Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Uniya – (lotincha – birlashma) – monarxiya davlatining bitta monarx hokimiyati ostida birlashuv formasi. Franklar –



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə75/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Uniya – (lotincha – birlashma) – monarxiya davlatining bitta monarx hokimiyati ostida birlashuv formasi.
Franklar – III asrdan boshlab ommaviy ravishda shimoliy Galliyaga bostirib kirgan bir qator g’arbiy german qabilalari: brukterlar, xamavlar, sukambrlar va boshqa qabilalarning bildirish uchun Rim yozuvchilari tomonidan qo’llanib kelingan nom. Vaqt o’tishi bilan IV asrning o’rtalarida franklarning umumiy ommasidan sali (yani dengiz boyi) franklari ajralib chiqdilar va ular Reynning quyi oqimidan to Sheldgacha bo’lgan yerlarga ko’chib joylashib oldilar. 385 –yil imperator Yulian tomonidan zabt etilgan va Rim imperiyasiga qaramligi majburan e’tirof ettirligan sali franklari o’z qirollari boshchiligida janubi-sharqqa qarab siljishda davom etdilar. Ular IV- asrdayoq Rim Toksandriyasining hammasini (Maas viloyatigacha ), V –asrning birinchi yarmida Kamre viloyatini va Galliyaning shimoliy-g’arbiy qismini to Sommigacha bosib oldilar. Xlodvig davrida franklarning o’zaro birlashgan qabilalari(shu jumladan Reynning ikkala qirg’og’idan to Maasdan sharqqa tomon ketgan yerlarda yashovchi Ripuar franklari ham) Rim hukumati bilan aloqalarini uzadilar, deyarli Galliyaning barcha hududini bosib olib mustaqil frank davlatini tuzadilar.
Xartiya – iqtisodiy-siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan ba’zi bir hujjatlarning nomi. Masalan Konstutsiyaga yozib qoyilgan asosiy qonunlar ba’zi ”konstutsion xartiya” deb nomlanadi. Hozirgi paytda bu atama iste’moldan chiqib ketdi, o’rta asrlarda esa u juda keng tarqalgan edi. Xartiya deb nom olgan o’rta asr tarixiy hujjatlari ichida eng mashhuri 1215-yilgi ”Erkinliklarning buyuk xartiyasi”dir.
Selibat (uylanmaslik) katolik ruhoniylarining uylanmasligi majburligi selibat katolik cherkovlarida haligacha davom etib keladi. Papa Girigoriy VII ( 1703-1085 ) tomonidan joriy etilgan. Katolik cherkovi selibatan cherkov yer-mulklarini mudom saqlab qolish vositasi sifatida foydalanib kelgan (yer-mulk merosxo’rlar o’rtasida bo’lib berilmaydigan bo’ldi) . Prosestant cherkovi selibatni inkor qiladi. Pravoslov cherkovida uylanmaslik faqat monaxlarga majburiy hisoblanadi.
Chashniklar – XV asrning birinchi yarmida Guschilar harakatining mo’tadil qanoti vakillari. Shahar aholisining o’rta tabaqalari, mayda va yirik chex feodallari bir qismining manfaatlarini ifoda etgan Chashniklar dasturi 1420 yil iyul Praga moddalarida bayon etilgan. Ular Chexiyada nemis feodallarining shahar patritsiylarning zulmini yo’q qilishga urindilar, cherkov yerlarining davlat foydasiga musodara qilishga urindilar, cherkov yerlarining davlat foydasiga musodaro qilishga gusizm ruhida targ’ibot olib borish erkinligini olishga erishdilar. Chashniklar gusizmning inqilobiy qanoti bo’lgan – taboriylardan xavotir olib feodal katolik lageri bilan kelishuvga o’tdilar, 1434 yil 30 mayda Lipanadagi jangda ularga hal qiluvchi zarba berdilar.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin