Denov tadbirkorlik va pedagogika institute pedagogika fakulteti maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi ermatova mehriniso bekmurodovna


‘quv rejasi va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/5
tarix14.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#124080
1   2   3   4   5
2-mavzu 3 kurs metodika

3.0‘quv rejasi va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar.
Oliy ta’limning o‘quv-meyoriy hujjatlariga o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklar kiradi.
0‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi o‘quv rejasi.
.
Namunaviy o‘quv reja tayanch o‘quv rejasi asosida tuziladi va 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqiladi.
Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bo‘lib, u namunaviy va amaliy o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
0‘quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
- o‘quv yili, semestrlar va ta’tillarning davomiyligi;
- ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi;
- o‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsimlash;
- har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir kursda fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
- har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi
Namunaviy o‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. 0‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, talabalarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
- o‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
- kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
- dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati;
- fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
- o‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati;
- tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Dasturdagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.
0‘quv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:
1. Dastur mazmunining ilmiy xususiyatga egaligi.
2. Dastur mazmunining ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyatga egaligi.
3. Nazariy g‘oyalarning amaliyot bilan birligi.
4. Dastur mazmunining ijobiy-tarixiy xususiyatga egaligi va aniq bir g‘oyaga asoslanganligi.
5. Dastur mazmunining muayyan tizimga ega bo‘lishi.
6. 0‘quv predmetlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘lanishning mavjudligi.
7. Dasturni tayyorlashda o‘kuvchilarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini inobatga olish.
O’quv dasturi– har bir alohida fan uchun tuziladi. Dastur o’quv rejasiga asoslanadi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma-ketligi, ikkinchi mavzu birinchisini to’ldirishi, izchilligi bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi. O’quv dasturida mavzu maqsadi qisqacha izoqlanadi.
Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yo’nalishlari ajratiladi. Ular boblarga bo’linadi. Boblar katta katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo’linadi va ta`lim oluvchilarga tushuntiriladi..
O’quv dasturining o’zini amal qilishi kerak bo’lgan qoidalari mavjud.
1. Dasturning aniq bir g’oyaga asoslanganligi. Dastur mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan qolda isloh qilingan, har bir fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar qirralaridagi erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirishi lozim. Dastur uzoqni ko’ra bilishi qoidalariga asoslanishi kerak.
2. Dastur ilmiylik prinsiplariga asoslanadi. Har bir ta’lim va tarbiya g’oyalari, ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi.
3. O’quv dasturi aniq mazmun va mantiq g’oyalarini o’zida aks ettirishi lozim. Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali o’rganiladi. Aks qolda tushuntirish qiyin bo’ladi.
4. Nazariyot bilan amaliyotning birligi prinsiplari. Talabalar nazariy olgan bilimlarini amalda qo’llay olish ko’nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi.
5. O’quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi. Vaqt o’tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma’lum bir ilmiy qonun-qoidalar paydo bo’lib, fan takomillashib boradi.
6. O`QUVdasturi davlat tomonidan tasdiklangan reja asosida bakalavr, magistr, litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida-alohida tuziladi.
E’tiboringiz ucun rahmat !
Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin