Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 4-kurs 6mm-20-guruh talabasi Xujamqulov Eldor



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə1/6
tarix26.11.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#136461
  1   2   3   4   5   6
Audit DD

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI 4-kurs 6mm-20-guruh talabasiAbduraxmonov Doston

Mavzu: Auditorlik hisoboti va xulosasi uni tuzish tartibi Reja 1. Auditorlik hisoboti 2. Auditorlik xulosasi 3.Ularni tuzish tartibi

Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi.O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishichaauditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.

Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak (19-modda). Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan № 70 - «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.


Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo’jalik muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin