Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 4-kurs 6mm-20-guruh talabasi Xujamqulov Eldor



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə3/6
tarix26.11.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#136461
1   2   3   4   5   6
Audit DD

Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilganda, auditorlik xulosasini auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan tasdiqlaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan auditorlik xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va muhrlanishi mumkin. Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; b) salbiy auditorlik xulosasi.

Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam uchraydigan holat bo’lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo’lishi mumkin: auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar muhim va salmoqli bo’lgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda bunday holatlar ularning iqtisodiy nosorligi bilan birgalikda yuzaga , hatto amal qilayotgan korxona printsipining buzilishiga etib boradi; moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo’lgan dastlabki hujjatlar, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning katta qismi korxona ma’muriyati tomonidan taqdim etilganda; bunda auditorlik tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda №70-AFMSga muvofiq auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin; ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to’sqinlik qiladigan boshqa ob’ektiv vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqazosi vujudga keladigan srhani cheklashlar; mijoz-korxona ma’muriyati moliyaviy hisobot ma’lumotlarini asosan to’g’ri deb, auditorlik xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi asosiy xulosalari bilan rozi bo’lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va hakozo.

Auditni rejalashtirishning xususiy tamoyillari va ularning mohiyati Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobining holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniy-ligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini taftish qilish, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektining ma’lumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish va xokazo. Mijoz – auditorlik firmasining munosabatlari bo’lib, auditorlik firmasi mijozni baholaydigan, keyin mijozni “maqbul” deb topsa, bitim (tuzilishi) yopilishi haqida kelishuv xati yuboriladigan “bir yoqlama harakatli bitta ko’cha” emas. Auditorlik xizmatlari bozori raqobatbardosh hisoblanadi va boshqa har qanday biznes kabi har qanday auditorlik firmasi auditda huquqiy munosabatda bo’lishini xohlovchi o’ta kerakli mijozlar ham bor. Garchi, hamisha shunday bo’lmasa ham, auditorlik firmalariulardan ko’plab mijozlarni, ayniqsa, yirik mijozlarning takliflarini tayyorlaydi va taqdim etadi. Shuningdek, auditorlik mijozga nisbatan munosabatlarini tushunish auditorlar agar etika va kasbi talablari (mustaqillik, vakolatlik va boshqa) belgilangan majburiyatlar uchun tipik bo’lsa bajarish majburiyatlar uchun tipik bo’lsa bajarish mumkinligini ko’rib chiqish imkonini beradi. Bu mijozni qabul qilishdagi ikkinchi bosqich hisoblanadi. Biz, bu erda raqobatni muhokama qilamiz va bozorlar auditini o’tkazamiz: qiymatlar tasavvurlari, auditorlik xizmatlari sifati. Auditorlik firmasi mijozga majburiyatlar bo’yicha takliflarni yozib, ko’rsatishi lozim (buni ayrim auditorlar mijoz obro’sining tanlovi deb ham hisoblanadi).


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin