Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə64/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Vendlar davlati – XI asr–XII asr boshlarida o’z nomini vendlardan olgan shimoliy polab va pomor silavyanlarning ilk feodal davlat birlashmasi.
Vergeld – germanlarning ”Varvarlar haqiqati”ga ko’ra o’ldirilganning joni uchun pul bilan xun to’lash.
Verden shartnomasi (843y) – Buyuk Karl nabiralari Lotar, Lyudovik Nemis va Karl Yaltiroqbosh tomonidan 843-yilda Verdenda Buyuk Karl imperiyasini taqsimlash haqida tuzilgan bitim .
Virgata – o’rta asrlarda Angliyadagi qaram dehqonning yeri. Virgata erkin jamoachi dastlabki chek yerining – gaydanning to’rtdan bir qismini tashkil qilardi. Vigrataning o’rtacha hajmi – 30 akr.
Vitenagemot, uitenegamot(vitanlar, yani ”dono”lar yig’ini) – Anglo-Saksoniya qirolliklarida va Birlashgan Angliyada normanlar zabt etguncha yirik ruhoniylar va feodallardan tuzilgan kengash. Vitenagemot yirik feodal yer egalari siyosiy hukmronligining bevosita organi edi.
Gabsburglar – Muqadas Rim imperiyasi deb ataluvchi imperiyada 1806-yilgacha hukmronlik qilgan german millatiga mansub sulola. Bu sulolaga mansub dastlabki imperator Rudolf (1273-1291)Avstrya va Shtiriya gertsogliklarini Gabsburglar qo’liga o’tkazadi va bu gertsogliklarga XIV –asrda Karintiya, Krayna, Tirol shaharlari qo’shilishi bilan bu yerlar Gabsburglar mulkining asosiy negizi bo’lib qoldi.
Gayda – Angliyada ilk o’rta asr davrida bir oilaga tegishli jamoa yeri. Yerning o’rtacha hajmi 120 akr haydaladigan yerni tashkil qilardi (1 akr=0,4 gektarga teng). Haydaladigan yer bilan bir qatorda Gaydaga yaylov yerlari ham kirardi.
Ganza – XIV –XVI asrlarda (rasman 1669-yilgacha) Lyubek boshchiligida bo’lgan shimoliy nemis shaharlarining savdo ittifoqi.
Geylbronn dasturi – Frankoniyada 1524-1525yillardagi dehqonlar urushi davrida 1525-yil may oyining boshlarida tuzilgan hamda Geylbronn shahrida chaqirilishi kerak bo’lgan dehqon otryadlari vakillarning sezdida muhokama qilishga mo’ljallangan Germaniyani siyosiy jihatdan qayta qurish loyihasining shartli nomi. Geylbronn dasturi frankon shaharlari, byurgerlari orasida tuzildi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin