Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Mavzu : IX-XV asrlarda Afrika jamiyati va imperiyalari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə11/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Mavzu : IX-XV asrlarda Afrika jamiyati va imperiyalari


Reja :

1.Shimoliy Afrikada IX-X asrlarda hukmronlik qilgan imperiyalar.


2. Misrda fotimiylar davlatining tashkil topishi.
3. Ayyubiylar va mamluklar sulolasi sulolasi davrida Misr.
4. G‘arbiy Afrikada tashkil topgan davlatlar.


Tayanch iboralar:
Tuluniylar, Rustamiylar, Idrisiylar, Ag’labiylar, Ixshidiylar, Fotimiylar, Marvoniylar, Ayyubiylar, Mamluklar, Murobitlar, Ziriylar, Gana imperiyasi, Mali imperiyasi, Songai qirolligi, Aksum davlati.


Shimoliy Afrikada IX-X asrlarda hukmronlik qilgan imperiyalar. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubdagi yerlarida yashagan xalqlar va qabilalar uzoq va о‘ziga xos tarixiy yо‘lni bosib о‘tgan. Afrikaning tropik о‘rmonlarida: bushmenlar va gottengot qabilalarini aholisi yashagan. Ularda urug‘chilik ijtimoiy tuzumi bо‘lib, aholi asosan ovchilik va termachilik bilan turmush kechirgan. Afrika aholisining asosiy ov qurollari nayza, о‘q-yoylar edi. Aholi jamoalari chaylalarda yoki shox-shabbalardan qilingan boshpanalarda yashardi.
Sahroi Kabir atroflarida, ayniqsa uning janubiy qismida kо‘psonli kо‘chmanchi, yarim kо‘chmanchi va о‘troq chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabila hamda elatlar yashagan. Janubiy sahrodagi barbar va tuareglar, G‘arbiy Afrikaning fulbe, qit’aning sharqida yashovchi masani, galla, sidamo, tigre xalqlari qoramol, qо‘y, tuya kabi uy hayvonlarini boqib xо‘jalik yuritishgan.
Afrikaning kо‘pchilik xalqlari dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan. Ekinlardan tariq, sholi, paxta, shakarqamish yetishtirilgan. Qit’ada hunarmandchilik ishlab chiqarishning muhim qismi hisoblangan. Har bir jamoaning temirchi, kulol, kо‘nchi, tо‘quvchi singari hunarmandlari bor edi. Ular ish qurollari, yarog‘-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charmdan turli buyumlar yasaganlar.
Shimoliy Afrikada aynan Misrda hukmronlik qilgan sulolalardan biri bu Tuluniylar sulolasi hisoblanib, bu sulola 868-905 yillarda boshqarib, hududi-1,5 mln.km.kv. davlat tili-arab tili bо‘lgan. Bu sulolani quyidagi hukmdorlar boshqarganlar: Ahmad ibn Tulun (868-884), Xumoravayh ibn Ahmad (884-895), Jaysh ibn Xumoravayh (895-896), Horun ibn Xumoravayh (896-904), Shaybon ibn Ahmad (904-905) lar boshqarganlar.
Tuluniylar ma’lum vaqt Misr va Suriyaning bir qismida hukmronlik qilishdi. Tuluniylarning qarorgohi Fustat yaqinidagi Qato’i qal’asi edi. Ahmad ibn Tulun Misrda 868 yilda turklar, barbarlar va zanjilardan iborat muntazam qо‘shin tuzdi. U о‘z nomidan 870 yildan boshlab tanga zarb ettira boshlaydi. Abbosiylar о‘lpon tо‘lashlari evaziga Xumoravayh va vorislarini Misr va Suriyada tan olishdi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin