Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə59/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Syogunat; Bukufi; daymio; syozen; samuraylar; si; no; simin; ninzya; muxolifat; koku; syogun; tayro; syogo; metske; daykan; ‘’Tayxo Yoro ryo’’ kodeksi; missionerlik; kuge; ‘’buke’’; mikado; sinxan; fuday; todzama; xatamoto.
1192 yilda Yaponiya shimolidagi harbiy zodagonlar о‘z sardorlari Yoritomo Minomotoni syogun deb e’lon qildilar. 1507 yildan boshlab Yaponiya tarixida notinch davr boshlandi. Bu davr Yaponiya tarixiga «Kurashuvchi viloyatlar davri» nomi bilan kirdi. «Kurashuvchi viloyatlar davri» nomini olgan tarqoqlik va fuqaro urushlari davridagi Asikaga syogunatidan (1467-1568), syogunat (1192-1867 yillarda Yaponiyada harbiy-feodallar unvoni, u Bukufi deb ham nomlangan) meros qilib oldi. Bu davr vassallarning syogunlarga qarshi kurashlari bilan ajralib turadi. Asikaga xonadonidan bо‘lgan syogunlar poytaxt Kioto ustidan nazoratni qо‘ldan berdilar, u yerda shaharni mustaqil boshqarishning kuchli tizimi shakllandi. Yetakchilik endi viloyatlardagi hukmdorlarga- knyaz-daymiolarga о‘tdi. О‘z knyazliklarida ular xо‘jalik va siyosiy hayot ustidan tо‘liq nazorat о‘rnatishga harakat qildilar. Bu davrda knyazlar daromadlarining tarkibi о‘zgardi. Masalan, yirik feodal urug‘i Sandyonisilarning daromadi ilk о‘rta asrlar davrida (XIII asrda) otameros mulkdan (syozendan) 50 foizdan ortiqroqni tashkil etgan bо‘lsa, XVI asr boshlarida 29 foizga tushib ketdi.
1549 yilda Omi viloyatidagi Isidera shahridagi Kannodzi budda ibodatxonasida mamlakatda birinchi «erkin bozor» paydo bо‘ldi va unga hunarmandlarni hamda savdogarlarni jalb etish maqsadida bozor solig‘i bekor qilindi.
XVI asrda kulolchilik bо‘yicha 3 ta va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi 1 ta manifaktura tipidagi korxona yuzaga keldi.
Xitoy bilan tashqi savdo о‘lpon tо‘lash kо‘rinishida amalga oshirilgan bо‘lsa-da, katta daromad keltirardi.
1543 yili Yaponiya qirg‘oqlarida portugallarning, olti yildan keyin sо‘ng esa ispanlarning ham paydo bо‘lishi mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy muhitga sezilarli ta’sir kо‘rsatdi. Ular mamlakatga о‘q otar qurollarni olib kirdilar. Yevropaliklar kelgach xristianlik dini ham tarqala boshladi. Chet ellik savdogarlardan о‘q otar qurollar xarid qilish va ichki nizolarda yevropaliklardan madad olishga umid qilgan knyazlar xristianlikni qabul qildilar va о‘z vassallarini ham shunday yо‘l tutishga majbur qildilar. Katolik dinini targ‘ib qilish, ayniqsa, Kyusyu orolida keng tarqaldi va bu yerda xristianlik maktablari hamda ibodatxonalarini ocha boshladilar.
Yevropaliklarning paydo bо‘lishi savdo kapitalining kuchayishiga, harbiy ishning mukammallashishiga kо‘maklashdi, о‘zaro urushlarni keskinlashtirdi va faqat Yaponiyaning bо‘linib ketishi xavfini emas, balki uning yevropaliklarga tobe bо‘lib qolish xavfini keltirib chiqardi.
О‘zaro urushlar va dehqonlarning qо‘zg‘olonlari feodallarning о‘ziga ham xavf tug‘dirdi. Yaponiya chet elliklar tomonidan bosib olinishi xavfi yetilib kelayotgandi.
Xonsyu oroli markaziy qismining feodallari Oda Nabunaga (1534-1582), Toyotami Xideyosi (1536-1598) va Tokugava Ieyasular (1543-1600) birlashishning tashabbuskorlari bо‘lib chiqdilar.
Oda Nabunaga Ovari hududidan edi. U mayda feodalning о‘g‘li edi. 1551 yil otasi vafotidan sо‘ng, 17 yoshli Oda hiyla nayranglar bilan boshqalarni yerlarini egallab oldi, u qarindoshlarini ham, о‘zinikilarni ham, qо‘shnilarni ham ayab о‘tirmadi. Odaning о‘z qо‘shinini о‘qotar qurollar bilan ta’minlaganligi harbiy yutuqlariga sabab bо‘ldi. 1573 yili u Asikaga xonadonidan bо‘lgan, bu paytga kelib siyosiy ta’sirini butunlay yо‘qotgan, oxirgi syogunni taxtdan qulatdi.
О‘z yerlarini kengaytirib, dehqonlar harakatini ham bostirgan Oda “syogun-knyazlik” (bakuxan) davlatiga asos soldi. Ammo uning bunday yuksalishi, avvallari bir-birlari bilan kelishmay yurgan feodallarni unga qarshi kurashda birlashishga majbur qildi, buning ustiga, Odaning о‘z qarorgohida ham kelishmovchiliklar boshlanib ketdi. 1582 yili Kiotodagi ibodatxonalardan birida raqibilarning qо‘shinlari tomonidan qurshab olingan Oda о‘zini-о‘zi о‘ldirdi.
Mamlakatni birlashtirish ishini, dehqonlardan chiqqan va Odanini xizmatida bо‘lgan Toyotami Xideyosi davom ettirdi. Asli dehqon bо‘lgan Toyotami dehqonlar qо‘zg‘olonini ayovsiz bostirdi. 1588 yildagi “qilichlarni izlash” deb atalgan farmonga binoan dehqonlarning qilichlar, xanjarlar, miltiq va boshqa qurollarga ega bо‘lishi ta’qiqlandi. 1591 yildagi farmon ijtimoiy tabaqalanishni rasmiy ravishda mustahkamladi. Jamiyatni samuraylar (si), dehqonlar (no), va shaharliklar (simin) dan iborat uch toifaga ajratish haqida edi. Samuraylar (Samuraylar. yapon. Samurau- xizmat qilmoq- о‘rta asrlarda Yaponiyada zodagonlar, mayda dvoryanlarning harbiy tabaqasi). Ular Minomoto sulolasi davrida (1192-1333) alohida tabaqa bо‘lib kо‘zga kо‘ringan syogunlardan kelib chiqqan. Tokugava sulolasi vaqtida (1603-1867) esa batamom tabaqa sifatida shakllangan. Samuraylarning eng imtiyozli qatlamini xatamoto (ma’nosi “bayroq ostida”) tashkil qilib, ular syogunlarning vassallari bо‘lgan. Samuraylarning asosiy qismi knyazlarning vassallari edilar, ularning о‘z yeri bо‘lmagan, knyazdan maosh sifatida guruch olganlar. Samuraylarning qonuni- busido (ma’nosi “jangchi yо‘li”) axloq kodeksi bо‘lib, о‘z egasi bо‘lmish yirik zodagonlarga sodiqlikni talab qilardi. Samuraylar uchun sharafli mashg‘ulot faqat harbiy xizmat bо‘lib, ular mehnatkash ommani mensimaslik, pisand qilmaslik ruhida tarbiyalanganlar.
Shaharliklar hali tabaqalashtirilmagan savdogarlar va hunarmandlar edi.
1598 yili Xideyosining о‘limi birinchi birlashtiruvchilarning urinishlarini yо‘qqa chiqardi. О‘zaro urushlar Tokugava Ieyasu bilan Xideyosining о‘g‘li Xideyori о‘rtasida yangicha kuch bilan alanga oldi.
Sekigaxara yonidagi jangda mag‘lubiyatga uchragan Xideyori va uning tarafdorlari 1600 yili Osaka shahriga joylashdilar. Sekigaxara yonidagi jangda Tokugava birinchi marta “kо‘rinmas” lardan (ninzya) ayg‘oqchi sifatida foydalandi.
1603 yili Ieyasu Tokugava syogun unvonini qabul qildi va Edo (hoz.Tokio) shahrini poytaxt qilib, syogunatga (1603-1867) asos soldi. Bu bilan u о‘z zamonasining harbiy-feodal diktaturasini boshlab berdi. Uning syogunlar sulolasi ikki yuz ellik yil davomida, ya’ni Mikado hokimiyatini tiklagan 1868 yilgi “inqilob” gacha Yaponiyani idora qilib keldi.
Tokugava xonadonidan bо‘lgan dastlabki syogunlar davrida Yaponiya katta davlatga aylana boshlasa-da, aslida mamlakatning birlashishiga erishilmagandi. Siyosiy hayotning muqimligiga erishish knyazlar muxolifatini ( muxolifat arab. teskarilish, kelishmovchilik, rasmiy hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha siyosiy yо‘l tutib faoliyat yuritish) bostirish yо‘li bilan ushlab turilardi. XVII asr boshlarida ulardan ba’zilari (Takeda, Minan, Kumachai) xristianlikni qabul qilganligi uchun oilalari bilan qatl qilindilar. Kо‘pgina knyazlarning, janubi-g‘arbdagilarning yerlari musodara qilindi. Boshqalari yangi yerlarga kо‘chirildi.
Tokugavalar о‘z mulklarini Xonsyu orolining markazida jamladilar. Mulk egalari bо‘lgan knyazlar yillik sholi daromadi bilan о‘lchanadigan boyliklari darajasiga binoan farqlanardi. XVII asr boshlarida Yaponiyaning umumiy sholi daromadi 11mln koku (1 koku-180,4 kg) miqdorida belgilandi. Ana shu miqdordan 4 mln koku Tokugava xonadoniga tegishli edi. Faqat boy feodallar 300 ming koku sholi daromadiga ega edi, ular biroz mustaqillikdan foydalanardi, anchagina vassal-samuraylarga xо‘jayinlik qilardi va tanga ham zarb qilardi.
Tokugavalar davrining boshlarida Yaponiyaning aholisi 20 mln.kishi edi. XVII asrdagi barqarorlik tufayli aholi 29 mln.ga yaqinlashdi. Ularning 80 foizdan kо‘prog‘i qishloqlarda yashardi va mamlakatning bosh ishlab chiqaruvchi kuchi- dehqonlardan iborat edi.
Tokugavalar Yaponiyasida yerlar feodallarga tegishli bо‘lgan. Feodal yer egaligining asosiy shakllari quyidagicha edi;1) syogunlarning yerlari. 2) knyazlarning yerlari, 3) cherkov va monastrlarning yerlari.
Har bir feodal о‘z yer mulkida hukmdor sifatida ish yuritgan.
Savdogarlik va hunarmandlik asosan Yaponiyaning bevosita syogunat nazorati ostida bо‘lgan shaharlarda tо‘plangandi. Eng yirik shaharlar Edo, Osaka-bu mamlakatning bosh savdo markazi, Kioto-imperator qarorgohi, port shaharlar Sakai va Nagasaki edi. XVII asrning boshlarida Edo, Kioto va Osakada 300 ming aholi, port va savdo markazlari bо‘lgan Nagasaki, Nagoya, Sakai va Kandzava shaharlarining har birida 60 mingdan ortiq aholi yashagan. Xyogo, Fukuoga va Takatada 10 mingdan 20 minggacha aholi bor edi.
Birinchi syogun о‘rnatgan va uchinchi syogun Tokugava Iemitsu (1623-1651 yillarda boshqargan) davrida tо‘liq о‘rnatilgan tokugavalar tuzumining asosi quyidagilardan iborat edi: dehqonlarning ezilgan holatini saqlab turishga asoslangan mavjud tartibni zо‘rlik bilan ushlab qolish, shahar aholisining tobelik rolini aslzodalarning cheklanmagan hukmronligini rag‘batlantirish orqali ta’minlash. Yaponiyada dehqonlardan soliq yig‘uvchilar о‘sha davrda mavjud bо‘lgan bir maqolga amal qilishgan, ya’ni:”Dehqon hо‘l sochiqqa о‘xshaydi, qancha kuchli siqsang shuncha kо‘p suv chiqadi”. Qishloq va shahar aholisi davlat foydasiga turli tо‘lovlar tо‘lardi, dehqonlar, savdogar va hunarmandlardan esa soliq olinardi.
Bunday feodal tartibning mustahkamligiga xavf solib turadigan uchta asosiy omil mavjud edi: feodallarga qarshi keng xalq ommasining kurashi; chet ellik bosqinchilarning tashqi xavfi (Yaponiyaga birin-ketin portugallar, ispanlar, gollandlar va inglizlar xavf solib turardi); feodallar lageridagi о‘zaro urushlar xavfi.
Bu xavflarni hisobga olgan Tokugavalar quyidagicha siyosatga amal qilib ish olib bordilar: 1) dehqonlar va shaharliklarning quyi tabaqalarini jilovlab turish, 2) feodal knyazlarning о‘zaro munosabatlarini nazorat qilish, ulardan birortasining kuchayib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik va bu bilan Tokugavalar xonadonining rahbarlik rolini saqlab qolish, 3) chet elliklarni sergaklik bilan kuzatib turish va Yaponiya eshiklarini yopib qо‘yish.
Tokugava ichki siyosatining muhim jihatlaridan biri mamlakatni “yopib qо‘yish” bо‘ldi. Bunga yevropaliklarning suqilib kirishlari, xristianlikning tarqalayotganligi va Yaponiyaning mustamlakaga aylanib qolish xavfi sabab bо‘ldi.
1615 yilda tokugavalar sulolasining birinchi syoguni Ieyasu tomondan «О‘n sakkizta qonunlar» chiqarilgan va unda jamiyatdagi tо‘rtta tabaqa vakillarining yurish-turishlari qattiq tartibga solingan. Bu qonunga binoan, keyingi har bir syogun о‘z mansabiga о‘tirish chog‘ida feodal knyazlar yig‘ini oldida Ieyasu qonunlariga sodiqligi haqida qasamyod qilishi lozim edi.
О‘zi va Kiotodagi saroyi uchun aniq tayinlangan maoshga yashovchi mikado nomigagina hokimiyat egasi edi. Qonunlar aslida uni tashqi dunyo bilan aloqa qilish imkoniyatidan tamomila mahrum qilib qо‘ygan edi. Syogunlarning poytaxti Edo shahri bо‘lib, u juda tez о‘sib, katta markazga aylanib bordi. Syogunlar bu yerda dabdabali hayot kichirardilar. Katta feodallar, mulkdor knyazlar - daymyo va boshqalarning kо‘p vaqt poytaxtda yashab, syogunlar saroyiga qatnab turishlari shart edi. Ular о‘z viloyatlariga qaytib kelganlarida xotin va bola-chaqalarini garov qilib Edoda qoldirishlari lozim edi. Tokugavalar о‘rnatgan butun rejim keng tarmoqli politsiya apparatiga asoslangan edi. Hukumat о‘zining oshkora va maxfiy agentlari vositasi bilan dehqonlarni, shahar plebslarini, katta savdogarlarning xonadonlarini, samuraylarni va feodal knyazlarni kuzatib turardi.
1635 yilgi qonun bilan mustahkamlangan garovga qо‘yish tizimi bu vaqtda syogun hokimiyatini mustahkamlash vositalaridan biri bо‘lgan. Qonunga binoan hamma daymyo navbatma-navbat syogun uyida yashashlari, о‘z egaliklariga qaytayotganlarida esa oilalarini syogunat poytaxti Edoda qoldirishlari lozim edi. Garovga qо‘yish tizimi imperator о‘g‘illariga ham taalluqli bо‘lgan.
Syogun butun hokimiyat vakolatlarini markazda tо‘play borib, imperator boshqaruvi davridagi kо‘p dabdabali belgilaridan mahrum bо‘ldi, lekin baribir kо‘p sonli va keng tarmoqli hisoblangan harbiy-politsiya apparatiga tayanardi. Syogunning eng yaqin yordamchisi uning birinchi maslahatchisi-tayro bо‘lgan. Tayro zaruriyat tug‘ilganda regent vazifasini ham bajarishi mumkin edi. U, qoida bо‘yicha, favqulodda holatlarda tayinlangan. Bundan tashqari, syogun huzurida bevosita hukumat (bakufu)ni tashkil etuvchi katta maslahatchilar ham mavjud edi. Ular о‘z burchlarini uch oy maboynida galma-gal bajarganlar.
Bir necha katta maslahatchilar Tokugava syogunatining oxirgi yillarida Davlat kengashini tashkil etganlar. Bu bilan qishloq beshxonadonliklar tizimi joriy qilingan. Bunda davlat oldidagi barcha majburiyatlarni bajarish bо‘yicha hammaning bir-biriga kafilligi bilan bog‘langan beshta qо‘shni dehqon xonadonlari birlashtirilgan edi. Uezd boshliqlari, hattotlar, va qishloq oqsoqollari soliqlar yig‘ish, dehqonlar tomonidan ijtimoiy ishlarning bajarilishini nazorat qilish, sud va politsiya funksiyalarini amalga oshirish kabi ishlarni yuritganlar.
Syogunatning о‘rnatilishi bilan barcha provinsiyalarga imperator tomonidan harbiy gubernatorlar (syugo) tayinlanadigan bо‘ldi. Ular viloyatlarning boshliqlari bilan bir qatorda faoliyat kо‘rsatganlar. Ularning vazifasiga markaziy hukumat foydasiga majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish, isyonlarni bostirish, syogunning siyosiy raqiblarini ta’qib qilish, provinsiyalarni qо‘riqlash kirgan.
Ularning asosiy majburiyati pomestelardan keladigan daromadlarni nazorat qilish, feodallar tomonidan barcha soliqlarning, avvalo, harbiy soliqlarning tо‘lanishini kuzatib turish, fitnachi, buzg‘unchi, g‘alamislarni ta’qib qilish hisoblangan. Biroq, bu va boshqa tadbirlar syogun hokimiyatining zaiflashuvi davrlarida kо‘zlangan natijalar bermadi. Masalan, XV asrda sobiq protektordan bо‘lgan mahalliy knyazlar о‘z egaliklarida syogun amaldorlarining paydo bо‘lishini taqiqlab, sud va soliq immuniteti huquqini qо‘lga kiritib olganlar. Mahalliy knyazlarning о‘zboshimchaligini qattiq harbiy-politsiyachilik choralari yordami bilan sindirishga ma’lum darajada faqat Tokugavalar sulolasi davrida erishilgan edi.
Tokugavalar sulolasining davlat apparatida qidiruv organlari, maxsus politsiya inspektorlari - metske («biriktirilgan kо‘zlar») alohida о‘rin tutgan. Ular amaldorlardan tortib dehqonlargacha mamlakatning barcha aholisi ustidan yashirincha siyosiy nazoratni amalga oshirardilar. Bu apparat tepasida ometske (katta, mashhur metskelar) deb ataluvchi zodagonlar turardi. 1632 yilda ularning huquq va majburiyatlari haqidagi qonun qabul qilinadi. Beshta asosiy politsiya inspektorlari barcha knyazlar va oliy mansabdorlarni kuzatib turardilar.
Mamlakatda kо‘chib yurish qattiq ruxsatnoma tizimi bilan tartibga solingan. Bakufuning oldindan berilgan roziligisiz daymyo qal’alar qurish, uylanish huquqiga ega bо‘lmagan. Dehqonlarni va hammadan avval ulardan soliq yig‘ilishini nazorat qilish uchun Tokugavaning barcha egaliklariga 1644 yilda daykanlar tayinlana boshladi. Daykanlarga qishloqlarning oqsoqollari bо‘ysundirildi.
Shaharlarga tayinlangan shahar boshliqlari boshchilik qilardilar. Ular keng ma’muriy, politsiyachilik va sud hokimiyatini amalga oshirardilar. Shahar boshliqlari bilan birga yirik savdogarlarning kengashlari ham mavjud edi. Lekin, Yaponiyada shaharlarning о‘zini о‘zi boshqarish tizimi deyarli rivojlanmadi.
Yaponiyada hududiy bо‘linish joriy qilingunga qadar armiya urug‘larning drujinasidan iborat edi. Yaponiyada chek yer tizimi bilan birga majburiy harbiy xizmat joriy qilindi.
«Tayxo Yoro ryo» (Tayxo Yoro ryo» - 717-723 yillarni о‘z ichiga olgan Yoro davrining umumiy qonunlar tо‘plami) boshqa vazirliklar orasidan harbiy vazirlikni ham ajratib kо‘rsatdi. Harbiy ministrlik zobitlar tarkibi yozilgan rо‘yxatlarni, ularni attestatsiyadan о‘tkazish, tanlash, tayinlash va hokazolarni yuritgan. Unga bir necha shtab va boshqarmalar: qurol-yarog‘ ombori, harbiy-musiqa, kemasozlik, lochin ovi kabi boshqarmalar bо‘ysungan.
Armiya qismlari hududiy bо‘lgan, lekin provinsiya va uezdlarda tashkil etilgan va ushlab turilgan. Bir xonadondan bitta yangi askar olingan. Darajali va martabali shaxslarning о‘g‘il va nevaralari imtiyozlardan foydalangan, armiyada xizmat qilishdan ozod etilgan. Hududiy dehqon lashkarlarining jangchilari о‘ziga xos zaxirani tashkil etgan, ular kundalik dehqonchilik ishlaridan ajratilmagan. Chegara qо‘shinlarida, gvardiya va soqchilik qismlarida muddatli xizmat uch yilgacha bо‘lgan.
Armiya о‘nlik tizimi asosida tuzilgan. Ellikboshi, yuzboshi, ikki yuzboshilar nasabi aslzoda bо‘lmaganlardan bо‘lishi mumkin edi, lekin jasur jangchilar bо‘lardi. Mingboshilardan boshlab yuqori lavozimga tayinlanish uchun tegishli daraja (martaba) talab qilinardi. 20 dan ortiq armiya qismi faqat imperatorning buyrug‘i bilan harbiy yurishga chiqishi mumkin edi.
Jangovar buyruqni bajarmaslik yoki jang paytida qurolning yо‘qligi uchun qо‘mondonning buyrug‘i bо‘yicha о‘lim jazosi berilishi mumkin edi. Chegara qо‘shinlarida xizmat qilish xonadonning chaqiruv yoshiga etgan boshqa a’zolarini safarbarlikdan ozod qilgan. Agar yangi chaqiriluvchining otasi yoki xonadon kattasi kasal bо‘lsa, muddatli saroy va chegara xizmatlaridan ozod qilingan. Chegarachilar xizmatga о‘zlari bilan qullarini, xotinlarini olib ketardilar.
Xususiy feodal mulkchilikning о‘sishi, о‘zaro urushlar, dehqonlarning qо‘zg‘olonlari natijasida alohida harbiy-feodal tabaqa - samuraylar - professional jangchilar, yirik feodallarning vassallari shakllangan. Yapon samuraylarining maxsus dunyoqarashi, maxsus «iftixor kodeksi» dehqonlar mehnatiga nafratlanish, konfusiylikning bо‘ysunish va buyruqqa sо‘zsiz itoat etish prinsiplari asosida shakllangan edi.
XVI asrda portugal va ispan missionerlarining (missionerlik.lot. missio- topshiriq, vazifa; biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish) Yaponiyadan qul qilib sotish uchun odamlarni olib ketishlari yaponlarning g‘azabini keltirgan edi. Biroq Tokugavalar yevropaliklarning о‘qotar qurollar yetkazib berilishidan manfaatdor edi. Syogun 1600 yili Yaponiyaga kelgan Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasiga qulay shartlar bilan savdo qilish huquqini berdi.
Ammo tez orada syogunat tashqi savdodan keladigan daromadning katta qismini egallab olayotgan gollandlarning savdo siyosatidan va Tokugavalarning eng ashaddiy dushmanlari mamlakatning janubidagi xristianlikni qabul qilgan knyazlarga kо‘rsatayotgan yordamidan norozi bо‘la boshladi. Shundan sо‘ng Tokugava 1614 yilda xristianlikni tо‘liq ta’qiqlovchi farmonga imzo chekdi.
Tokugavalar sulolasining uchinchi syoguni Iemitsu (1623-1651 yillar) esa 1637 yilda Kyusyu orolidagi Samaberi okrugida dehqonlarning juda katta qо‘zg‘olonini shafqatsiz ravishda bostirib, 1639 yilda Yaponiya davlatida tarkib topgan feodal tuzumni yuridik jihatdan rasmiylashtirib bergan qonunlar tо‘plamini nashr qildi. Bu qonunlar tо‘plamida mehnatkashlar uchun juda og‘ir turmush sharoitlari kо‘zda tutilgani holda politsiyachilik-krepostnoylik rejimi yaqqol ifodalangan edi.
1639 yilgi kodeksga kо‘ra ijtimoiy munosabatlar: harbiylar, dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlardan iborat tо‘rtta tabaqa munosabatlari ifodalangan edi. Shu aholi guruhlarining munosabatlari qattiq tartib va qoidalar bilan belgilangan edi. Oqsuyaklar va samuraylarga mansub turli guruhlarning huquq va imtiyozlari qonunda ikir-chikirlarigacha mufassal kо‘rsatib berilgan edi. Davlat sanoat va savdo-sotiq ishlarini о‘chakishib nazorat qilar va unga bachkanalik bilan vasiylik qilardi.
Savdogarlarning gildiyalari va ayniqsa hunarmandlarning sexlari butunlay hukumatga bog‘liq edi, hukumat savdo-sotiqdan va sanoatdan katta daromadlar olish uchun ham ulardan keng foydalanardi. Dehqonlarga nisbatan belgalangan tartib-qoidalar ayniqsa qattiq edi. Ularning turmushdagi har bir qadamini hukumat qattiq kuzatib turardi. Dehqonlarga guruch yeyish man etilgan edi, chunki ular uchun bu «ortiqcha ne’mat» deb qaralar edi. Ularga shoyi va ipak kiyim kiyish ham man qilingan, faqat arzon baholi ip-gazlamadan kiyim kiyish mumkin deb kо‘rsatilgan edi. Hatto tо‘y, azalar va hokazolarga sarf bо‘ladigan xarajatlar ham ma’lum miqdordan oshmasligi shart edi.
Samabara qо‘zg‘oloni bostirilgandan sо‘ng syogunat chet elliklar uchun Yaponiyani “yopib qо‘yish” va mamlakatni har qanday tashqi ta’sirdan muhofaza qilish haqida qaror qabul qildi. 1634 yilda ispanlar quvib chiqarildi. 1638 yilda syogun barcha portugallarni Yaponiya sarhadlaridan quvib yuborish haqidagi farmonga imzo chekdi.
Yaponiya qirg‘oqlariga kelgan har qanday chet el kemasi darhol yо‘q qilinishi, uning ekipaji esa о‘lim jazosiga hukm qilinishi shart edi. Faqat gollandlargina bundan mustasno edilar. Ularga Desima orolchasida manzil qoldirilgan bо‘lib, ularning bu yerdagi savdolari hukumat xizmatchilarining qat’iy nazoratlari ostida amalga oshirilardi. Xitoy savdogarlari ham ana shunday imtiyoz oldilar.
Yaponiya fuqarolariga esa, 1636 yildayoq о‘lim jazosi xavfi ostida, о‘z vatanlarini tark etish va uzoq sayohatlarga mо‘ljallangan katta kemalar qurish ta’qiqlangandi. Ana shunday choralar natijasida mamlakat chet elliklar uchun yopildi.
Tokugavalar barcha aslzodalarni bir necha guruhlarga bо‘lganlar. Kioto zodagonlarini, ya’ni imperator oilasini va ularning eng yaqin qarindoshlarini alohida guruh- kuge ga kiritganlar. Kugelar feodal aslzodalar orasida eng yuqori martaba egalari edilar. Saroy ahli va aslzodalar-kuge amalda yapon jamiyatidan ajratib qо‘yilgandi.
Boshqa barcha feodal tabaqalar “buke (uy harbiylari) deyilgan, mulkdor knyazlar (daymio), о‘z navbatida uch toifaga bо‘linardi: birinchisi- syogun xonadoniga tegishli bо‘lib, sinxan deb atalgan; ikkinchisi- fuday qadimdan Tokugavalar xonadoni bilan bog‘liq bо‘lgan, harbiy va iqtisodiy tomondan ularga mute bо‘lgan knyazlar xonadoni vakillaridan iborat edi; uchinchisi- todzama Tokugavalar xonadoniga bog‘liq bо‘lmagan va о‘zlarini ular bilan teng deb hisoblagan mulkdor knyazlar. Todzamalar о‘z yer-mulklarida cheklanmagan huquqga ega edilar.
Harbiy tabaqa bо‘lgan, qurol olib yurishga ruxsati bо‘lgan samuraylik ham rasman bukega tegishli edi. Tokugavalar zamonidagi samuraylikda e’tiborli qatlam xatamoto ajralib turardi. Samuray-xatamotolar syogunning eng yaqin vassallari bо‘lib, Tokugavalar mulklarida dehqonlar va boshqa qatlam ustidan nazorat qilardi, soliq yig‘ishgan.
Ulardan keyin syogunning qо‘l ostida bо‘lmagan , hududiy knyazlarning vassallari bо‘lgan samuraylarning asosiy ommasi turardi. Ular yerga ega emasdilar, qilgan ishlari uchun maoshni guruch bilan olardilar. Oddiy samuraylarning ahvoli Tokugavalar tuzumi davrida yomonlashdi. Ularning uy-joylari yо‘q edi. Bu narsa norozilikni keltirib chiqarardi. Norozilik chiqishlarini oldini olish va isyonni bostirish uchun syogunat turli xil ijtimoiy kuchlar: dehqonlar va shaharlik kambag‘allar; todzamo-daymio knyazlari; norozi samuraylar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi, favqulodda keng tarmoqli va kuchli politsiya apparatini yaratdi. Biroq bu choralar mamlakat feodal xо‘jaligini inqirozdan asrab qololmadi.


Mavzu: XVI-XVII asrning birinchi yarmida Usmoniylar imperiyasi
Reja:
1. Usmoniylarning Misr mamluklari bilan olib borgan urushlari.
2. Sulaymon I ning ichki va tashqi siyosati.
3. XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning birinchi yarmida Bolqon xalqlarining turklar zulmiga qarshi olib borgan kurashlari.
4.Lepanto yonida turklarning mag‘lubiyatga uchrashi.
5. Rossiya-Turkiya munosabatlari.


Tayanch iboralar

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin