Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Jazoirda tashkil topgan Rustamiylar davlati 776-909 yillarda mavjud bо‘lib



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə12/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Jazoirda tashkil topgan Rustamiylar davlati 776-909 yillarda mavjud bо‘lib, poytaxti-Tohart shahri bо‘lgan. Sulola asoschisi kelib chiqishi fors bо‘lgan Abdurrahmon ibn Rustam. U 758 yili Qayruvonga voliy (voliy.arab.hokim, noib) bо‘lib oladi. Abbosiylar voliysi Qayruvonga kelishi bilan, Tohartga qochadi. Mahalliy aholi uni 776 yili imom qilib kо‘taradilar. Rustamiylar davlati Abdulvahhob (784-823) davrida Jazoirning markaziy hudujlarini egallaydi. 909 yilda Rustamiylar davlati tugatilgan. Bu davlatni quyidagi hukmdorlar boshqarganlar: Abdurrahmon ibn Rustam (776-784), Abdulvahhob ibn Abdurrahmon (784-823), Aflah ibn Abdulvahhob (823-872), Abu Bakr ibn Aflah (872), Abul Yaqzon Muhammad ibn Aflah (872-894), Abu Hotim Yusuf ibn Muhammad (894-897), Ya’qub ibn Aflah (897-901), Abu Hotim Yusuf ibn Muhammad (901-906), Ya’qub ibn Aflah (906-909) lar boshqarganlar.
Marokashda hukmronlik qilgan Idrisiylar davlati 788-974 yillarda mavjud bо‘lgan. Hududi-1,5 mln.km.kv. davlat tili-arab tili. Davlat tuzumi-monarxiya bо‘lgan. Bu sulola shialar sulolasi bо‘lib, sulolaga 789 yilda Hasan ibn Alining chevarasi Idris I asos solgan. Idrisiylar davrida Fes shahri bunyod etilgan. Idrisiylar barbarlar bilan muttasil urush olib borganlar. Ular 974 yilgacha boshqardilar. Bu sulolani shu davr mobaynida 13 ta hukmdor boshqargan.
Afrikada 800-909 yillar mobaynida Ag‘labiylar sulolasi hukmronlik qilishgan. Bu sulolaning asoschisi Ibrohim I ibn Ag‘lab hisoblanadi. Sulola hukmdorlari amir unvoniga ega bо‘lib, abbosiylarga nomigagina bо‘ysunishgan, amalda poytaxti Qayruvon bо‘lgan mustaqil amirlik edi. Ag‘labiylar 827 yildan boshlab Sitsiliyani, keyinroq Kalabriyani zabt etishgan. Sulola fotimiylar boshliq shialar fitnasi tufayli tugatilgan. Bu sulolani 11 ta hukmdor boshqargan.
Misrda Ixshidiylar sulolasi 935-969 yilda hukmronlik qilgan, ular “ixshid” (unvon) iga ega bо‘lgan. Ixshidiylarning ajdodlari Sо‘g‘d va Farg‘ona viloyatlari orasidagi mintaqada yashagan. Abbosiylar sulolasi asoschisi Muhammad Ixshid ibn Tug‘jni 930 yili Shomga voliy etib tayinlashadi. 933 yili esa Misrga voliy bо‘ladi. 935 yildan Muhammad Ixshid ibn Tug‘j Misr va Shomni mustaqil boshqara boshlaydi. Sulola asoschisi Muhammad Ixshid ibn Tug‘jning otasi tuluniylar qо‘shinida xizmat qilgan. 945 yili ixshidiylar hamadoniylar bilan sulh tuzishadi. Unga kо‘ra, Ximsdan Halabgacha bо‘lgan hududlar hamadoniylarga о‘tadi. 968 yili Suriyani qarmatlar istilo qildi. 969 yili esa Misrga Javhar Rumiy boshliq fotimiylar qо‘shini bostirib kirdi va Fustotni olib Ixshidiylar davlatini qulatdi. Bu sulolani quyidagi hukmdorlar boshqarganlar: Muhammad Ixshid ibn Tug‘j (935-946), Abulqosim Ungur ibn ixshid (946-960), Abulhasan Ali ibn Ixshid (960-966), Abulmisk Kofur (966-968), Abulfavoris Ahmad ibn Ali (968-969) boshqarganlar.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin