Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti MATEMATIKA VA INFORMATIKA yo’nalishi 8- mi guruh talabasi MUHIDDINOV RAMZIDDINNING
KOMPYUTER TA’MINOTI FANIDAN TAYYORLAGAN TAG’DIMOTI.
MAVZU;Ona plataga analogli va raqamli videokartalarni o’rnatish. Reja 1. Ona plataga analogli. 2. Raqamli videokartalarni o’rnatish.
Tizimli plataning standarti (form-faktori) uning o‘lchamini, tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan chiqishlarning holati va mahkamlash teshiklarining joylashishini belgilaydi Plataning aniq modeli va formatiga qarab teshiklar soni 6 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ularning platadagi holati qat’iyqayd qilingan. 2.8-rasmda tizimli plataning uchta standarti uchun mahkamlash nuqtalarining sxematik rejasi ko‘rsatilgan. Tizimli plata yig‘ish shassisiga uning yuzasidan taxminan 5 mm balandlikda mahkamlanadi.
Metall vtulkalar yoki plastmassali moslamalar plata bilan g‘ilof o‘rtasidagi oraliqni ta’minlaydi. Platani unga o‘rnatilayotgan qurilmalarning og‘irligidan vujudga keladigan o‘zgarishni kamaytirish uchun maksimal mumkin bo‘lgan nuqtalarga mahkamlash kerak. Plata g‘ilofga shassi bilan birga o‘rnatiladi. Agar protsessor elektr ta’minoti bloki yonida joylashgan bo‘lsa, platani qiyalatib kirgizish kerak. Plata kerakli holatni egallagandan keyin ichiga o‘rnatilgan (integratsiyalashgan) qurilmalar uchun razyomlar g‘ilofning orqa tarafidagi teshiklarga mos keladi. Shundan keyin shassini vintlar yordamida mahkamlash mumkin.
Protsessor va xotira qurilmasining konstruksiyasi joylashtirilishi shunday amalga oshirilganki, u butun tizimni maksimal sovutish imkonini beradi. ATX spetsifikatsiyasida g‘ilof ichida havoning bosimini kamaytirishga olib keladigan purkash kabi ishlaydigan ventilator Afzal ko‘rilgan. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar ATX ta’minot blokini tizimdan havoni so‘rib oluvchi ventilator bilan birgalikda ishlab chiqaradilar, ya’ni manfiy bosimli konstruksiyani taklif qiladilar.
Hisoblash ishlarining tarixi odamzod pay do bo'lishidan boshlanadi. Yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi. Qo'l va oyoq barmoqlari ibtidoiy "hisoblash vositasi" vazifasini o'tagan. Binobarin, o'sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli - barmoq hisobi paydo bo'lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta'minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo'l barmoqlari "besh"ni, ikki qo'l barmoqlari 'Vnni", qo'l va oyoq barmoqlari birgalikda "yigirmani" bildirgan.
Dastlabki va eng sodda sun'iy hisob asboblaridan biri birkadir. Birka 10 yoki 12 tayoqchadan iborat bo'lib, tayoqchalar turli tuman shakllar bilan o'yilgandir. Kishilar birka yordamida podadagi molar sonini, yig'ib olingan hosil miqdorini, qarz va hokazolarni hisoblashgan Hisoblash ishlarining murakkablashuvi esa yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etardi. Ana shunday ehtiyoj tufayli bunyodga kelgan va ko'rinishdan hozirgi cho'tni eslatuvchi abak asbobi hisoblash ishlarini bir muncha yengillashtirdi. Dastlabki hisoblash asboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo'lib, Shotlandiyalik matematik Jon Neper nomi bilan atalgan, Neper tayoqchalari yordamida qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari bajarilgan.