Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə66/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Diniy urushlar – Fransiyada Gugenotlar urushi, yani XVI asrning ikkinchi yarmida katoliklar va kalvinistlar (gugenotlar)ning o’zaro olib borgan urushi. Bu diniy niqob qilib olgan turli ijtimoiy kuchlarning o’zaro murakkab kurashi edi.
Dahshatli sud kitobi” – Vilgelm I Istilochi tashabbusi bilan 1086-yilda Angliyada o’tkazilgan umumiy yer royxati materiallari to’plami.
Domen – feodalaning o’z ixtiyoridagi yer mulki; bevosita feodal hokimga boysunuvchi hudud.
Doj – Venetsiya va Genuyada respublikaning umrbod saylanadigan boshlig’i.
Yengilmas armada” – Ispaniya tomonidan Angliyani bosib olish uchun 1588-yilda tuzilgan yirik harbiy flot (130 yirik va 30 kichik kemalar va 2,5 mingdan iborat qirol aslahalardan iborat). 1588-yil 30mayda Yengilmas armada (noshud flot boshlig’i gersog Medina Sidoniya boshchiligida) Angliyada 19 ming soldatdan iborat desant tashlamoq uchun Lissabondan yo’lga chiqdi. 1588-yil iyul-avgust oylarida beso’naqay ispan kemalari Angliya floti (admiral Xouard boshchiligida)bilan bo’lgan to’qnashuvda kuchli zarbaga uchradi. Ispaniya kemalari orqaga qaytayotganida ularning ko’pchiligi dengiz shtormidan halok bo’ldilar. Ispanlar bu yurishda 75 kema, 10ming kishi yo’qotdi. Yengilmas armada halokati ispanlar qudratini bo’shashtirib yubordi.
Yepiskop – xristian cherkovlarida yuqori lavozimli ruhoniy (mutavvali).
Janubiy slavyanlar – bolgarlar, serblar xorvatlar, bosniyaliklar, slovenlar, chernogorlar, va boshqa qabilalar.
Jakeriya – 1358-yilda Fransiyada dehqonlarning feodallarga qarshi qo’zg’oloni. U o’z nomini ”Jak-bonom” (”Omi Jak”) laqabidan olgan. Fransuz feodallari dehqonlarni ana shunday deb atardilar. O’sha davrdagi boshqa dehqon harakatlari singari Jakeriyaning asosiy sabablari pul xo’jaligining rivojlanishi va shu tufayli mehnatkashlar ommasini ekspluatatsiya qilishning kuchayishi bo’lgan edi.
Jupan – dastavval qabila boshlig’i, keyinchalik janubiy va g’arbiy slavyanlarda okrugning feodal hukmroni. Bu unvon boshqa ba’zi xalqlarga (masalan vengerlarga) ham o’tdi, janubiy slavyanlarda esa turli lavozimdagi shaxslarni (viloyat boshlig’i, shahar boshlig’ini) bildiruvchi so’z sifatida so’ngi vaqtlargacha saqlanib keldi.
Iezuitlar – iesus jamiyati – kurashchan katolik diniy ordeni; kontrreformatsiyaning bosh quroli sifatida ispan (sobiq harbiy ) Ignatiy Loyolo tomonidan 1534-yilda asos solingan.
Investitura – 1)vassalni tantanali ravishda yer-mulkka feodal etib tayinlash,; 2) cherkov mansablariga yepiskoplar va abbatlar tayin etish, binda ular cherkovga qarashli yerlarni u yerlarda yashab turgan aholisi bilan birgalikda boshqarish va o’zlari sud qilish huquqiga ham ega bo’lganlar.XI asr oxiriga qadar cherkov investiturasi imperator hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan. Keyinchalik papalar yepiskoplar va abbatlarni tayin etishni o’z hokimiyati ostiga olish uchun harakat qildilar. Investitura uchun kurash ana shunday boshlangan edi.
Indulgentsiya – O’rta asrlarda katolik cherkovi ish amaliyotida qo’llanilgan pul barobariga yoki cherkov oldida ko’rsatilgan xizmatlarai uchun ayb va gunohlarini kechirish va cherkov jazosidan ozod etilganligi haqida beriladigan yorliq; Indulgentsiya berish bilan uni sharm-hayosizlarcha ravishda sotish xalq ommasining g’azabini keltirdi va bu hol islohot o’tkazishga qaratilgan harakatning kelib chiqishiga asosiy sabablaridan biri bo’ldi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin