Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə46/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Ikkinchisi; esa Peru vitse-qirolligi (Braziliyadan tashqari, butun Janubiy Amerika hududi) edi. Vitse-qirollar ispan zodagonlarining oliy tabaqasidan tayinlanib, ular mustamlakalarga uch yil muddatga jо‘nab ketardilar va о‘z hududlarida tо‘liq harbiy va sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi berilgan. Vitse-qirollar о‘zi bilan oila a’zolarini olib ketishi, u yerda kо‘chmas mulk sotib olishi va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin emasdi. Vitse-qirollarning faoliyatini Ispaniyaning о‘zida faoliyat kо‘rsatuvchi “Hindiston kengashi” deb ataladigan kengash nazorat qilib borgan. Bu kengashning qarori qonun kuchiga ega bо‘lgan.
XVI va XVII asrlarda geografik kashfiyotlar davom ettirildi. XVI asrning II yarmida ispanlar noma’lum janubiy qit’ani qidirib topish maqsadida Peru hududidan Tinch okeani havzasiga bir necha marta ekspeditsiya uyushtirdilar. Bu ekspeditsiyalar davomida Solomon orollari (1567), Janubiy Polineziya (1595), Markiz orollari (1595) va Melaneziya (1605) kashf etildi.
Magellan sayohati davrida “Janubiy qit’a” mavjudligi tо‘g‘risida taxmin bor edi. Bu taxmin XVII asr boshlaridagi geografik asarlarda ilgari surildi va xaritaga “Terra inkognita Australia” (noma’lum janubiy yer) nomi bilan kiritila boshlandi. 1605 yili Perudan yо‘lga chiqqan ekspeditsiya Janubi-Sharqiy Osiyo qirg‘oqlaridagi yerlarni kashf etdi. Ekspeditsiya boshlig‘i Pedro Fernandes Kiros (1565-1614yillarda yashagan ispan sayyohi) shu orollardan birini yangi qit’a deb taxmin qilib, bu haqda xabar berish uchun Ispaniyaga jо‘nab ketadi. Aslida bu joylar Yangi Gibrid orollari edi. Ekspeditsiya boshlig‘i Luis Vaes de Torres (1560-1614 yillarda yashagan ispan dengizchisi) suzishda davom etib, bu orollardan janubda haqiqiy yangi qit’a- Avstraliyani kashf etdi. Yangi Gvineya Avstraliya oralig‘idagi qо‘ltiq (1606) kashf qilindi va u Torres qо‘ltig‘i deb atala boshlandi.
Shundan keyin Tinch okeanining janubiy qismiga gollandlar katta katta guruhlari bilan keldilar.
Gollandiyalik dengizchi sayyoh Villem Barens (1550-1597) uning nomiga qо‘yilgan Barens dengizini tekshirdi.
1594-1597 yillarda Barens Yangi Yerning g‘arbiy sohillarida uch marta qishlab qoldi. Bu yerlarga u Xitoy va Hindistonga (shimoli-sharqiy tomondan) olib boradigan Shimoliy dengiz yо‘lini qidirib kelgan edi.
Barens sheriklarini “Agar Ob daryosigacha suzib borsak, u yerda hech qiyinchiliksiz qishlash mumkin” deb ishontirishga harakat qilgan. Ammo och oq ayiqlar ekspeditsiya a’zolaridan ikki kishini g‘ajib tashlashi sayyohning hamrohlarini vahimaga solib, ularni yana orqaga qaytishga majbur qilgan.
Ekspeditsiya Skandinaviya qirg‘oqlaridan suzib о‘tib, Shpitsbergen “Qirrali orollar” arxipelagini kashf etib, xaritaga tushirgan. Hozirda Shpitsbergen orolidagi xalqaro huquqiy maqomga ega bо‘lgan va Rossiya Federatsiyasiga tegishli yagona aholi punkti Barensburg deb ataldi.
Barens ekspeditsiya davomida sovuqqotib halok bо‘lgan.
XVII asr boshlarida ingliz sayyohi Genri Gudson (1550-1610) Shimoliy Amerikada tadqiqot о‘tkazib, Gudson daryosi uning nomi bilan atalgan, ya’ni u Nyu-Yorkdan Gudson daryosi boylab soatiga 8 km tezlikda paroxod bilan suzdi. Keyinchalik bunday dengiz paroxodlari AQSH va Yevropada ham qо‘llanila boshlandi.
1616 yilda golland Giauten de Gorn Amerikaning eng janubiy qismini uning nomi bilan atalgan Gorn burnini kashf qilidi.
Avstraliya qirg‘oqlarini tekshirishda va Avstraliyani alohida qit’a sifatida belgilashda golland Abel Tasman (1603-1659 yillarda yashagan niderlandiyalik dengizchi va savdogar) ning 1642-1644 yillardagi sayohatlari katta ahamiyatga ega bо‘ldi. U Indoneziya qirg‘oqlaridan sharqqa tomon suzib, Avstraliyani janubdan aylanib о‘tdi va keyinchalik Tasmaniya deb atalgan orollarni kashf qildi.
Abel Tasman yevropaliklardan birinchi bо‘lib Yangi Zelandiya, Tonga va Fiji orollariga yetib borgan va bu hududlarning xususiyatlarini tasvirlagan. Abel Tasman tomonidan amalga oshirilgan ekspeditsiyalar natijasida Avstraliyaning yaxlit materik ekanligi isbotlandi. Ushbu materikning g‘arbiy qirg‘oqlari hozirgi zamon xaritalaridagi kо‘rinishga ega bо‘ldi.
XVI-XVII asrlarda shimoliy yarim sharda ham yirik geografik kashfiyotlar qilindi. Ingliz dengiz sayyohi Martin Frobisher va Jon Devis Xitoyga boradigan shimoli-g‘arbiy yо‘lni qidirib, XVI asrning 70-80 yillarida Shimoliy Amerika qirg‘oqlariga bordilar. Bu ekspeditsiyalar Grenlandiya bilan Amerika qit’asi oralig‘idagi qо‘ltiqni va Muz okeanida Amerikaning shimol tomonidagi orollarni topdi. Ular XVII asrgacha xizmat qilgan joyning geografik koordinatalarini, vaqtni, yulduzlarning chiqish va botish paytini aniqlovchi astronomik asbob ya’ni astrolyabiyadan foydalanganlar.
Ruslar ham Shimoliy Muz okeanini va Tinch okeanining shimoliy qismini tadqiq qildilar. Ruslar birinchi bо‘lib (gollandlardan ancha ilgariyoq) Yangi Yerga hamda Shpitsbergen oroliga borib yetgan edilar. Ular Ob va Yenisey daryolarining quyiladigan joylarini tekshirdilar.
XVII asrning 30 yillarida Ivan Moskvitin boshchiligidagi krasnoyarsklik kazaklarning bir guruhi Lena daryosining sо‘l irmog‘i Aldan daryosi boylab suzib, Oxota dengiziga chiqdilar. 40-yillarda yangi yerlar qidiruvchi sayyohlardan Poyarkov bilan Xabarov Quyi Amurni tekshirib, birinchi marta ana shu daryoning xaritasini tuzdilar.
1648 yil 20-iyunda Sibirlik Semyon Dejnyov (1605-1673 yillarda yashagan) Uzoq Sharqning eng chekkasidagi Dejnyov burnini hamda Osiyoni Amerikadan ajratib turuvchi Bering qо‘ltig‘ini kashf qilinishi Uzoq Sharqdagi eng yirik geografik kashfiyot bо‘ldi.
Tarixda birinchi marta ushbu bо‘g‘ozdan suzgan va uni kashf etgan Semyon Dejnyov muhim geografik masalani hal qildi. Chunki mazkur sayohat natijasida Amerikaning mustaqil kontinent ekani va Yevropadan Xitoyga Shimoliy dengiz yо‘li orqali borish mumkinligini isbotlagan.
1898 yilda Semyon Dejnyov sayohatining 250 yilligi munosabati bilan Rus geografiya jamiyati qaroriga binoan Chukotka yarim orolidagi Bolshoy Kamenniy burni Dejnyov nomi bilan atalgan va jasur sayyohga haykal о‘rnatilgan.
Sayyoh xotirasiga hurmat tariqasida Shimoliy Muz okeanidagi orol, yarim orol, qо‘ltiq va Yoqutistondagi qishloq uning nomi bilan atalgan. Sayyohning vatani Velikiy Ustyug shahrida va Rossiya shon-sharaf bog‘ida unga xaykal о‘rnatilgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropaning iqtisodiy hayotiga kat­ta ta’sir kо‘rsatdi.
Bir-biridan uzoqda joylashgan qit’alar о‘rtasida jahon savdosi paydo bо‘ldi. Yevropaga endi Amerikadan tamaki va kakao, Osiyodan choy va kofe keltirila boshlandi.
Ilgarigi Yevropadagi savdo-sotiq ishlari taraqqiy qilgan Italiyadagi Venetsiya va Genuya boshqa mamlakatlar Portugaliya, Niderlandiya va Angliya egalladi.
Antverpen shahri jahon savdosining markazi bо‘lib qolib, unga har kuni 200-250 kema yuk tushirilardi. Antverpenga kelgan yuklar bu yerdan Yevropaga tarqalardi.
Ammo XVI asrning II-yarmida Antverpenning ham raqiblari paydo bо‘ldi, Shimoliy Niderlandiya (Gollandiyadagi) Amsterdam shahri raqiblardan biri edi.
Antverpen bilan raqobat qiluvchi 2chi port London shahri bо‘lib, u asosan XVII-XVIII asrlarda ravnaq topdi.
Buyuk geografik kashfiyotlarning oqibatida mustamlaka imperiyalari shakllanib, u yerdan oqib kela boshlagan katta boyliklar Yevropa mamlakatlarida narx-navoning, birinchi navbatda qishloq xо‘jalik mahsulotlari narxining keskin kо‘tarilishiga olib keldi. Bu hodisa olimlar tomonidan “narx-navo” inqilobi deb atalib, Yevropada kapitalistik munosabatlarning shakllanishiga katta ta’sir kо‘rsatdi.
Yevropaga asosan Amerikadan (va qisman Hindistondan) XIV asr davomida juda kо‘p oltin va kumush keltirildi. Yevropada bir asr mobaynida kumushning miqdori uch baravardan kо‘p (206%), oltinning miqdori ikki baravardan kо‘p (117%) oshdi.
Yevropaning kо‘pgina mamlakatlarida Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Germaniya, Italiyada narx-navo XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab kо‘tarila boshladi.
Narx-navo 2,5-3 baravar oshib ketdi. Bu inqilobdan yangi savdo-sanoat sinflari, katta yer egalari va bozor bilan aloqador davlatmand dehqonlar yutib chiqdilar. Oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari juda oshib ketganligidan, ishchilarning ish haqi kamayib, katta zarar kо‘rdilar. Dehqonlardan renta oladigan feodal yer egalarining daromadi ancha kamaydi.
Biz geografik kashfiyotlar davrini о‘rganib, uni xulosalab quyidagi 3 davrga bо‘lamiz.
XV asr oxiri-XVI asr о‘rtalari; XVI asrning II-yarmi-XVII asr о‘rtalarigacha; XVII asrning II-yarmi va XVIII asrda amalga oshirilgan geografik kashfiyotlar.
Birinchi davrda Amerika qit’asini о‘rganish, Yevropadan Hindistonga dengiz yо‘lini ochish va Yer shari bо‘ylab aylanma sayohatlar amalga oshirilgan bо‘lsa, ikkinchi davr esa Shimoliy va Sharqiy Osiyo, Arktika, Tinch okeani hamda Avstraliya va Yangi Zelandiyaga uyushtirilgan sayohatlarni о‘z ichiga oladi.
Uchinchi davr esa Avstraliya keng tadqiq etilgan, Tinch okeanining turli qismlari chuqurroq о‘rganilgan.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin