Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə76/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Shahar-kommuna – shahar tuzilishining turlaridan biri, o’rta asrlardagi mustaqil shahar. Fransiya va Italiyada o’z senyoridan kattagina mustaqillik va muayyan darajada avtonomiya olgan shaharlar.
Erkinliklarning Buyuk Xartiyasi – 1215-yil 15-iyunda ritsarlar va shaharliklar bilan ittifoqda qo’zg’olon ko’targan yirik feodallar (baronlar) imzo chekib ingiliz qiroli Ioann Ersizga taqdim qilgan yorliq. Erkinliklarning Byuyk Xartiyasi asosan yirik feodallarning manfaatlarini aks ettirdi. U 63 ta moddadan iborat. Ularning ko’plarida baronlar qirolning huquqlarini cheklaydilar.
Yutlar – shimoliy Yutlandiyani egallagan qadimgi german qabilalari. V-VI asrlarda yutlarning bir qismi angllar va sakslar tomonidan Britaniyaning zabt etib olinishida ishtirok etgan edilar.
Yagellonlar – Polsha qirollarining ( 1377- 1572 yillar tanaffuslar bilan ) sulolasi;Yagellonlarning namoyandalari (1474-1526 yillarda) Chexiyani, (1440-1444 va 1490-1526 yillarda) Vengriyani idora qilgan. Bu nom urug’ boshlig’i – Yagaylo (Yagello) nomidan kelib chiqqan u 1377-1392 yilda Litva ulug’ knyazi; 1386-1443 yilda Polsha qiroli bo’lgan.
Yanicharlar (yangi qo’shin) –XIV asrda sulton Murod I (1362-1389) davrida tuzilgan turk muntazam piyodasi. Yanicharlar unvoni va yanicharlikda xizmat qilish asta-sekin nasldan-naslga meros bo’lib o’tadigan bo’ldi. Xazinadan xizmat haqi olish va aholini talash savdo va hunarmandchilik hisobiga tirikchilik o’tkazadigan yanicharlar harbiy kastani tashkil etar edi. Yanicharlar sulton hukumati siyosatga aralashib turgani uchun bora-bora saroy to’ntarishlarining aktiv qatnashchilariga aylandilar. Sulton Mahmud II 1826 yilda yanichar qo’shinini bekor qilib yubordi.
‘’O’n ikki tezis’’ (‘’O’n ikki modda’’) -1524-1525 yillardagi Dehqonlar urishi davrida nemis dehqonlarining talablari bayon qilingan dasturlardan biri. Bu dastur janubi-g’arbiy Germaniyada vujudga kelgan va 12 moddadan iborat edi. U krepostnoy huquqning tugatilishini dehqonlardan tortib olingan jamoa yerlarining qaytarilishini turli majburiyatlarining cheklanishi yoki bekor qilinishini pomeshchiklar zo’ravonligining cheklanishini talab qilardi. Injildan dalillar keltirish bilan asoslangan bu talablar umuman mo’tadilligi bilan ajralib turardi.
Qalqon puli- Angilyada Genrix II (1154-1189 yillar) tomonidan davlatning mudoffa qudratini kuchaytirish uchun ta’sis etilgan feodallarning harbiy xizmatini o’tash o’rniga to’lab turadigan maxsus pul to’lovlari.
‘’Qashshoq Konrad’’ - Germaniyaning janubi-g’arbida feodallarga qarshi harakatga boshchilik qilgan dehqonlar ittfoqi. Qashshoq Konrad 1503 yilda Vortembergda vujudga keldi va 1514 yilda katta dehqonlar qo’zg’olonini tashkil qildi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin