Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xo’jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o’z vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin.
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini tashkil etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim. Boshqacha qilib aytanda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv bo’lib, uning xulosasi ma’lum ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» hisoblanadi. Shuningdek, davlat organlari topshirig’iga binoan o’tkazilgan tekshiruv natijalari bo’yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq tayinlangan ekspertiza xulosasiga tenglashtiriladi. Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo’lishi lozim.
Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan o’tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro’yxati, sanasi va hisobot davri ko’rsatilgan holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun ma’suliyat xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot bo’yicha berilgan auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi ko’rsatilishi lozim. 2. Auditorlik xulosasining ta’kidlovchi qismida auditorlik xulosasi AFMSga muvofiq o’tkazilganligi ta’kidlanishi lozim. Ta’kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko’rsatishi lozim. Shuningdek, ta’kidlovchi qismda o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish uchun etarli asos berishi to’g’risida auditorlik tashkilotining tasdig’i aks ettirilishi lozim. 3. Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismida õûæàëèê þðèòuvchi sub’ektning buxgalterlik (moliyaviy) hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini tasdiqlash to’g’risida yozuv yoziladi.