Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Mavzu : XI-XV asrlarda Eron



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə40/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Mavzu : XI-XV asrlarda Eron
Reja:
1.Buvayhiylar sulolasi davrida Eron.
2.Eron Saljuqiylar davlati tarkibida.
3.Eronda ismoiliylar davlatining tashkil topishi.
4. Mо‘g‘ullar tomonidan Eronni istilo qilinishi va Xulakuiylar (Elxoniylar) sulolasi hukmronligining о‘rnatilishi.
5. Muzaffariylar sulolasi davrida Eron.
6.XIV asrda Erondagi xalq harakatlari.
Tayanch iboralar:
Buvayhiylar, Saljuqiylar, Ismoiliylar, Xulkuiylar, Muzaffariylar, Sarbadorlar, Safaviylar.
Buvayhiylar sulolasi davrida Eron. Oxirgi Sosoniy Yazdigard III 651 yilda vafot etgandan sо‘ng, Sosoniylar davlati faoliyatini tugatdi. Bu vaqtda kuchli harbiy davlat bо‘lib birlashib olgan arablar Fors davlati yerlariga hujum boshladi va forslarning hech qanday jiddiy qarshiligiga uchramay, tez orada g‘alaba qozonishdi. VII asrning о‘rtalarida sosoniylar imperiyasi о‘zaro ichki kurashlar, tobe xalqlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari hamda jabr-zulmdan qiynalgan dehqonlar va hunarmandlarning g‘alayonlari natijasida zaiflashib qoladi. Bu hol arab istilochilari uchun qulay sharoit tug‘dirgan edi. Natijada VII asrda sosoniylar imperiyasi arablarning zarbasiga bardosh qila olmasdan qulaydi.
Eronda islomni qabul qilmaganlardan jizya undirilgan. Yangi dinni qabul qilganlar jizya tо‘lamagan. Dehqonchilik yerlaridan musulmonlar ushr (dehqonchilik mahsulotlaridan olinadigan zakot, daromadning о‘ndan biri hisobida olinadigan soliq turi) tо‘lagan bо‘lsa, aynan о‘sha yerda dehqonchilik qilayotgan g‘ayridinlar xiroj (hosilning 4/1 hajmida undirilgan soliq turi) tо‘lagan.
Eronda yerlarning katta ulushi 3 qismga bо‘lingandi. Butun-butun qishloqlari boshqaradigan dehqonlarga qarashli yerlar, davlatga qarashli yerlar, kohinlarga qarashli yerlar. Arablar yerlarning barchasini musodara qilib, Arab davlatining yerlari deb e’lon qilishdi.
701 yilda Hajjojdan sо‘ng hokimiyatga kelgan voliy (voliy.arab.hokim, noib-о‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida viloyat hokimi) Abdurahmon ibn al-Ash’as ummaviylarga qarshi isyon kо‘tardi. Unga arablar va forslar qо‘shildi. Isyonchilar ummaviylar qо‘shinini mag‘lub etib, Basra va Kufani egallashdi. 702 yili isyon bostirildi.
Muoviya davrida 671 yilda Nishopur, Marv, Balx, Tohariston va Xuroson shaharlariga 50 ming arab oilasi kо‘chirildi.
Abbosiylar hukmronligi davrida 755 yili Nishopur va Ray shaharlarida Sunbod boshchiligida isyon kо‘tarildi. Qо‘zg‘olonga Abu Muslimning о‘ldirilishi sabab bо‘lgan. Isyonda mazdakiylar va shialar ham qatnashdi. Isyonchilar Nishopur, Kumis, Ray shaharlari va ularning atroflarini egallashdi. Abu Ja’far isyonni bostirish uchun 10 ming kishilik qо‘shin jо‘natdi. Ray va Hamadon oralig‘idagi hududda yuz bergan isyonchilar halokatga uchradi, ularning qolgan-qutgani qochib qutildi. Sunbod tutib olinib о‘ldirildi.
Eronda arablar zulmiga qarshi 767 yili Ustod Sisa boshchiligida, 778-779 yillarda Jurjonda surxi alam qо‘zg‘oloni, 816-837 yillarda Ozarbayjon va G‘arbiy Eronda Bobak boshchiligida qо‘zg‘olon, 839 yilda Tabariston (Mozandaron) da madyor boshchiligida qо‘zg‘olonlar bо‘lib о‘tgan va bular arablar tomonidan bostirilgan.
Eronni 864-928 yillarda Alaviylar sulolasi boshqargan, ular о‘zlarini Hasan ibn Alining avlodlari deb da’vo qilishgan. 928 yili Alaviylar somoniylardan mag‘lubiyatna uchradi, shundan sо‘ng hukmronliklari tugadi. Alaviylar davlati amirlari: Hasan ibn Zayd (864-883), Muhammad ibn Zayd (883-900), 900 yili somoniylar Tabaristonni egaladi, alaviylar G‘ilonga qochishdi va (900-913 yillarda boshqarishdi), Hasan ibn Ali (913-916), Hasson ibn Qosim (916-928) lar boshqarganlar.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin