BMIning maqsadi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida talim-tarbiya jarayonida iqtisodiy tarbiyani shakllantirish, iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qiladigan nazariy tavsiyalar yaratish.
BMIning vazifalari:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodga ta’luqli bo‘lgan bilimlarni,
tushunchalarni singdirish.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning iqtisodiy tarbiyasini shakllantirishda fanlararo aloqadorligini qaror topishiga erishishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga iqtisodiy tarbiyani berishda oila-maktab hamkorligi ro‘lini oshirish.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Yosh avlodga iqtisodiy ta’lim tarbiya berish zarurligi ulug mutafakkirlarimiz Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, , Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar asarlarida, Qur’oni Karim, hadislarda ilgari surilgan. O‘quvchilarni iqtisodiy ta’lim-tarbiya bilan qurollantirishning ayrim masalalari Respublikamiz olimlari tomonidan tadqiq qilish bo‘yicha ayrim tajribalar to‘plangan.
O‘quvchilarga iqtisodiy ta’lim-tarbiya berish umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayoni kesimida muhokama qilingan bo‘lib, ularda iqtisodiy talim-tarbiyaning asosiy vazifalari, prinsiplari, mazmuni, asosiy tashkiliy shakllari va metodlari ishlab chiqilgan.. Maktab o‘quvchilariga iqtisodiy ta’lim-tarbiya berishning ayrim qirralarini birinchilardan bo‘lib, Z.A.Valiyeva, N.Q.Kamolova, X.J.Xudoyqulov, B.B.Sobirov, A.K.Suvonqulov, B.X.Yunusboyev, E.Umirzoqov, N.A.Hamedova va boshqalar tadqiq qildilar. Hozirgi vaqtda X.Xudoyqulov, M.Abdalimov, Z.Valiyeva, B.Karimov, B.Toshmurodov, A.Sanaqulov, va boshqalarning sa’y-harakatlari tufayli qator o‘quv qo‘llanma, uslubiy-amaliy adabiyotlar yaratildi.
BMI ob’ekti: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda talim-tarbiya jarayoni.
Dostları ilə paylaş: |