Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Mavzu: Vizantiya, ruslar va ularga turklarning ta’siri (XI asrning birinchi yarmi-XV asrlarda)



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə21/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Mavzu: Vizantiya, ruslar va ularga turklarning ta’siri (XI asrning birinchi yarmi-XV asrlarda)
Reja:



  1. XI asr oxiri XII asrda Vizantiya imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.

  2. Komninlar sulolasi davrida imperiyaning ichki va tashqi siyosati.

  3. Tо‘rtinchi salib yurishi va Latin imperiyasining tashkil topishi.

  4. Vizantiya imperiyasining tiklanishi.

  5. XIII-XIV asrlarda imperiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi.

  6. Konstantinopolni istilo qilishning iqtisodiy va siyosiy oqibatlari.



Tayanch iboralar
Makedoniyaliklar sulolasi; patriarx; regent; immunitet; votchina; parik; proniya; Komninlar sulolasi; saljuqiy turklar; salibchilar; normannlar; koloniya; Latin imperiyasi; gospitalerlar ordeni; zilotlar; Regress; Duklar xonadoni; Angellar xonadoni; Kantakuzenlar xonadoni; Paleologlar; Florensiya uniyasi.

Rim imperiyasi 395 yilda ikkiga bо‘lindi: G‘arbiy Rim imperiyasi (395-476) va Sharqiy Rim imperiyasi. 476 yili G‘arbiy Rim imperatori Romul Avgustin taxtdar ag‘darildi va imperiya hukmronligi tugadi. Sharqiy Rim imperiyasi esa shundan sо‘ng Vizantiya deb nomlana boshladi va tanaffus bilan (1204-1261 yillarda Konstantinopolni salibchilar istilo qilgan) Konstantinopolni turklar tomonidan zabt etilgunga qadar mavjud bо‘lgan. Vizantiyani 395-1204 yillar mobaynida Feodosiylar sulolasi (395-457 yillarda), Leolar sulolasi (457-518 yillarda), Yustinianlar sulolasi (518-610 yillarda), Irakliylar sulolasi (610-717 yillarda), Isavrlar sulolasi (717-802 yillarda), Nikiforlar sulolasi (802-820 yillarda), Amoriylar sulolasi (820-867 yillarda), Makedoniyaliklar sulolasi (867-1059 yillarda), Dukalar sulolasi (1059-1081 yillarda), Komninlar sulolasi (1081-1185 yillarda) va Angellar sulolasi (1185-1204 yillarda) boshqarganlar. 1261 yildan keyin Vizantiyani Paleolog va Kantakuzenlar sulolalari 1453 yilgacha ya’ni Konstantinopol istilo qilungunga qadar idora qilganlar.


Vizantiya davlati Makedoniyaliklar sulolasi tomonidan idora qilingan davr (867-1056 yillar) da о‘z rivojlanishining yuqori chо‘qqisiga erishdi va mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha tomonlarini nazorat qilishga harakat qildi. Imperiyaning qattiq markazlashtirilganligi Vizantiyani о‘sha vaqtdagi Yevropa feodal davlatlaridan keskin ajratib turardi.
Makedoniyaliklar dinastiyasi idora qilgan vaqtga kelib Konstantinopol juda katta savdo markaziga aylandi va Yev­ropa bilan Osiyo о‘rtasidagi savdoda asosiy vositachilik rolini о‘ynadi. Arab, rus-slavyan, italyanlarning savdo-sotiqlari Konstantinopolga kelib tо‘planib, uning juda katta shuhrat qozonishiga sabab bо‘ldi. Vizantiya imperatori tashqi savdodan shunday katta daromad oldiki, IX va X asrlarda G‘arbiy Yevropadagi qirol va imperatorlardan birortasi ham bunday daromad olmas edi.
Makedoniyaliklar dinastiyasi vaqtida imperiyaning hududi yana kengaydi. Sharqda arablardan Krit, Kipr orollari, Antioxiya shahri bilan birga Suriyaning katta bir qismi tortib olindi; g‘arbda, ya’ni Italiyada Apuliya bilan Sitsiliyani birmuncha vaqtga qaytarib oldi. Shu bilan bir vaqtda Vizantiya slavyan davlatlariga qarshi qattiq kurash olib bordi. X—XI asrlarda Vizantiya bilan Bolgariya о‘rtasidagi dushmanlik munosabatlari juda ham keskinlashib ketdi. XI asrning boshlarida Vizantiya Bolgariya podsholigini butunlay bosib oldi. Imperiyaning Bolqon yarim orolidagi chegaralari yana shimolda Dunaygacha, shimoli-g‘arbda Adriatika dengizi qirg‘og‘igacha yetgan. Serb qabilalari ham bir oz vaqtgacha Vizantiyaga tobe bо‘lib qoldi.
Makedoniyaliklar dinastiyasi vaqtida Vizantiya bilan Rus о‘rtasidagi munosabatlar totuvlashdi. Qizg‘in savdo munosabatlari («varyaglardan greklarga boradigan buyuk suv yо‘li»), mustahkamlangan madaniy aloqa (ruslarning 988 yil atrofida greklardan xristianlikni qabul qilishi, shu munosabat bilan Vizantiya ilm-ma’rifatining Rusga kirib kelishi), umumiy dushmanlarga-pecheneglar (pecheneglar-VIII-IX asrlarda Volga daryosining quyi oqimi bilan Yoyiq daryosi oralig‘ida kо‘chib yurgan chorvador xalqlar), hozirgi Volganing etaklarida joylashgan xazarlarning Xazar hoqonligiga va polovetslar (polovetslar, ya’ni qipchoqlar-XI asrdan boshlab ular Volgabо‘yi dashtlariga, Qora dengiz va Azov dengizi yaqinidagi chо‘llarda hamda Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Don, Dnepr, Dunay daryolari bо‘ylaridagi dashtlarda yashagan qabilalar) ga qarshi birgalikda kurash olib borilishi natijasida Vizantiya bilan Rus о‘rtasida X asrning ikkinchi yarmida dо‘stona munosabatlar о‘rnatildi. Bu dо‘stlik munosabatlari kamdan-kam hollardagina 1043 yilda dushmanlik harakatlari tufayli uzilib gurdi. Konstantinopol patriarxi (cherkovdagi oliy unvon. Rim, Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus yepiskopliklarida shu unvon bо‘lgan) Rus cherkovi boshlig‘ini Kiyev mitropoliti (Rimning bosh shaharlari ma’muriy markazlarida joylashgan xristian cherkovining yepiskoplariga beriladigan unvon) ni tayinlash huquqini da’vo qildi. Biroq Rusning cherkov yо‘li bilan Vizantiyaga bо‘lgan qaramligini Yaroslav I rus popi (kohini,din peshvosi) Illarionni 1051 yilda Kiyev metropoliti qilib tayinlash bilan ancha bо‘shashtirdi.
Rus cherkovi Konstantinopol cherkovining hukmronligidan 1448 yilda uzil-kesil qutilib oldi.
Makedoniyaliklar dinastiyasi vaqtida Vizantiyaning feodallashuv jarayoni avj olib bordi. Erkin dehqonlarning soni kamayib bordi, mamlakat mudofaa qobiliyatining pasayishidan, shuningdek, aholidan tushadigan soliq mablag‘larining kamayishidan qо‘rqib, imperatorlarning о‘zlari ham tashvishga tusha boshladilar. Dinatlar (dinatlar. yunon. qudratli-Vizantiyada oliy martabali zodagon, ruhoniy shaxslar) tomonidan dehqon yerlarining bosib olinishiga qarshi X asrning birinchi yarmida imperatorlar bir necha marta farmonlar (922, 934 va 947 yillarda) chiqardi. Imperator Vasiliy II bir nechta yangi farmon chiqardi. Uning farmonlaridan birida (996) katta yer egalaridan jamoachilardan ilgari tortib olingan hamma yerlarni dehqonlarga qaytarib berish talab qilindi. Biroq, bu farmon hamda shu kabi boshqa farmonlar yaxshi bajarilmadi. Feodal zodagonlar shu qadar kuchayib ketgan edi-ki, makedoniyaliklar dinastiyasinipg о‘rnini olgan va Kichik Osiyodagi zodagon yirik yer egalaridan chiqqan Komninlar dinastiyasi erkin dehqonlarning qolgan-qutganlarini ham feodallarga tobe bо‘lib qolishiga har tomonlama kо‘maklashdi. Komninlar ayrim-ayrim qishloqlarnigina emas, balki butun-butun okruglarni katta yer egalarining proniya (proniY.yunon.pronoia- g‘amxо‘rlik qilish-Vizantiyada XI-XV asrlarda zodagonlar va monastirga umrbod ma’lum hududdan davlat soliqlarini yig‘ib olish huquqi bо‘lib, 1453 yili Konstantinopol usmoniy turklar tomonidan egallangach, Vizantiya imperiyasi bilan birga proniya tartibi ham quladi) siga berdi. Bu esa о‘zlariga tobe aholini bevosita krepostnoyga aylantirish yо‘lidagi tadbir edi.
Taxtga Aleksey I Komnin kelgan paytda Vizantiya imperiyasi og‘ir ahvolda edi. Saljuqiy turklar (saljuq turklari XI-XIV asr boshida Yaqin va О‘rta Sharqdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan qabila bо‘lib, sulola nomi turk-о‘g‘uz qabilasi boshlig‘i Saljuq nomidan olingan) imperiyadan Kichik Osiyoni tortib olganlar. Normannlar (normannlar-Skandinaviya xalqlarining VIII asr oxiri va XI asr о‘rtalaridagi yurishlari davrida G‘arbiy Yevropadagi nomi) 1081 yili Adriatika dengizi sohiliga qо‘shin tushirib, muhim strategik manzil Dirraxiyni olib, Epir, Makedoniya, Fessalonikani talaydilar. Imperiya qо‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. Imperator Aleksey I Komnin Venetsiya savdogarlariga berilgan katta imtiyozlar evaziga olgan yordami bilan 1085 yili normannlarni Bolqondan surib chiqaradi.
Ayni paytda, yanada xavfliroq dushman bijanaklar paydo bо‘lib, ular Vizantiya hududlarida joylasha boshladilar. Aleksey I ning ularga qarshi yurishi muvaffaqiyatsiz chiqadi. Bijanaklarga qipchoqlar (qipchoqlar-turkiy xalqlarning eng yirik qabilalaridan biri bо‘lib, Sharq manbalarida-qipchoqlar, rus solnomalarida “polovetslar”, Yevropa va Vizantiya solnomalarida “kumonlar” deb atalgan. XI asrdan boshlab ular Volgabо‘yi dashtlariga, Qora dengiz va Azov dengizi yaqinidagi chо‘llarda hamda Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Don, Dnepr, Dunay daryolari bо‘ylaridagi dashtlarda yashagan qabilalar) kо‘maklashadilar. Ushbu paytda saljuqiylar bijanaklar bilan Konstantinopolga birgalikda hujum qilishga kelishib oladilar. Chorasiz qolgan imperator G‘arbdan yordam sо‘raydi. Aleksey I qipchoqlar va bijanaklar orasiga rahna solishga erishadi. Vizantiya qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, 1091 yilning bahorida Frakiyada bijanaklar о‘rda (о‘rda. turkiy va mо‘g‘ul xalqlarida hukmdor, xon qarorgohi, qal’a) sini tor-mor qiladi.
Aleksey I ning diplomatik mahorati 1- salib yurishi (salib.arab.xoch-1096-1270 yillarda yevropaliklarning Yaqin Sharq mamlakatlariga uyushtirgan bosqinchilik yurishi bо‘lib, kiyimlariga xoch tasvirini tushirib olganlari uchun bu yurishlar salib yurishlari deb atalgan) ishtirokchilari bilan kelishib, avval Nikeyani, sо‘ng salibchilarning saljuqiylar ustidan g‘alabalari tufayli, Kichik Osiyoning shimoli-g‘arbiy va Qora dengizning janubiy sohilini qaytarib olish imkonini beradi.
Bijanaklar lashkari 1122 yili yana Frakiya va Makedoniyaga bostirib kirganida Ioann II Komnin (1118-1143y) qо‘shini kо‘chmanchilarni mag‘lub etadi. Bu mag‘lubiyatdan sо‘ng bijanaklar imperiyaga boshqa tahdid qilmaydilar. Ammo kо‘p о‘tmay Vizantiyaning venetsiyaliklar bilan munosabatlari buziladi. Ioann II Konstantinopol va boshqa shaharlarda о‘rnashib olgan venetsiyalik savdogarlarni Vizantiya uchun zarar keltirayotgan imtiyozlardan mahrum qilishga urinadi. Bunga javoban Venetsiya floti orollar va sohildan Vizantiya hududlarini talab, imperator imtiyozlarini qaytarishga majbur qiladi. Imperiyaning sharqdagi dushmanlari ham xavfli edi. Saljuqiy turklar bilan urushlarda Ioann II Kichik Osiyoning janubiy sohilini qaytarishga erishsa, Suriya va Falastin uchun salibchilar bilan nizo mamlakatni zaiflashtirdi. Vizantiya faqat Suriyaning shimolida о‘z maqveini saqlab qoldi.
XII asr о‘rtalaridan Vizantiya tashqi siyosati asosan Yevropaga qaratildi. Imperiya Sitsiliya normannlarining Adriatika sohili, Korfu, Korinf, Fiva, Egey dengizidagi yangi hujumlarini qaytardi. Manuil I (1143-1180y) ning normannlar bilan urushni Italiyaga kо‘chirishga harakati qо‘shinining tor-mor etilishi bilan tugaydi. Manuil I Serbiyada о‘z hokimyatini о‘rnatishga, Dalmatsiyani qaytarishga, Vengriya qirolligini vassal qaramlikni tan olishga erishadi. Ammo bu g‘alabalar katta kuch sarflashni talab qilardi. Kichik Osiyoda Saljuqiy turklar tomonidan XI asrning 70-yillarida tashkil etilgan Ioniya (Rum) sultonligi Vizantiya chegaralariga doimiy tazyiq о‘tkazib kelardi. Saljuqiylar tomonidan 1176 yili Miriokefal jangida Manuil I qо‘shinini butkul mag‘lub etilishi, imperiyaning barcha chegara hududlarida mudofaaga о‘tishga majbur etadi.
XII asr oxirida imperiyaning ichki ahvoli murakkablashdi. Manuil I ning vafotidan sо‘ng hokimiyatni yosh Aleksey II nomidan onasi Mariya regent sifatida qо‘lga oladi, saroy ayonlari esa xazinani talay boshlaydilar. Mariya о‘z xalqiga qarshi italiyaliklarning madadiga tayanib, italiyaliklarga homiylik qila boshlaydi. 1182 yili qо‘zg‘olon kо‘targan xalq italiyaliklar yashaydigan mavzelarga hujum qiladi. Xalq qо‘zg‘olonidan foydalanib, taxtni Komninlarga yaxshi munosabatda bо‘lgan oila vakili Andronik I (1183-1185y) egallaydi. Yirik yer egalarining xohish-istagisiz hokimyatga kelgan Andronik ular bilan kurashda mayda yer egalari va savdogarlarga tayanadi. U “sohil huquqi” ni bekor qilib, savdogarlar kemalari falokatga uchrasa, talanishi ta’qiqlandi. Amaldorlar о‘zboshimchaliklarini cheklash uchun soliqlarning aniq miqdori belgilanib, ularni yig‘ish tartibga solindi. Lavozimlarni sotish ta’qiqlandi. Islohotlardan norozi zodagonlar mol-mulki musodara qilindi.
Andronik venetsiyaliklarning bekor qilingan imtiyozlarini tiklaydi. Konstantinopol savdogarlari bu siyosatdan norozi bо‘ladilar. Poytaxt zodagonlari va viloyatlardagi feodallar Andronikka qarshi qо‘zg‘olon kо‘taradilar. Bunga Andronik ommaviy terror va qatllar bilan javob beradi. 1185 yili Sitsiliya normannlari yana bostirib kirib, Fessalonikani talon-taroj qiladilar. Saroyda imperatorga qarshi fitna uyushtirilib, u о‘ldiriladi.
Hokimiyatni yirik mulkdor Isaak II Angel (1185-1195y) egallaydi. U Andronikni barcha islohotlarini bekor qiladi. Musodara qilingan mulklar egalariga qaytariladi. Isaak II erkin dehqonlarda qolgan yerlarni proniyaga saxiylik bilan tarqata boshladi. Saroy xazinasi bazmlarga sarflana boshladi. Mamlakat qо‘shini zaiflasha boshladi. 1183 yilda vengerlar Dalmatsiyani egallab, serblar Makedoniyaga hujum boshlaydilar. 1184 yildan Kipr imperiya tarkibidan chiqadi. 1186 yilda Bolqonda ikkinchi bolgar podsholigi tuzilib, uning mustaqilligini Vizantiya 1187 yili tan olishga majbur bо‘ladi. XII asrning о‘rtalaridan Makedoniyaning yirik mulkdorlari imperatorga bо‘ysunishdan bosh tortadi. 1190 yili Vizantiya Serbiyaning mustaqilligini tan oladi. Imperiyaning parchalanishi saroyda yangi fitnalarga yо‘l ochadi. Isaak II о‘z ukasi Aleksey III (1195-1204y) tomonidan taxtdan ag‘dariladi.
Vizantiyada XII asr oxiridan boshlangan tarqoqlikdan Sitsiliya qiroli Vilgelm II 1185 yilda Ioniya orollarini Vizantiyadan tortib oladi. Angliya qiroli Richard I Sheryurak 1191 yili Kipr orolini olib, uni boshqarishni ilgarigi Quddus qiroli Gi de Luzinyaga topshiradi.
Vizantiya yerlarini egallash 4-salib yurishlaridan boshlandi. Salibchilar 1204 yil 13 aprelda Konstantinopolni oladi. Vizantiya qulab, uning о‘rnida Latin imperiyasi (1204-1261y) tashkil topadi.
G‘arbiy Yevropa ritsarlari, venetsiyaliklar, genuyaliklar Ioniyadan Qora dengizgacha sohil bо‘yi hududlarida kо‘plab davlatlar va koloniyalarga asos soldilar. Ularning umumiy nomi Latin imperiyasi (g‘arbda Vizantiyani Romaniya deyishgan) nomini oldi. Latin imperiyasi tarkibiga Latin imperiyasi (poytaxt Konstantinopol bilan birga) va Venetsiya respublikasi mulklari, Genuyaning koloniya (mustamlaka) va faktoriya (Yevropaliklarning mustamlaka mamlakatlardagi savdo idoralari va qarorgohlari) lari, gospitalerlar (ionnitlar) ritsarlik ordeni mulklari, Rodos va Dedekanes orollari kirgan.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin