botu va Hojitarxon (Astraxan) shaharlarini egalladi.
Sohibqiron Ryazan yaqinidagi Yeletsni egallagandan sо‘ng, ortga qaytadi. О‘rdada Amir Temur taxtga qо‘ygan Edigey hukmronlik qila boshlaydi. Edigey qо‘shini 1408 yili hujum boshlab Serpuxoa, Rostov, Nijniy Novgorod shaharlarini bosib oladi. Moskvadan katta tо‘lov undiradi.
XV asrning II yarmida Moskva knyazligida buyuk knyaz Vasiliy II (1425-1462) davrida ichki kurashlar avj oldi. Rus yerlarining Moskva atrofida birlashuvi buyuk knyaz Ivan III Vasilevich davrida (1462-1505) rus yerliklarining birlashuvi oxirgi bosqichga kirdi. Moskvaga 1463 yil Yaroslavl, 1471 yil Novgorod, 1485 yili Tver knyazligi, 1510 yili Pskov, 1520 yili Ryazan yerlari Moskvaga bо‘ysundirilib, rus yerlarining siyosiy birlashuvi asosan yakunlandi.
Ivan III Vasilevich Oltin О‘rdaga boj- yasoq tо‘lashdan bosh tortadi. Bu ochiqdan-ochiq qarshi harakat edi. О‘zini “о‘n ikki dengiz-u, yetmish о‘rda” ning xoni deb atagan Axmat (1465-1481 yillarda Oltin О‘rda xoni) jazolamoqchi bо‘lib, Moskvaga yurish qildi, biroq Kaluga yaqinidagi Ugra daryosi etaklarigacha yetib bordi, u yerda rus qо‘shinlari ularni tо‘xtatdi. Rus harbiy boshliqlari qо‘shinlarni yaxshi joylashtirib, dushmanning kechuvlari va suzib о‘tiladigan joylarni tо‘sib qо‘yishdi. Oltin О‘rdaliklar bir oy davomida Ugrada ushlab turildi. Axmatxonning yurishi sharmandalarcha tugadi. 1480 yili Oltin О‘rda xoni Axmatning Moskvaga yurishi muvaffaqiyatsiz chiqdi va oqibatda Rus yerlarida 250 yil davom etgan mо‘g‘ullar istibdodiga butunlay barham berilib, rus yerlarining birlashish jarayoni boshlandi.
Rus yerlarining birlashishi jarayoni XVI asrning boshida tugadi.
Knyaz Vasiliy III Moskvaga Ryazan knyazligining ikkinchi yarmini, Pskovni qо‘shib oldi, Smolenskni esa Litva knyazligidan ozod qildi.
Markazlashtirish jarayonida kо‘p millatli davlat shakllandi. Moskva davlati tarkibiga karellar, ijorlar, vodilar, vepslar, saamlar, komi va nenetslarning yerlari ham birlashdi. Keyinchalik, Volga bо‘yi zabt etilgandan sо‘ng u yerdagi tatarlar, mordvalar, marilar va chuvashlar ham shu davlat tarkibiga kirdi.
Yagona davlatning tashkil topishi feodallarning xalq hokimiyati ustidan hukmronligini mustahkamladi.
Rus provaslav cherkovi yangi davlatda katta ahamiyat kasb etdi.
Rusda markazlashgan davlatning tashkil topishi rus, ukrain va belorus xalqlarining tashkil topishiga olib keldi. Davlat boshlig‘i buyuk knyaz hisoblangan. U katta huquqlarga ega bо‘lib, qonunlar chiqarar, davlat boshqaruviga rahbarlik qilar, sud vakolatlariga ega edi. Uning hokimiyati vaqt о‘tishi bilan kuchayib bordi.
Ayniqsa, Oltin О‘rda qulagandan sо‘ng buyuk knyaz butun Rusning hukmdoriga aylandi. Ivan III Vasilevich (1462-1505) va uning vorisi о‘zlariga podsho devonini olishga harakat qilgan.
Ivan III 1462 yilda 430 ming kv.km.lik hududni meros qilib olgan bо‘lsa, Ivan IV hokimiyati (1533-1584) ning dastlabki davrida 1533 yilda 2.800 ming kv.km.ga yoyildi. XV asrning oxiriga kelib Rossiya hududi 5.400 ming kv.km.ni tashkil qilar edi.
Davlatning muhim organi Boyarlar dumasi hisoblangan. U Qadimgi Rusdagi Kengashdan kelib chiqqan. Boyarlar dumasining vakolatlari buyuk knyaz vakolatlariga mos tushgan. Buyuk knyaz Boyarlar dumasi bilan hisoblashishi shart emas edi. Biroq, uning barcha qarorlari boyarlar tomonidan ma’qullanmasa, hayotga tadbiq qilinmasdi. Vaqt о‘tishi bilan buyuk knyaz Boyarlar dumasini о‘ziga bо‘ysundirdi.
Feodallar sezdlari ham xuddi ilgarigidek chaqirilib turardi. Ilgarigi saroy-votchina boshqaruvi о‘rniga asta-sekin yangi prikaz (mahkama) boshqaruvi vujudga keladi. Birinchi mahkama katta saroy prikazi va xazina prikazi edi. Ot-ulov xizmati maxsus prikazga aylanib, faqat knyazlarning shaxsiy xizmatlarini emas, dvoryanlar otliq qо‘shinlarining rivojlanishiga ham xizmat qiladigan bо‘ldi.
Rus davlati uezdlarga bо‘linib, ular stanlarga, stanlar volostlarga bо‘lindi. Biroq xali bir xildagi ma’muriy-hududiy birlik tо‘liq ishlab chiqilmagandi. Ba’zi joylarda yerliklar (udellar) ham saqlanib qolgandi. Harbiy okruglar, sud okruglari ham saqlanib qoldi.
Bu davrning eng muhim yodgorligi Ivan III davrida chiqarilgan 1497 yilgi Sudebnik (Qonunnoma) edi. U Rus davlatining yagona sud amaliyotini joriy qildi, yangi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soldi, mayda va о‘rta feodallar – dvoryanlar va boyarlarning bolalarining maydonga chiqishini rasmiylashtirdi. Ayniqsa, u dehqonlarni yoppasiga krepostnoylashtirishni boshlab berdi. Chunki unda Yuriy kuni joriy qilingan edi.
Rus haqiqati, Pskov sud yorlig‘i, Moskva knyazlarining keyingi qonunlari Sudebnikning manbalari edi. Qonunnomada asosan jinoyat va jinoiy-huquqiy normalar mustahkamlangandi. 1497 yilgi Qonunnoma shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarga Rus haqiqatiga qaraganda kam о‘rin ajratdi. Qarz haqida faqat bitta moddada gapirilgan edi. Bunda qarzini tо‘lay olmagan qarzdorning majburiyati haqida gapirilib, bunday norma Rus haqiqatida ham mavjud edi. Qonunnomada oldi-sotdi va shaxsiy ijara shartnomalari haqida ham aytib о‘tilgandi.
Qonunnoma jazolarning maqsadi va tizimi borasida ham ancha о‘zgarishlar yasadi. Ilgari xazina uchun muhim daromad sifatida vira (xun haqi, tovon) va sotishni kо‘zda tutuvchi normalar kо‘p bо‘lgan bо‘lsa, endi birinchi о‘ringa boshqa manfaatlar chiqdi. Hukmron sinf ekspluatatsiya qilinuvchi ommaning qarshiligini bostirish uchun terroristik usullar qо‘llay boshladi. Jazoning maqsadi sifatida qо‘rqitish birinchi о‘ringa chiqarildi. Agar ilgari mulkiy jazolar asosiy hisoblangan bо‘lsa, endi u keyinga surib qо‘yildi. Qonunnoma о‘limga mahkum etish va savdo qatli deb atalgan yangi jazolarni joriy qildi va bular kо‘p jinoyatlar uchun qо‘llanildi.
XVI asrda prikaz (mahkama) lar soni 10 taga yetdi. 1535 yilda Rusda yagona pul joriy qilindi. XVI asrning о‘rtalarida feodal yer egaligi ancha mustahkamlandi. Rus yerlarining 3/1 qismi monastir va cherkovlarga qarardi. О‘zlashtirilayotgan yerlarda esa yangi pomeshchik xо‘jaliklari paydo bо‘ldi. Eski turdagi yirik boyarlar xо‘jaligi esa yildan-yilga kambag‘allashib о‘z mavqeini yо‘qotdi.
1549 yil fevralda Ivan IV feodallarning turli qatlamlari vakillarini yig‘di- bu birinchi Zemstvo sobori edi. Zemstvo soborlarida dvoryanlar hal qiluvchi ovozga ega edi. Keyinchalik Zemstvo soborlariga savdogarlar, hunarmandlar va dehqonlardan ham vakillar qatnashadigan bо‘ldi.
1550 yilda yangi “Sudebnik” qabul qilinib, bu sudebnik Yurev kunida dehqonlarning ozodlikka chiqish imkoniyatlarini cheklab qо‘ydi. Shu davrdan boshlab Rusda ham hunarmandchilikning qishloq xо‘jaligidan ajralib, alohida sohaga aylanishi boshlandi. Tez orada 200 ta hunarmandchilik sexlari shakllandi. Bu sudebnikka asosan boyarlarni qilgan ayblari uchun endi ularni noiblar sudi emas, balki podshoning о‘zi yoki sudyalari sud qiladigan bо‘ldi. Cherkov yerlariga soliq solishdagi bir qator imtiyozlar bekor qilindi. Prikazlar (mahkama) tizimi rivojlandi.
Mamlakatda ichki va tashqi savdo rivojlana boshladi. Rusda XVI asrning boshlarida -1503 yili Seversk yerlari: Chernigov, Starodub, Rilsk, Putivl, Gomel, Novgorod Severskiy va boshqa shaharlar, hammasi bо‘lib 25 ta shahar va 70 ta volost, 1514 yili Smolensk yerlari birlashtirildi.
XVI asrning ikkinchi yarmida shaharlar soni о‘sdi. Yangi 50 ta shahar, shu jumladan, Arxangelsk, Oryol, Voronej, Belgorod, Samara, Saratov, Tyumen kabi shaharlar tashkil topdi.
Markazlashgan davlat tashkil topishi jarayonida Rossiyada samoderjaviye boshqaruv uslubi shakllandi. XV asr oxiridagi hujjatlarda birinchi marta mamlakat “Rossiya” deb atala boshlandi. Rossiya davlatining tashkil topishi XVI asrning о‘rtalarigacha davom etgan jarayon bо‘lib, XVI asrning о‘rtalariga kelib Rossiya markazlashgan davlatga aylandi.
Ivan IV 1547-1553 yillarda о‘z hukumatidagi boyarlarni dvoryan vakillari bilan almashtirdi. Ayni vaqtda Moskva uezd ida “saylangan ming” qoidasiga amal qilinib, 1070 kishi dvoryanga yer berishga qaror qilindi, chunki ular podsho hokimiyatining tayanchi edi. Yangi soliqlar joriy qilindi, buning uchun esa yerlar, xо‘jaliklar qaytadan rо‘yxatga olindi.
Ivan IV ning harbiy sohadagi islohotlaridan biri 1550 yili 3 ming kishidan iborat streletslar qо‘shinini tuzish bilan boshlandi. Streletslar podshoning shaxsiy qо‘riqchilariga aylandi. XVI asr oxirida Rossiya qо‘shini soni 100 ming kishiga yetdi. Dvoryanlar uchun 15 yoshidan umrining oxirigacha harbiy xizmat joriy qilindi. Podshoning harbiy islohotlari mamlakat harbiy qudratini oshirdi.
1564 yilda Ivan IV (Grozniy) tomonidan muhim siyosiy tadbir о‘tkazilib, bu tadbir tarixda oprichnina nomini oldi.
Ivan IV markazlashgan davlat tizimida umumiy yerlardan katta qismini ajratib oldi. Bu yerlar podsho yerlari yoki oprichnina deb ataldi. Oprichninaga muhim savdo yо‘llari, strategik jihatdan ahamiyatli bо‘lgan chegara hududlari kiritildi. Barcha shahar va uezdlardan oprichninaga kо‘ngilli bо‘lib yozilmagan knyazlar, boyarlar, dvoryanlar va hukumat odamlari zо‘rlik bilan kо‘chirildi.
Oprichnina knyaz va boyarlarning hukmronligiga qarshi qaratilgan, ularni bо‘ysundirishga yо‘naltirilgan siyosat bо‘lib, u о‘ta shafqatsizlik bilan olib borildi. О‘n minglab oddiy odamlar ham qurbon bо‘ldi. Oprichnina podsho qо‘lidagi kuchli harbiy jazo tashkilotiga aylandi. Ivan IV olib borgan oprichnina siyosati natijasida feodal yer egalarining ijtimoiy tarkibi о‘zgardi. Yerlarning dvoryanlar foydasiga qayta taqsimlanishi yuz berdi.
1572 yil kuzida oprichnina bekor qilindi.
1584 yili podsho Ivan IV Grozniy vafot etgach taxtga uning о‘g‘illari Fyodor va Dmitriylar keldi. Fyodor 1584-1598 yillarda boshqaradi, uning aqliy layoqatsizligi tufayli boyarlarning ta’siri kuchaydi. 1591 yilda Dmitriy vafot etadi. 1598 yilda Fyodorning vafot etishi bilan Rossiyada 700 yil hukmronlik qilgan Ryurikovlar sulolasi tugaydi. (Ryurikovlar sulolasi 862-1598 yillarda Rossiyani boshqargan, sulola asoschisi Ryurik (862-879 yillarda boshqargan), sulolaning sо‘nggi vakili Fyodor Ivanovich hisoblanib u 1584-1598 yillarda boshqargan.
1604 yilning avgustida Soxta Dmitriy qо‘shini Lvovdan chiqib rus hududlariga yо‘l oldi. 1605 yil may oyida Boris Godunov tо‘satdan vafot etadi va о‘z qо‘shinlari bilan Moskvaga kelgan soxta Dmitriy 1605 yil iyun oyida taxtni egallaydi va о‘zini Dmitriy I nomi bilan ataydi. Podsho bо‘lib olgan soxta Dmitriy о‘zini oqlamadi: cherkov, monastirlarga og‘ir soliqlar solingani uchun cherkov ruhoniylari undan norozi bо‘ldi, katolitsizmning yoyilib ketish xavfi tug‘ildi, xalq ommasi yangi podsho xalqning ahvolini yaxshilamasligini tez orada tushundi. Soxta Dmitriyning Marina bilan nikoh tо‘yiga kelgan rus kishilarining milliy urf-odatlari va an’analarini haqorat qilgan polyak zodagonlarining xulq-atvori moskvaliklarni g‘azabini qо‘zg‘atdi va tez orada unga qarshi qо‘zg‘olon kо‘tarilib, ular Kremlga bostirib kirdilar va soxta Dmitriy I ni о‘ldirib, jasadini yoqdilar, xokini porox bilan aralashtirib, tо‘pga solib, bu xoin Rossiyaga kirib kelgan g‘arbiy chegara tomonga otdilar. Ammo hokimiyatni boyarlar egallab oldilar. Ular podsho qilib Vasiliy Shuyskiyni (1605-1612 yillarda boshqargan) saylashadi. Ammo bu bilan Rus davlatidagi boshboshdoqlik tugamadi.
1609 yili asli shved shahzodasi bо‘lgan Polsha qiroli Sigizmund III Rossiyaga qarshi urush boshlaydi. Ammo Rossiyani zabt etolmaydi.
1611 yili Nijniy Novgorodlik qishloq oqsoqoli Kuzma Minin (1616 yil vafot etgan) tashabbusi bilan xalq lashkari tuzilib, unga vatanparvar knyaz Dmitriy Pojarskiy (1578-1642 yillarda yashagan) qо‘mondonlik qildi va 1612 yil 26 sentabrda Moskvani polyak va litva qо‘shinlaridan batamom ozod qildilar.
Shvedlarga qarshi olib borilgan janglar ham muvaffaqiyatli bо‘lib, 1617 yili Stolbovo (Tixvin yaqirida) sulhi bilan yakunlandi. Sulhga kо‘ra, Shvetsiya Novgorod yerlarini Rossiyaga qaytarib berdi. Ammo Fin kо‘rfazi qirg‘oqlari, Karel qо‘ltig‘i, Neva daryosining quyi oqimi va Yam shahri, Kopore, Ivan-gorod, Karela va Oreshek shvedlar qо‘lida qoldi.
1617-1618 yillari polyak-litva qо‘shinlari Moskvaga yangi yurish boshladi, ammo Moskvani ololmadi va urush 1618 yil 1 dekabrda Troitse-Sergiyev monastiri (hoz.Zagorsk shahri) yaqinidagi Deulin qishlog‘ida о‘n tо‘rt yarim yilga imzolangan sulh bilan yakunlandi. Sulhga kо‘ra Rossiya Smolensk, Chernigov, Novgorod-Seversk yerlari, 29 ta shahar, jumladan Smolensk shahridan voz kechishga majbur bо‘ldi, bu hududlar Polsha ixtiyoriga о‘tdi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin