Denov tadbirkorlik va pedagogika institute pedagogika fakulteti maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi ermatova mehriniso bekmurodovna


Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida 0‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/5
tarix14.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#124080
1   2   3   4   5
2-mavzu 3 kurs metodika

Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida 0‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

0‘quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:

- o‘quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;

- ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi;

- o‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsimlash;

- har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;

- har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;

- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.


0‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik_bo‘lishi mumkin.
Namunaviy o‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. 0‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, talabalarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
- o‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
- kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
- dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati;
- fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
- o‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati;
- tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Namunaviy o’quv dastur
Mualliflik o’quv dastur
Namunaviy o‘quv dasturlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomnidan ishchi o‘quv dasturlari_ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o‘quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, talabalarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin