Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Ayyubiylar davlati 1171-1250 yillarda Misrni boshqargan.Hududi-2,7 mln km.kv (1190). Davlat tuzumi-monarxiya. Davlat tili-arab tili bо‘lgan



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə14/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Ayyubiylar davlati 1171-1250 yillarda Misrni boshqargan.Hududi-2,7 mln km.kv (1190). Davlat tuzumi-monarxiya. Davlat tili-arab tili bо‘lgan.
Salohiddinning davlatini markazi Misr hisoblansada, ammo u butun Suriyani egallash va salibchilarni Quddusdan chiqarish fikru – xayoli bilan yurgan. Buning uchun u Suriyada о‘zlarini mustahkamlangan qal’alariga ega bо‘lgan va ham salibchilarga, ham musulmon hukmdorlarini yer – mulklariga hujum qilib turgan, vaziyatdan kelib chiqib, har ikkala tomon bilan ham ittifoqchilik munosabatlariga kirgan assasinlar bilan tinchlik sulhi tuzishga erishdi. Zangiylardan bо‘lgan bо‘ysunmas bu amirlar bilan tuzilgan tinchlik sulhi uzoq vaqtgacha saqlanib turdi.
XII asrning 80-yillarining boshlarida Salohiddin, Nuriddinning vafotidan keyin darhol yuzaga kelgan mayda knyazliklarni tugatishga va Suriyani Misrga qо‘shib olishga intildi. 1186 yilga kelib, u butun Misr, Suriya (salibchilar egallagan hududlardan tashqari) va ikki daryo oralig‘i (Iroq) dagi mayda knyazliklarni о‘z tarkibiga olgan davlat tuzdi. Mosul hukmdori о‘zini Salohiddinning vassali deb tan oldi va salibchilarga qarshi urushlar olib borish uchun harbiy qо‘shin va oziq – ovqat yetkazib berish majburiyatini oldi.
Komil shimolda – Kichik Osiyoda saljuqiy hukmdorlar bilan muvaffaqiyatli jang qildi. U 1237 yilda ilgari akasini mulki bо‘lgan, Damashq va Shimoliy Suriyani egalladi. Shunday qilib, Ayyubiylar mulklarini chegaralari yana qaytadan tiklandi. Biroq, 1238 yilda Komil vafot etgach, hammasi quladi.
1250 yilda mamluklarning (mamluk.arab.qul-Misrda hukmronlik qilgan, nasl-nasabi turkiy va Kavkaz xalqlari (gruzin, cherkas) lardan bо‘lgan qul-jangchilar) yо‘lboshchilaridan biri bо‘lgan Oybek, Ayyubiylarni hokimiyatdan chetlatdi va sulton unvonini qabul qildi. Shu vaqtdan boshlab Misr va Suriya mamluklar sulolasi tomonidan boshqarila boshladi, ular XVI asrning boshlariga qadar ya’ni 1517 yilgacha hokimiyat tepasida turishdi.
Misr va Suriyada mamluk hukmdorlarining hokimiyatini о‘rnatilishi masalasida shuni aytish mumkinki, ayyubiylar davlatini siyosiy hayoti va armiyasida mamluklar yanada katta ahamiyatga ega bо‘la boshladilar. Ular tuzgan otryadlarni ustida о‘zlarini orasidan saylangan beylar boshchilik qilishgan. Mamluk beylari harbiy hizmatni о‘taganliklari evaziga xizmat vaqtida foydalanish uchun yer – mulklar olishgan va feodallarga aylanishgan. Mamluk beylarining hokimiyati shunchalik darajada kuchaydiki, sо‘nggi ayyubiylar hukmdorlari paytiga kelib ular amalda mamlakatdagi barcha ishlarni boshqarishni о‘z qо‘llariga olishgan. 1249-1250 yillarda aynan mamluklar, fransuz qiroli Lyudovik IX tomonidan tashkil etilgan navbatdagi salib yurishini tor – mor etishdi.
Sulton Kutuzni hokimiyat tepasiga kelganidan biroz vaqt о‘tgach Yaqin Sharqda mо‘g‘ullarning bosqiniga qarshi turishga tо‘g‘ri keldi.
Ayyubiylar va mamluklar sulolasi davrida Misrda G‘arbiy Yevropadagi xristian cherkovi kabi musulmon masjid va madrasalari ham о‘zining yer mulklariga ega bо‘lgan. Vaqf yerlari masjid, madrasa va boshqa diniy tashkilotlarga taalluqli bо‘lgan. Vaqf yerlari ularning egasi bо‘lgan muassasaning doimiy mulki bо‘lib, undan soliq olinmagan.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin