Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə43/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Martabalar mahkamasi barcha fuqarolik amaldorlari va boshqaruv apparati xizmatchilarining mansabga tayinlanishi, boshqa lavozimlarga о‘tkazilishi va almashtirilishiga javob bergan. О‘rta asrlar Xitoyida amaldorlik mansabi shunchalik buyuk ediki, aynan ushbu mahkama va uning boshlig‘i boshqalari orasida eng asosiysi hisoblanardi.
Daromadlar mahkamasi aholini va qishloq xо‘jaligi yerlarini hisobga olish ishlarini yuritgan. U soliqlar miqdorini belgilagan, soliqlarning yig‘ilishiga javob bergan. Ushbu mahkamaning har bir bо‘limi 13 ta provinsiyalardan bittasi doirasida faoliyat kо‘rsatgan.
Marosimlar (rasm-rusumlar) mahkamasi imperator hokimiyatining shon-shuhratini kо‘tarishga qaratilgan marosimlar va tadbirlarni о‘tkazish, shuningdek, diniy qurbonliklar keltirish bilan shug‘ullangan. U marosimlar о‘tkazish, qurbonliklar keltirish, qabul uyushtirish va diniy marosimlarni birxillashtirish maqsadlarida buyruq-farmoyishlar berish bо‘limlaridan iborat bо‘lgan.
Harbiy mahkama barcha harbiy amaldorlarni tayinlash, boshqa lavozimga о‘tkazish va ishdan bо‘shatish, armiyani ta’minlash va pochta xizmati ishlarini yuritgan. Sud mahkamasi, yoki jazo mahkamasi butun imperiya bо‘yicha sud ishlari yuritilishini nazorat qilgan. U xuddi daromadlar mahkamasi singari 13 ta provinsiyaning har birida о‘z bо‘limlariga ega edi. Bu mahkamaning faoliyati taftish-tergov organi bо‘lmish poytaxt sudi faoliyati bilan kesib qо‘yilgan.
Markazda ham, provinsiyalarda ham turli toifalardagi senzorlik, nazorat organlari ma’muriyatdan mustaqil mavqega ega edi. Senzoratga ikkita bosh (asosiy) senzor-birinchi darajali mansabdorlar boshchilik qilardi. Uning apparatiga 100 ga yaqin nazorat qiluvchi senzorlar kirardi va ular provinsiyalar bо‘yicha guruhlarga bо‘lingan edi. Min sulolasi davridagi davlat apparatida hech qaysi organ senzorat singari katta vakolatlarga ega bо‘lmagan. Senzorat barcha mansabdorlar va ularning faoliyatini о‘z nazorati ostida ushlab turgan. U faqat mansabdorlarning suiiste’molchiliklarini, xatolarini aniqlash huquqigagina emas, balki bevosita ularni tuzatish, mansabdorlarga nisbatan jazo choralarini qо‘llash huquqiga ham ega edi.
1644-1911yillarda Xitoyni manchjurlar dinastiyasi boshqardi. U Sin dinastiyasi deb ham ataladi. (Manchjuriya- hoz. Xitoy Xalq Respublikasining shimoli-sharqiy qismi bо‘lib, u Dunbey deb ataladi).
Mahalliy dinastiya dastavval soliqlarni teng taqsim qilish maqsadida soliq rо‘yxatlarini qaytadan kо‘rib chiqildi. Mо‘g‘ul zodagonlarini yerlari musodara qilinisi natijasida dehqonlarning soni kо‘paydi. XIV asr oxiri-XV asr I yarmida irrigatsiya sohasida qizg‘in ishlar olib borildi. Shaharlardagi hunarmandchilikni rivojlanishi uchun mamlakat hukumati hunarmandlar tо‘laydigan soliqlar kamaytirildi, soliq zulmi susaydi.
Chju Yuan-chjan hokimiyatni qо‘lga olishga yordam bergan lashkarboshilarga va yangi dinastiya tarafdorlariga yer-mulklar berdi. Dinastiya udel (merosiy yerlar) yerlar sifatida ekinzorlar va yaylov yerlarini maydonini qо‘lga kiritib, bu yerlardan imperator saroyi va shahzodalar saroyi uchun daromadlar olinardi.
Chju Yuan-chjanning 20 dan ortiq о‘g‘li bо‘lib, ularning hammasi yuqori lavozimlarda ishlar va eng yirik yer egalari edilar.
Imperator xonadoniga mansub bо‘lmagan yer-mulklarga oliy ma’muriy shaxslar ya’ni feodalllar ega edi.
Xitoyda XIV asr oxiri va XV asr boshlarida qishloq xо‘jaligining rivojlanishi, ekin maydonlarini kengayishi va aholi sonini о‘sishi rо‘y berdi.
Janubiy Xitoy viloyatlarining aholisi 1380-yilga kelib, shimoldagiga qaraganda 2,5 baravar kо‘p edi. Xitoyning janubida 38 mln, shimolda esa 15 mln kishi yashagan. Bunday nomutanosiblikning sababi mamlakatning janubida sholidan 2-3 marta hosil olish imkoniyatining mavjudligi edi. Sholining tez pishar navlari Xitoyga XI asrda Tailanddan keltirilgan. Xitoyning shimolida aholining о‘sishi XVI asrda bu yerda makkajо‘xorining keng tarqalishi bilan bog‘liq.
XIV-XVI asrlarda Xitoy sanoati rivojlandi, shoyi va ip gazlamalarga pardoz berish , qog‘oz, shisha, chinni, lak tayyorlash, oltin, kumush, mis, temir rudasi, tuz qazib chiqarish keng tarqaldi. Pekin, Nankin kabi shaharlarda saroylar, ibodatxonalar, bezakli minoralar kо‘priklar, arklar qurildi. Minlar davrida sanoat asosan hunarmandlikdan iborat bо‘lib qoldi. Shuningdek kо‘pgina shaharlarda manifaktura tipidagi ustaxonalar (ya’ni chinni ishlab chiqaruvchi) manifakturalar mavjud edi. Kon-ruda qazib chiqarish sanoatida majburiy mehnat tamomila hukmron edi.
Bu dinastiya ichki siyosatda mamlakat iqtisodiyotini kо‘tarishga katta e’tibor berdi. Avvalo soliq tizimi tartibga solingan, soliqlar miqdori kamaytirilgan. Mо‘g‘ullar egallab olgan barcha yerlar musodara qilinib, yerlar davlat yerlariga aylantiriib, dehqonlarga chek yer qilib bо‘lib berilgan. Dehqonlarning qarzlari kechib yuborilgan. Qullar ozod etilgan.
Ipak yetishtirishga katta e’tibor berildi, chunki ipakdan kiyim-kechak tikilgan, yelkanlar yasalgan, musiqa asboblari uchun torlar tayyorlangan.
Xitoyda XIII asrda miltiq, XIV asrda esa tosh va о‘q solib otiladigan metall zambaraklar ixtiro qilingan.
Min sulolasi Markaziy Osiyodagi Amir Temur davlati bilan munosabatlari dastavval yaxshi bо‘lgan.
Xitoy va Amir Temur davlati о‘rtasida aloqalar yaxshilangan. Amir Temurning 1387-yilda Xitoy hoqoni Tayszuga yozgan maktubida:”karvonsaroylararo yо‘llar ochildi, yо‘llardagi qaroqchilar yо‘q qilindi, uzoq yurtlarga boruvchilar о‘zlarini xotirjam his qiladigan bо‘ldi” degan edi. Amir Temur Min davlatining poytaxti Pekin (Xonbaliq) shahriga 8 marta elchilar yuborib Xitoy bilan diplomatik va savdo aloqalarini rivojlantirgan. Chunonchi, 1387 va 1389 yillari kuzda Mavlono Hofiziy, 1388 yilda Toj ad-Din, 1391 yilda Shoxalil, 1392 yilda Nig‘mat ad-Din, 1394-1395 yillarda Darvish, 1396 yilda Alomat ad-Din boshchiligidagi elchilar Pekinga Amir Temur davlati nomidan borgan.
Pekindan ham Temur davlatining poytaxti Samarqandga 1395 yilda Bo An boshchiligida 1500 kishidan iborat elchi va savdogarlar guruhi, 1397 yilda Chen Deven boshchiligida Xitoy elchilari va savdogarlari kelgan.
Shu davrda Samarqanddan Pekinga 6 oyda yetib borilgan.
Ma’lumki, Xitoy hukmdorlari “xuandi” (imperator) deb atalib, u Tangrining yerdagi о‘g‘loni “tyanzi” hisoblangan.
Xitoy tarixchilarining asarlarida qayd etilishicha, Min sulolasining xonidan ranjigan Amir Temur (ranjishining sababi Turkistonlik savdogarlarga Xitoyda erkin savdo qilishga yо‘l qо‘yilmaganligi edi), ularga qarshi harbiy yurishlar qilmoqchi bо‘lgan, bundan xabar topgan Min sulolasi tashvishga tushib, urushga tayyorgarlik kо‘ra boshlaydi.
Amir Temur 1404 yil kuzida nabirasi Ulug‘bekni tо‘yini о‘tkazish bahonasida о‘z qо‘li ostidagilarni Samarqandga taklif qilib qurultoy chaqiradi. Unda Xitoyga bо‘ladigan urush masalasi muhokama qilinadi. Qurultoyda Xitoyga qarshi qilinadigan urush islom dinini tarqatish bayrog‘i ostida olib borilishi hisobga olinib, bu urush muqaddas deb e’lon qilindi.
Sohibqiron ulug‘ tug‘i (tug‘.turk.-Sharq mamlakatlarida hukmdorlik, vazirlik, beklik belgisi bо‘lib, u hо‘kiz yoki ot dumidan yasalgan) ni kо‘tarib, 1404 yil oxirida 272 ming 612 kishidan iborat qо‘shin bilan Xitoy sari yuzlandi. О‘sha yili qish О‘rta Osiyo tarixidagi engqattiq qishlardan bо‘lgan edi. Sirdaryoning suvi bir metrga muzlagan, askarlardan kо‘pining qо‘l-oyoqlarini, quloq-burunlarini sovuq olgan edi, shunday bо‘lsa ham u yurishni davom ettirib, 14 yanvar kuni О‘trorga keladi. Shu yerda u shamollab kasallikka chalinadi va 18 fevralda vafot etadi, uning olamdan о‘tishi bilan Xitoy yurishi amalga oshmay qoladi.
AQSH lik davlat va siyosat arbobi Richard Nelson shunday deb yozgan edi: ”Amir Temur agar kо‘proq yashasa va Xitoyga qarshi boshlanayotgan yurishida g‘olib chiqsa, Uraldan to Tinch okeangacha bо‘lgan butun Osiyo hukmdori bо‘lishi muqarrar edi”.
О‘z ichki ahvolini yaxshilab olgan Min dinastiyasi yangi yerlar bosib olish hamda Xitoyning tashqi bozorlarini kengaytirish maqsadida istilochilik yurishi uyushtirdi. XV asr boshlarida Min imperiyasining g‘arbdagi qо‘shnisi Amir Temur davlati bilan munosabatlari murakkablashdi.
Ikki davlat о‘rtasidagi muqarrar urush harakatlari 1405-yili Amir Temurning yurishi vaqtida vafoti sababi tо‘xtadi. Shundan sо‘ng Min sulolasi vakillari 1406-yili Vetnamni bosib olib, о‘zining viloyatiga aylantirdi. Koreya bilan Tibet Xitoy imperatori hukmronligi ostida edi. Keyinchalik Xitoy Mо‘g‘ulistonni ham istilo qildi.
Min hukumati Hindi-Xitoy (Osiyo qit’asining janubi-sharqiy qismida joylashgan orol bо‘lib, bunga Birma, Vetnam, Kambodja, Laos, Malayziya, Tailand kabi davlatlar joylashgan), Indoneziya, Hindiston, va hatto Sharqiy Afrika qirg‘oqlariga ham yirik harbiy dengiz ekspeditsiyalari yuborib turdi, masalan, Admiral Chjan Xe boshchiligidagi flot 62 ta kema, 30 mingga yaqin harbiy dengizlardan iborat katta kuch bilan 1405-1433 yillar mobaynida Zond arxipelagi, Shri-Lanka va Hindistonga 7 marta harbiy yurishlar uyushtirdi. Bu harbiy ekspeditsiyalar mamlakatning mavqeini oshirish va tashqi savdoni yuksaltirishga qaratilgan edi.
Xitoy hukumati bilan Markaziy Osiyodagi temuriylar davlati bilan munosabatlar ijobiy bо‘lgan. Masalan, 1418 yilda Ardasher boshliq Shohruh elchilari Xitoyga borganlar. 1419 yilda bunga javoban Lu di va Jong ku Xitoydan Samarqandga elchi bо‘lib keladilar. Xitoy hukumati 1415-1420 yillarda Samarqandga Ulug‘bek saroyiga ham 2 marta о‘z elchilarini yuborgan.
1420 yilda Shohruh va Ulug‘bek Mirzolar 530 nafardan iborat elchilik karvonini Shodixо‘ja, amir Kо‘kcha, Sultonshoh, Muhammad baxshilar boshchiligida Xitoyga jо‘natadilar, elchilar Xitoyda ikki yildan ortiq bо‘lib, 1422 yilda Samarqandga qaytadilar.
Amir Temur vafotidan keyingi 100 yilga yaqin davr mobaynida Turkistondan Xitoyga 107 marta, shu jumladan, 1415-1440 yillari Mirzo Ulug‘bek nomidan 22 marta elchilar guruhi kelgan.
Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, о‘sha zamonda Xitoy shaharlariga Samarqandlik savdogarlar kelib bozorlarda ot sotishgan. 1390-yil bahorda Samarqandlik Sho Jо‘ra ali (Shachiyeer Aliyi) Lyanchjou shahrida 670 ta ot sotgan. Mahalliy hokim imperator Tayszuga hisobot berib, mazkur savdogarni Pekinga yuborishni sо‘ragan.
1388-1500 yillar davomida Toshkent, Xuroson, Sheroz, Hirot, Isfaxon shaharlaridan 120 dan ortiq elchi guruhlari Xitoyga borgan. Ayrim elchilar guruhiga 200 kishidan iborat savdogarlar qо‘shilib borgan. Savdogarlar Xitoyga ot, tuya kabi chorva mollari, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlar, dorivorlar va mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari olib borishgan. Xitoydan esa, asosan, ipak, chinni idishlar, choy, ravoch va dorivorlar olib kelingan.
XVI asrdan boshlab Min imperiyasi istilochilik yurishlari emas, balki bundan keyin mamlakatning chegaralarini mudofaa qilishga tо‘g‘ri keldi. G‘arb tomondan unga mо‘g‘ullar xavf solib turardi. 1550 yilda mо‘g‘ullar Pekinga katta qо‘shin bilan kirib kelib shahar chekkasiga о‘t qо‘yib ketadi.
XVI asrning 60-yillarida Xitoy yaponlar agressiyasiga qarshi og‘ir kurash olib borishga majbur bо‘ldi. Yaponiyada 1582-yilda hokimiyat tepasiga kelgach Tayemu Xideyisi Xitoyga qarshi urush boshlaydi, u nafaqat Xitoyni balki Koreyani, Manchjuriyani, Filippin orollarini, Tayvanni, keyin esa Xitoyning о‘zini ham bо‘ysundirmoqchi bо‘lib, u hatto о‘z poytaxtini Xitoyga kо‘chirishni ham mо‘ljallab qо‘yadi.
Lekin Min dinastiyasi samuraylar hujumini qaytarishga kuch topib, XVI asr oxirida ularni qit’adan surib chiqardi.
XV-XVI asrlarda Xitoyda sinfiy ziddiyatlar g‘oyat keskinlashib ketdi. Qishloqda feodal zulmning avj olishi sudxо‘rlikning yoyilishi, soliqlarining oshib borishi xalq ommasini noroziligini keltirib chiqardi. Minlar hukmronligi davridagi eng katta qо‘zg‘olon ijarachi Den Mao-Si boshchiligidagi 1448-1449 yillarda Fuszyan viloyatida katta qо‘zg‘olon bо‘lib о‘tdi. Uning tevaragiga о‘n minglab dehqonlar tо‘plandilar. Qо‘zg‘olonchilar eski rentani talab qilib, oshirilgan ijara haqini tо‘lashdan bosh tortdilar.
XVI asrning boshlarida dehqon qо‘zg‘olonlari, boshqa janubiy viloyatlar- Guandun, Guansi, Xunan, Xubeyga, janubi-sharqda Szyansi, g‘arbda-Sichuan, shimolda –Shensiga yoyildi.
Min mperatorlarining idora qilishiga mahramlar (ular juda katta boylik tо‘plab, imperatorga yaqin turishlari tufayli yuqori va daromadli lavozim egalari edilar) katta ta’sir kо‘rsatdilar. Bularning saroy ahliga xо‘jayinlik qilishi “Shenshi” (xitoy.keng kamar taquvchi olimlar.-Xitoyda feodalizm davrida feodallar tabaqasi) deb ataluvchi olimlar tabaqasini qarshiligini keltirib chiqardi.
1506-yilda mahramlar (о‘zaro yuz kо‘rishi mumkin bо‘lgan eng yaqin qarindoshlar) markaziy boshqaruvni tamomila о‘z qо‘llariga olib, uni 15 yil davomida (1521-yilgacha) о‘z qо‘llarida tutib turdilar.
Shenshilarning katta kuch sarflashi natijasida bu tо‘da hokimiyatdan chetlashtirildi, qatl etildi, mol-mulklari musodara etildi. Shenshi ikki toifaga bо‘lingan. Birinchi toifaga bevosita hokimiyatga aloqasi bо‘lgan va son jihatdan nisbatan kamchilikni tashkil etgan shaxslar qatlami - hukmdorning yaqinlari, katta amaldorlari va iyerarxiyaga asoslangan butun davlat apparati kirgan. Ikkinchi toifaga birinchi tabaqaga nomzod bо‘lgan va konfusiylik ta’limini olgan, lekin mansabga ega bо‘lmagan juda kо‘p о‘qimishli kishilar kirgan. Ular tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri davlat vakolatlariga ega emasdilar, lekin joylarda, jamoa boshqaruvida juda katta rol о‘ynaganlar. Bu esa о‘z navbatida Xitoyda davlat hokimiyatining markazlashuviga katta yordam bergan.
Biroq bir asrdan keyin XVII asrning 20-yillarida mahramlar yana hokimiyatni qо‘lga olib, Shenshilarning kо‘pgina vakillarini ta’qib qildilar va qatl etdilar.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin