Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə55/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Min sulolasi; haram; Mahramlar; lyan; regent; Manchjurlar sulolasi; Dunbey; Sin sulolasi; Gomindon.
Xitoy xalq respublikasi. Poytaxti - Pekin. Hududi - 9.597.000 km2. Aholisi 1.300mln kishi (2004). Davlat till - Xitoy tilining Mandarin dialekti.
Dini konfusiylik, buddaviylik, xristian, islom. Pul birligi - yuan.
Osiyoning sharqida joylashgan. Shimoli - sharq va g‘arbda Rossiya (40 km), shimolda Mongoliya bilan (4670 km), shimoli-sharqda va Qirg‘iziston bilan (858 km), g‘arbda Pokiston (523 km), Tojikiston bilan (414 km), Afg‘oniston (76 km) janubi – g‘arb va janubda Hindiston bilan janubda Myanma bilan (2158 km), Vetnam (1281 km) Nepal (1236 km) Butan (470 km), Laos (423 km) bilan chegaradosh.
Xitoy Xalq Pespublikasi konstitusiyasiga kо‘ra xalq demokratik diktaturasi о‘rnatilgan sotsialistik davlat. Mamlakat tarkibida 22 ta provinsiya, 5 ta avtonom va 3 ta markaziy shahar -Pekin, Manxoy, Tyan’szin’ va 2 ta maxsus ma’muriy rayonlardan iborat. Bundan tashqari Xitoy tarkibida orollardagi hududlar-Gonkong, Makao va Tayvan ham mavjud. XXR - 1949 yil 1 oktabrda tashkil topgan. 1 oktabr milliy bayram - XXR elon qilingan pul ijro etuvchi hokimiyat XXR raisi (davlat boshlig‘i)ga, umumjahon xalq vakillari yig‘ilish doimiy qо‘mita raisi hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organ - Umumjahon xalq vakillari yig‘ilishi.
О‘zbekiston Xitoy hamkorligiga - 1992 yil 12-14 mart kunlari О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy davlat rasmiy tashrifi bilan asos solingan edi.
XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Min sulolasi (asoschisi Chju Yuan-chjan 1368 yilda asos solgan edi va bu sulola Xitoyni 1368-1644 yillarda boshqargan) tо‘la tushkunlikka yuz tutgan edi. Min sulolsining imperatori Chju Di davrida Pekinning markazida ‘’Ta’qiqlangan shahar’’ nomi bilan mashhur imperator saroyi 1406-1420 yillarda qurilgan va 1925 yilgacha oddiy fuqaroning kirishi taqiqlangan ushbu saroy 24 ta Xitoy hukmdorlarining qarorgohi bо‘lgan. ‘’Ta’qiqlangan shahar’’ning umumiy maydoni 720 ming kv.m.va 9999 xonadan iborat bо‘lgan.
XVI asr boshlariga kelib Xitoy monarxiya boshqaruv tizimiga ega bо‘lgan, markazlashgan davlat edi. Bu davrda Xitoyda haram og‘aligi (haram.arab. man qilingan hudud.Unga xonadon sohibi va uning о‘g‘illaridan boshqalarning kirishi man qilingan, uni qullar qо‘riqlagan), keng tarqalgan bо‘lib, unga faqat xitoyliklar olingan. Ular kambag‘allarning bolalaridan imperator saroyiga sotib olinardi. Haram og‘alari xizmatidan faqat imperator oilasi foydalanishlari mumkin edi. Imperatorning о‘zida 3 mingtagacha haram xodimi bо‘lardi, knyazlarda 30 tagacha, imperatorning bolalarida 20 tagacha haram xodimi bor edi.
Minlar hukmronligi davrida saroyda 10 mingtadan kam bо‘lmagan haram xodimlari yashagan.
XVI asr boshlaridan e’tiboran davlatni idora qilish ishlari imperator xaramining xodimlari bо‘lgan mahramlar qо‘lida edi.
Min imperatori davrida uning nomidan amalda davlatni mahramlar (mahramlar. Shariat qoidalariga asosan aka-uka, tog‘a, bobo, amaki shunday nom bilan atalgan), davlatni boshqarishgan. Ba’zi bir haram xodimlari hokim, harbiy boshliq, shahar ma’muriyatinin boshlig‘i lavozimlarini egallagan.
Imperatorga ta’sir о‘tkazishda haram xodimlarining asosiy raqibi saroy kotibiyati a’zolari bо‘lib, ular Xonmin tashkilotiga (FA) birlashgan yirik xitoy olimlarining qо‘llab-quvvatlashlaridan foydalanardilar. Ular о‘zlarining imperatorga yozgan nomalarida poytaxtda va hududlarda amaldorlar zulmini fosh etishardi, iqtisodiyotni tiklash, harbiy islohot о‘tkazishni yoqlab chiqardilar.
Xitoy dehqonlari sholidan yuqori hosil olganlar. Ba’zi dehqonlar suvni yuqoriga kо‘tarib beruvchi maxsus mashinalar yasashni о‘rgandilar, hosildorlikni oshirish uchun о‘g‘itlardan foydalanardilar, sholi yetishtirishning yangi texnologiyalarini, uyalab ekish usulini, sifatli urug‘ tayyorlashni qо‘llardilar. Xitoy dehqonlari sholidan tashqari, paxta yetishtirish sohasini ham bilardilar.
Xitoyda yerga egalik qilishning ikki turi- davlat va xususiy yer egaligi bor edi.
Minlar davrida soliq va majburiyatlar, tо‘lovlarning bir necha turi bor edi. Davlat yerlarida soliqlar xususiy yerlarga nisbatan yuqori bо‘lgan. Soliqlar asosan sholi bilan hisoblanardi, soliqni kumush bilan olish XVI asr oxirlaridan boshlandi. Lyan (lyan.xitoyning pul va og‘irlik birligi) lar bilan о‘lchanadigan kumush quymalari bilan bir qatorda mis tangalar ham muomalaga kiritilgan.
Shaharlar soni qishloqlarga qaraganda kam bо‘lgan. Shaharliklarning asosiy mashg‘uloti hunarmandchilik va savdo bо‘lgan. Gazlamalar ishlab chiqarishda dastgohlar, suv yordamida aylantiruvchi qurilmalar bо‘lgan. Binolar qurilishida kо‘tarish kranlariga о‘xshaydigan qurilmalardan foydalanilgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Xitoy Yevropa mamlakatlari mustamlakachilik intilishlarining nishoniga aylandi. 1516 yilda portugallar bu yerga о‘z kemalarini yuborgan edilar. 1531 yili Xitoy va Portugaliya kemalari о‘rtasida dengiz jangi bо‘li о‘tadi va unda portugaliyaliklar mag‘lubiyatga uchradi. Shundan keyin Xitoy о‘z portlarini chet el kemalari uchun yopib qо‘ydi. Shunga qaramasdan, Portugaliya Xitoy hududida о‘z mustamlakasi Makao (Aomin) ga asos soldi, katolik ruhoniylariga esa Xitoyda targ‘ibot bilan shug‘ullanishiga ruxsat berildi.
XVI asr о‘rtalarida Xitoyga Yaponiya qо‘shinlari bostirib kirdi. Uzoq davom etgan janglardan sо‘ng, 1597 yili yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi.
Mamlakatda imperator saroyida katta- katta chiqimlar va Yaponiya bilan bо‘layotgan urush yangidan- yangi soliqlar talab qilardi.
Birgina XVII asrning ikkinchi о‘n yilligida barcha davlat soliqlarining hajmi 50% ga kо‘paydi. Davlat soliqlari bilan bir qatorda feodallar, sudxо‘rlar va amaldorlar foydasiga olinadigan har xir og‘ir tо‘lovlar tufayli dehqonlar va shahar hunarmandlarining ahvoli ancha og‘irlashgan edi.
Bundan tashqari xalq ommasi tabiiy ofatdan, suv toshqinidan, takrorlanib turadigan qahatchilikdan, ocharchilik va epedimiyadan azob chekar edi.
XVI asr boshlarida hozirgi Xitoyning shimoli-sharqiy hududida XII asr boshlaridayoq Szin imperiyasida о‘z davlatlarini qurgan chjurchjenlar avlodi hisoblanuvchi manchjur qabilalari yashardi.
XVII asr boshlarida Xitoyning xalqaro ahvoli ham ancha yomonlashdi. Shimolda Sungari daryosi havzasida yashovchi manchjur qabilalari 1606 yilda birlashadi. (Manchjuriya - hozirgi XXR - sining shimoli -sharqiy (ma’nosi shimoli- sharq) deb ataladi.
XVI asr oxirida Amur daryosidan janubda, Ussuriyadan g‘arbroqda harbiy boshliq Aysingioro Nurxasi (Nurxachi), (1559-1626 yillarda yashagan) manchjur qabilalarini birlashtiradi.
1616-1636 yillar Xitoyda manchjurlarning sо‘nggi Szin sulolasi Nurxachi (Nurxasi) 1616-yilda asos soladi va Tay-Szu nomi bilan 1616-1626 yillarda xon (imperator bо‘ldi). Tay-Szuning ishini sakkizinchi о‘g‘li Xuantayszu (1626-1643yillarda boshqargan) va tо‘qqizinchi nabirasi Oysingoro-Fulin (1643-1644 yillarda) davom ettirdi.
Bu davlat hukmdori Nurxatsi tez orada Minlar sulolasiga qarshi kurash boshladi, ulardan Lyaodun yarim orolini tortib oldi va 1618-yilda Xitoyga harbiy yurish boshlaydi. Nurxachi vafot yetgach uning vorisi Abaxay (1626-1643) Xitoy hududlarini bosib olishda otasining ishlarini davom ettirdi va katta muaffaqiyatlarga erishdi.
1625- yilda manchjurlar Mukdenni va deyarli butun Lyadun yarim orolini bosib oldilar. 30-yillarda Koreya manchjurlarga vassal qaram bо‘lib qoldi. Kuchsizlashib holdan toygan Min sulolasi manchjurlarga jiddiy qarshilik kо‘rsata olmadi. Manchjurlar imperiyaning katta qismini bosib oldilar. 1636-yilda Abaxay о‘zini imperator deb e’lon qildi. О‘z sulolasini Sin (toza, tiniq) nomi bilan atay boshladi.
Xalq ommasining mamlakatdagi mavjud rejimdan noroziligi kuchayib, oqibatda dehqonlarning katta urushiga aylandi va Min sulolasini halokatga olib keldi.
Xitoydagi hukmron tuzumga qarshi dehqonlar isyoni 1622 yili Shandun viloyatida «Oq nilufar» yashirin tashkiloti rahbarligida boshlandi.
Dehqonlar harakatining boshlanishiga 1628 yildagi ochlik turtki bо‘ldi. Shensi va Shansi viloyatlarda bu ochlik ayniqsa kuchli bо‘ldi. Bu viloyatlarda boshlangan harakat 1632 yilda markaziy Xitoyning boshqa viloyatlariga ham tarqaldi. Qо‘zg‘olon ayniqsa, Xenan, Xubey, Anxay, Shandun, Sichuan viloyatlarida kuchli bо‘ldi. Dehqonlarning qurolli otryadlarda о‘n minglab qо‘zg‘olonchilar bor edi.
Lekin qо‘zg‘olon tarqoq bо‘lganligidan hech qanday natija bermadi. 30 yillarning 2 chi yarmida qо‘zg‘olon harakati bir qadar pasaydi. Qо‘zg‘olonchi oryadlarining bir qismini hukumat qо‘shinlari tor- mor keltirdi.
Qо‘zg‘olonchilar orasida Li-szi-chen va Chjan Syanchjunlar qobiliyatli rahbar edilar. Mahalliy aholi ularga ixtiyoriy yordam berardi. Qо‘zg‘olonchilarni faqat Pekin ostonalaridagina tо‘xtatdilar. 1636 yili hukumat, agar qо‘zg‘olon ishtirokchilari о‘z ixtiyorlari bilan doimiy yashash joylariga qaytib borsalar va qurolli qarshilikni tо‘xtatsalar, ular avf etilishi va imperator armiyasida zobitlik lavozimlari va’da qilindi. Imperatorning maxsus farmoni bilan aholidan olinadigan soliq pasaytirildi. Kо‘pgina dehqonlar о‘z uylariga qaytib ketdilar. Qolganlari bu yerda mag‘lubiyatga uchray boshladilar. Qо‘zg‘olon rahbarlaridan biri Chjan Syanchjun Minlar tarafiga о‘tdi.
1639 yili dehqonlar qо‘zg‘oloni yana Xitoyning kо‘pgina hududlarini qamrab oldi, qо‘zg‘olonchilarga Min hukumatidan norozi bо‘lganlar ham kelib qо‘shildi. Ular Xenan va Shensi viloyatlariga yurish qildilar va bu hududlarni egalladilar.
Hukumat qо‘shinlarining Manchjuriyaning shimolidagi urushda band ekanligidan foydalangan dehqonlar qо‘zg‘olonining yangi tо‘lqini 1641-yilda yana boshlanib ketdi. Oddiy qishloq temirchisi Li-szi-Chen dehqonlarining yо‘lboshchisi edi. U 1639-yildayoq qо‘zg‘olonchilar katta qо‘shinini tashkil qilishni boshlagan edi. 1640-1643 yillarda u bir qancha yirik shaharlarni bosib oldi hamda Mо‘g‘ulistondan Primoregacha, Xuanxe daryosi vodiysidan Yanszi daryosi vodiygacha bо‘lgan juda katta hududni nazorat qilib turdi, qо‘zg‘olonchilarning poytaxti etib Sian (sobiq Chan’an) shahri tanlandi.
1644 yil boshlarida Li-szi-chen Pekinga yurish qildi va jiddiy qarshilikka uchramagan qо‘zg‘olonchilar aprel oyida poytaxtga kirib keldilar. Bunday sharmandalikka chiday olmagan imperator Chun Chjen о‘z joniga qasd qildi. Imperatorga sodiqlik belgisi sifatida 80 mingga yaqin odam о‘zini-о‘zi о‘ldirdi.
Hokimiyatni egallab olgan Li-szi-chen tarafdorlari xalqqa murojaat qilib, ularni xotirjamlikka chaqirdilar. Isyonchilarga qarshi kurashgan bir necha harbiy boshliqlar, imperator xonadonining mahramlari qatl etildi, mol- mulklari musodara etildi. Boy odamlarga katta soliqlar solindi.
Li-szi-Chen imperator deb e’lon qilindi, uning eng yaqin kishilari esa oliy martabalarni egalladilar. Yangi davlat apparati Xitoy uchun an’anaviy bо‘lgan sharqona usulda qurildi va о‘z faoliyatida armiyaga suyandi. Qо‘zg‘olonchilar nazorati ostida bо‘lgan yerlar dehqonlar qо‘liga о‘tdi, kо‘plab soliqlar va tо‘lovlar bekor qilindi.
Yangi hukumat dehqonlardan soliq olmadi, armiyani va davlat boshqaruv apparatini saqlash uchun zarur mablag‘lar, asosan feodal-yer egalariga, savdogarlar va sudxо‘rlarga kо‘plab soliq solish orqali undirib olindi. Li-szi-Chen Pekinda 42 kun turdi, u poytaxtni tark etishga majbur bо‘ldi. Sababi, Xitoy feodallari, Min dinastiyasining tarafdorlari, dehqonlar harakatining avj olib ketishdan, yangi hukumat tadbirlaridan qо‘rqib, tashqi dushman-manchjurlar bilan til biriktirdilar va ulardan qо‘zg‘olon kо‘targan xalqqa qarshi yordam sо‘radilar.
Biroq qо‘zg‘olonchilar Pekinni egallagan paytda manchjur flotida bо‘lgan U San-guy qо‘mondonligidagi Minlar qо‘shini yangi hukumatni tan olmadi. Ular о‘zini manchjur vassali deb tan oldi va manchjurlarga Buyuk Xitoy devori darvozalarini ochib berdi. U San-guy raqiblarining qarorgohiga о‘z elchilarini yuborib, sakkiz marta ulardan yordam sо‘rab murojaat qildi, keyin uning shaxsan о‘zi manchjurlarning qarorgohiga borib, о‘zini ularning vassali deb tan oldi va itoatkorligining belgisi sifatida sochining yarmini qirqtirib tashladi.
1643 yili Abaxay vafot etgach, uning kichkina о‘g‘li Shunchji Bogdixon taxtga о‘tirdi. 1644 yili U San-guy qо‘shinlari Li-szi-chen tarafdorlarini ta’qib etayotgan paytda Manchjur zodagonlaridan biri Durgan Shunchjini Xitoy imperatori deb e’lon qilishning tashabbuskori bо‘ladi, о‘zi esa regent (regent.boshqaruvchi) bо‘lib oladi.
1644 yilning 6 iyunida Pekinni egallaganidan va uni Mukdenning о‘rniga Sin davlatining poytaxti deb e’lon qilgandan sо‘ng Durgan о‘z qо‘shinlarini bir qismini U San-guyga yordamga, boshqa bir qismini Shandun viloyatini egallab olishga jо‘natdi. 30 oktabrda Shunchji yana bir bor Sin davlatining imperatori deb e’lon qilindi.
Li-szi-chen 1645-yilda mahalliy feodallar tomonidan dehqonlar harakatini bostirish uchun tuzilgan otryadlarning biri tomonidan о‘ldirildi.
1644 yildan boshlab Xitoyni yangi ajnabiy dinastiya boshqara boshladi. Sin (ya’ni «sof, toza» degani) deb atalgan bu dinastiya Xitoyni 1644-1912 yillarda boshqardi. Shu tariqa Xitoy tarixida manchjurlar Sin sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolaga manchjurlar xoni Nurxachining 9 chi nabirasi Oysingoro-Fumin (Shunchji) u 1636-1644 yillarda Min sulolasini ag‘darib tashlab, 1644-yil Xitoy hududida Sin imperiyasiga asos soldi. Sinlar davrida quyidagi imperatorlar hukmronlik qilgan. Fumin yoki Shunchji (Omadli boshqaruv), Snane yoki Kansi (Gullab-yashnovchi va nur taratuvchi), Yuanchjen yoki Yunchje (Mukammal va adolatli), Xun-li yoki Syanlun (Bukilmas va shuhratli), Yun-yan yoki Szyatsin (Ajoyib va quvonchli), Myan-nin yoki Daoguan (Maqsadga intiluvchi va porloq), U Chju yoki Syanfen (Umumiy tо‘kinchilik), Izay Chun yoki Tunchji (Birgalikda boshqaruv), Szay Tyan yoki Guansyuy (Ajoyib meros), Pu I yoki Syuantun (Umumiy birlik) degan nom bilan boshqarganlar. Bu sulolani 1644 yildan 1912 yilgacha 10 ta imperator boshqargan. Sinxay inqilobi natijasida Sin sulolasi hukmronligi ag‘darib tashlandi va sо‘nggi manchjur imperatori Pu I yoki (Syuantun) 1912-yil 12 fevralda taxtdan voz kechdi. 1912-yil 1 aprelda Sun Yatsen Xitoyda prezidentlik lavozimini Yuan-Shikayga topshirdi. 1912-yilda avgustda Gomindon (milliy partiya) tuzildi.Partiya raisi etib Sun Yatsen saylandi.
Manchjuriya dinastiyasi Xitoyda darhol mustahkamlana olmadi. 1645 yilda machnjurlar Yantjou va Nankinni olib, janubga qarab chiqishganida, ularning front orqasida qо‘zg‘olon yangi kuch bilan kо‘tariladi.
Xunan, Sichyan, Guansi, Chjetszyan, Funszyan, Shen’si, Gan’su viloyatlarida harakat avj oldi va XVIII asrning 40 yillari oxirigacha davom etdi.
Janubiy viloyatlarda ham manchjurlarga qarshi harakat bо‘lib о‘tdi. Tayvan orolida va janubi-sharqda Xitoyning dengiz sohilidagi viloyatlarda manchjurlardan mustaqil bolgan Chjen-Chen-gun va uning о‘g‘li Chjen-Szin boshchiligida mustaqil davlat tashkil topdi.
Bu janubiy davlat 30 yildan kо‘proq (1650-1683) yashadi. Chjen-Chen-gun 50-yillarda Nankin shahrini 2 marta qamal qildi. Oxiri-oqibat manchjurlar Chjen-Chen-gun vorislarini Gollandiya floti yordamida tor-mor keltirdilar. Ana shu janubiy davlat 1683-yil mustaqilligi tugatilganidan keyingina Sin davlati о‘zini Xitoyning xо‘jayinini deb hisoblay oldi.
Manchjurlar zulmi Xitoy xalq ommasiga og‘ir yuk berib tushdi. Yangi hokimiyatning jazolari natijasida mamlakat xonavayron bо‘ldi. Manchjurlar Xitoylarning milliy tuyg‘ularini tahqirlardilar, ya’ni barcha erkak xitoylarning bо‘ysunganligining ramzi sifatida uzun soch qо‘yib, о‘rib yurishga majbur qildilar. Manchjurlar Xitoyni yakkalab qо‘ydilar.
XVII asrning birinchi yarmida yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi davom etdi. Ispaniya Filipinni egallab olganidan sо‘ng, Luson yarim orolida savdo bilan shug‘ullanuvchi 20 mingdan ortiq Xitoy fuqarolarini yо‘q qilib yubordi. Xuddi shunday yovuzlik 1639 yilda yana takrorlandi. XVII asrning 20-yillarida Xitoy qirg‘oqlarida golland kemalari paydo bо‘ldi. Ular Penxuledao oroliga hujum qildi va Tayvan orolining bir qismini egallab oldi. Gollandlar bilan bir qatorda Angliya ham bu hududlarga о‘z tajavuzkorlik qiziqishlarini bildirdi. Inglizlar Guanchjou hududiga kirib, Xitoy hukumatidan bu yerda savdo qilish huquqini oldilar. Yevropaliklar Xitoydan ipak va chinni olib ketishar, tamaki va о‘tochar qurollarni esa olib kirardilar.
Xitoy hukumati chet elliklarning mamlakatga kirishlarini ta’qiqlagandi. Faqat katolik ruhoniylari bundan mustasno edi. Ular Xitoyni mustamlakaga aylantirish uchun g‘oyaviy zamin tayyorladilar, kо‘p ming yillik madaniyat va an’analarning buzilishiga olib keldilar, boshqa tomondan esa, aholini G‘arb sivilizatsiyasining yutuqlari bilan tanishtirdi, ularni kundalik turmushda qо‘llashga yordamlashdi.
XVIII asrda yevropaliklar savdogarlar va mustamlakachilar Xitoy ichkarisiga kirishga harakat qildilar. Asosan portugal va fransuz mustamlakachilari bir vaqtlar manchjurlar ishonchini qozongan edilar va ularga tо‘pchi-instruktorlar va qurol – yarog‘ ustalari bо‘lib xizmat qildilar.
XVII asrning II-yarmidan boshlab Xitoyga ingliz, golland va fransuz Ost-Indiya kompaniyalarining vakillari kirib kelishga harakat qildilar, lekin Yevropa mustamlakachilarning bu harakati muvaffaqiyatli chiqmadi.
Yangi Sin dinastiyasi mustahkamlanib olgach, Yevropalikning xizmatiga muhtoj bо‘lmay qoldi va ular XVII asrning 60 yillarida mamlakatdan quvib chiqarildi. XVII asr oxirlarida ular Xitoyda о‘z faoliyatlari uchun yana imkoniyat oldilar. Biroq, XVIII asrning boshlarida ular ana haydab chiqarilib, bu gal quvib chiqarish uzil-kesil hal bо‘ldi.
XVIII asrda, 1757-yilda Xitoy hukumati birgina Kanton portidan tashqari о‘zining barcha portlarini barcha ajnabiy savdogalar uchun tamomila yopib qoydi.
Sin dinastiyasining bu siyosati tufayli, birinchidan, Xitoy chet el kapitalistik ekspluatatsiyasidan bir oz vaqt xoli bо‘lib turgan bо‘lsa, ikkinchidan, Xitoy shu siyosat natijasida tashqi dunyodan tamomila ajralib qoldi, tashqi iqtisodiy aloqalar shu yо‘l bilan qо‘pol va sun’iy tarzda tо‘xtatildi va cheklandi. Bu esa Xitoy hunarmandchiligi, Xitoy manifakturasining Xitoy shahri va Xitoy ichki savdosining rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatdi.


Mavzu: Sо‘nggi о‘rta asrlarda Hindiston
Reja:
1.Boburiylar davrida Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti.
2.Akbarshoh va uning islohotlari.
3. Xalq harakatlari va imperiyaning parchalanishi.
4. Hindistonga ingliz va fransuzlarning kirib kelishi.
Tayanch iboralar:
Podshoh; ’’Ost-Indiya’’kompaniyasi; "mugxal"; jagir; otaliq; "Hindiston marvaridi"; ’’Buyuk mo’g’ullar imperiyasi’’; suba; foujarlar; gumashtalar; kutvollar; xoniy; rezidensiya; Boburiylar sulolasi; ’’tovus taxt’’; Tojmahal; tariqat; jizya; maxarashtra; sikxizm; sikxlar harakati; Buyuk Biritaniya istilosi.
XVI asr boshlarida Hindiston siyosiy parokandalik holatida edi.
XVI asr 20-yillaridan Dehlida hokimiyatni egallab turgan sulton Ibrohim Lodi (1517-1526 yillarda boshqargan) ning harakatlari ajralib chiqqan vassallarni о‘z hukmi ostida birlashtirish uchun yetarli bо‘lmadi. Natijada sulton Ibrohimning siyosatidan norozi bо‘lgan saroy ayonlari orasida о‘sha paytda Kobulda hukmdor bо‘lib turgan Zahiriddin Muhammad Boburni taxtga taklif qilish g‘oyasi paydo bо‘ldi.
Talantli sarkarda, tajribali davlat arbobi Mirzo Bobur bu qulay sharoitdan ustalik bilan foydalandi.
1526 yili Mirzo Boburning janglarda toblangan 20 ming qо‘shini Afg‘onistonning tog‘li yо‘llari orqali Hindistonga yurish qildi.
Hind rojalari birlasha olmadilar va Mirzo Bobur qо‘shiniga ojizlik qildilar. 1526 yil 21 aprelda Panipat yonidagi jangda u sulton Ibrohim qо‘shinlarini tor-mor qilib, Dehlini egalladi. Mirzo Boburni taxtga taklif qilgan saroy ayonlari undan faqat sulton Ibrohimga qarshi foydalanmoqchi edilar, xolos. Mirzo Boburning Dehli taxtida uzoq qolishini tushungan hind zodagonlari unga qarshi birlashdilar. 1527 yil 13 martda bо‘lgan jangda Mirzo Bobur ular ustidan ham g‘alaba qozonadi.
Mirzo Bobur yana bir qator hind yerlarini bosib oldi va о‘zini bu yerlarning hukmdori deb e’lon qildi.
Bunda Bobur aql-zakovotini ishlatadi. U agar Hindistonga sulton yoki mirzo unvoni bilan kirib borsa, hind xalqi uchun unvon ma’nosidagi bu atamalar begona bо‘lib, Boburni о‘zlarining podshohi sifatida tan olmasligi mumkinligini tushunadi. Shu bois, Hindistonga kirishdan oldin Bobur о‘zini podshoh (fors.pati-hukmdor va shoh, Sharq mamlakatlarida davlat hukmdori) deb e’lon qiladi.
U hammadan kо‘proq hind xalqi zarar kо‘rayotgan feodal urushlarni tugatdi, savdo-sotiq, qurilish, fan va adabiyotga homiylik qildi.
Vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur 1526-yilda Hindistonni zabt etib, Boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistondagi Boburiylar davlati (1526-1858 yillarda yashagan), poytaxti-Dehli, Lahor, Agra. Hududi-4,6 mln.km.kv.(1690). Davlat tili-chig‘atoy turkiysi,fors va urdu tillari. Davlat tuzumi- monarxiya bо‘lgan.
Qardosh Hindiston diyorida bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur sulolasining vakillari ulug‘ ajdodlari xotirasini asrlar osha asrab-avaylab kelayotganliklari biz uchun behad quvonarlidir.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin