Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə71/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Plantagenetlar – Anjuy sulolasi – Angliya qirollari sulolasi (1154-1399). Asoschisi Genrix II. Angliyadan tashqari Fransiyaning juda katta yerlari Plantagenetlar qo’l ostida bo’lgan.
Polab slavyanlari – qadim zamonlardan beri El’ba daryosidan (slavyancha – Laba) to sharqdagi Odr (Oder) daryosigacha, janubda kon tog’laridan shimoldagi Boltiq dengizigacha bo’lgan yerlarda yashab kelgan g’arbiy slavyanlar qabilalarining guruhi. Ular 3 guruh ittifoqiga bo’linganlar: Luns Serblari, lyutichlar(veletlar), bodrichilar (obodritlar). Polab slavyanlarining asosiy tirikchiligi dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik edi. Polab slavyanlari german feodallari agressorlariga qarshi olib borilgan to’xtovsiz kurashlar ta’sirida chuniqdi. X asrda nemis qirollari Genrix I va Otton II Polab slavyanlaridan bosib olingan yerlarda harbiy viloyatlar, markazlar tashkil etishdi. Ammo 986-yilda polab slavyanlari nemislar zulmiga qarshi ommaviy isyon ko’tardilar. Isyonni urushqoq lyutichlar boshlab berdi. Polab slavyanlari qariyb yuz ellik yildan beri nemis feodallari qaramligidan chiqish uchun kurash olib bordilar. Agressiyaga qarshi kurash davomida Polab slavyanlarining birinchi ilk feodal davlat birlashmalari mustahkamlandi, kuch yig’di. Ulardan eng kuchlisi Vend davlati edi. XII asrda Polab slavyanlarining Niklot boshchiligida german armiyasiga qarshi kurashning oxirgi bosqichi boshlandi. Uning tashkilotchilari Genrix Lev va Alberxt Medved edi. Polab slavyanlarining turli qabila knyazlariga bo’linib ketganligidan foydalangan german feodallari Polab slavyanlarining oxirgi erkin yerlarini bosib oldi va u yerlarda keyinchalik Brandenburg markgrafligiga (lyutichlar yerida) va Maklenburg knyazligiga (bordichlar yerida) asos soldilar.
Pomoryanlar – polab slavyanlariga yaqin bo’lgan g’arbiy-slavyan qabilalari guruhlaridan biri: Boltiq boyi Pomoryanlari Orda (oder) dan to Visla daryosigacha bo’lgan yerlarda joylashgan. Ular V-VI asrlarda qabila urug’chilik tuzumini yemirilish davrida edilar. Pomoryanlar polab slavyanlari kabi harbiy demokratik tuzumdan ilk feodal davrining boshigacha (VI-X asrlar) mustaqil taraqqiyot yo’lini bosib otdilar. X asrni oxirida Pomoryanlar yashagan ilk feodal Polsha davlati tarkibiga kirar edi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin