Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Yüklə 74,73 Kb.
səhifə2/8
tarix03.05.2023
ölçüsü74,73 Kb.
#126314
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogika kurs ishi

Kurs ishining maqsadi: K.D.Ushenskiy VA L.N.Tolostoyning asarlarida pedagogik g`oyalar va ularning pedagogik merosini o`rganish va ularning metodikalari bilan tanishish.
Kurs ishining vazifalari: a) Konstantin Dimitrievich Ushinskiy hayotini o`rganish
b) Ushinskiyning pedagogik g’oyalari bilan tanishish.
c) K.D.Ushinskiy didaktikasi bilan tanishish.
d) L.N.Tolostoyning asarlarida pedagogik g`oyalar va uning pedagogik merosi bilan tanishish.
I BOB K.D.USHENSKIY ASARLARIDA PEDAGOGIK G`OYALAR VA ULARNING PEDAGOGIK MEROSI
1.1 Konstantin Dimitrievich Ushinskiy hayoti.
Konstantin Dmitrievich Ushinskiy (1824—1870)Mashxur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o‘qituvchilarining o‘qituvchisi» Konstantin Dmitrievich Ushinskiy 1824 yilning 19 fevralida Tula shaxrida tug‘ildi.
Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chikardi. So‘ngra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o‘qishga kirib, uni 1840 yilda muvaffaqiyatli tamomladi. Usha yili Moskva dorilfununining xuquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi va usha davrning mashxur professori Redkinning bevosita raxbarligi ostida talim oldi.
Ushinskiy 1845 yilda YAroslavl litseyiga kameral (xukukshunos) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatga kirdi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta istedod egasi, ekanini namoyish eta oddi. SHuningdek, Ushinskiy zo‘r ishtiyok bilan o‘qituvchilik ishini olib borib, talabalarga xavas bilan bilim berishga xarakat qildi. Ularda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg‘otdi, eng muximi, o‘z xalk va ona yurtini jondan sevish, ardoklash xamda vijdonan xalol mexnat qilishga da’vat etdi. Bu yosh va iste’dodli professorning mazmunli ma’ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglab, chukur va mustaxkam sabok olar edilar.
K.D.Ushinskiy-pedagoglik faoliyatini ilmiy-ijtimoiy ish bilan birga ko‘shib olib bordi. 1848 yilda uning birinchi ilmiy ishi-«Kameral fanlarni o‘kitish xaqida» degan asari nashr kilindi. Bu asarda Ushinskiy oliy o‘kuv yurtlaridagi mavjud o‘qitish tizimiga nisbatan tanqidiy ko‘z bilan qaradi. Hukumat tomonidan erkinlik berilishini talab etdi. o‘kitish tizimini yaxshilashga oid yirik uslubiy muammolarni o‘rtaga qo‘yib, ularni qanday xal etish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
Ushinskiyning ilm-fanni demokratik tarzda targ‘ib etishi reaksion doiralarga ma’qul tushmadi. 1849 yil sentyabrida Ushinskiy va uning do‘stlari, demokratik ruxdagi o‘qituvchilar, siyosatda shubxali, xukumatga ishonchsiz kishilar sifatida litseydan chetlatildi. K.D.Ushinskiy boshqa ish topish maksadida 1849 yilda Peterburgga ko‘chib borib, juda katta qiyinchiliklardan so‘ng 1850 yilda ichki ishlar vazirligida kichik bir amaldor vazifasida ishlashga majbur bo‘ldi va u erda turt yil ishladi. Ushinskiy faqat 1854 yildagina YAroslavl -litseyi sobiq direktorining tavsiyasi bilan Gatchino institutida til-adabiyot va qonunshunoslik o‘qituvchisi bo‘lib ishga kiradi va u erda tez fursatda shu institutning sinflar inspektori vazifasiga ko‘tarildi. Ushinskiyning pedagogik faoliyati tom manosi bilan ana shu vaqtdan boshlandi. U 1859 yilda Smolniy institutining sinflar inspektori vazifasiga tayinlandi. Unga shu institutning juda achinarli xolga tushib qolgan ilmiy bo‘lim ishlarini qaytadan tartibga solishday muxim topshiriq yuklandi. Ushinskiy bu ishni epchillik bilan puxta bajarib, pedagoglik jarayonni uyushtirish soxasida o‘zining katta kobiliyat soxibi ekanini ko‘rsatdi. SHu bilan birga uning pedagogika masalalariga bag‘ishlangan va muntazam chop etilayotgan nazariy tadqiqotlari uning faqat amaliyotchi emas, balki o‘z ixtisosi bo‘yicha kuchli nazariyotchi ekaligini ko‘rsatdi.
Ushinskiy 1857 yildan boshlab «Tarbiya jurnali» («Jurnal dlya vospitaniya» )da, so‘ngra «Xalq maorifi jurnali»da juda ko‘p sermazmun maqolalar e’lon qildi. 1860 yilda u «Xalq maorifi jurnali»ning muxarriri qilib tayinlandi. Ushinskiy 1861 yilda o‘zining «Bolalar dunyosi» («Detskiy mir») nomli o‘kish kitobini nashr ettirdi». Bu kitob o‘sha yilning o‘zidayok ikki marta chop etildi.
Buyuk slavyan pedagogi Yan Amon Komenskiy 1592 yilda Chex diniy jamoasida tegirmonchi oilasida tug‘ildi, jamoadagi maktabda o‘qidi. Komenskiy otaonasidan erta judo bo‘ladi, jamoa a’zolari yordamida universitetga kirib, o‘qishni tamomlagandan keyin, Fulkenns shahridagi qardoshlik maktabida o‘qituvchi bo‘lib xizmat qildi. So‘ngra mahalliy jamoada rahbarlik vazifasida ishlaydi, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanib, chex tilining xususiyatlarini, xalq og‘zaki ijodini o‘rganadi, qardoshlik maktablaridagi o‘qitish mazmuni va usullarini takomillashtirish ustida ish olib boradi. 1628 yilda chex xalqi bilan birga Pol’shaning Leshno shahriga ko‘chib keladi, bu shaharda ham qardoshlik maktabini ochib, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, o‘ziga olamshumul shuhrat keltirgan “Buyuk didaktika “ va “Onalar maktabi “ asarlarini nashr qildiradi. Shvetsiya va Vengriyada bo‘lganda ham maktablarni isloh qilish bilan shug‘ullanadi, “Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari “ darsligini, “Insoniy ishlarni tuzatish haqida umumiy maslahatlar “ asarlarini yozadi. Komenskiy bola tarbiyasi, insonning tabiat bilan uyg‘unligi haqida. Komenskiy o‘rta asrdan farqli o‘laroq tug‘ilganidan boshlab bola egallagan qobiliyatini xudoning tuhfasi hisobladi va ayni paytda, bu qobiliyat faqat tarbiya jarayonida rivojlanishini o‘qtirdi. Komenskiy insonning rivojlanishida tarbiyaning o‘rni benihoya ekanligiga ishonadi va tarbiya tufayligina har qanday bolani yuksak axloqli ma’lumotli qilib yetishtirish mumkin degan fikrni bildirdi, bolani yoshlik chog‘idan jismonan sog‘lom, ma’naviyatli qilib tarbiyalashni talab qildi. Komenskiy o‘z pedagogik qarashlarida insonni tabiatni bir qismi deb hisobladi va tabiatdagi barcha mavjudodni yagona bir qonunga bo‘ysunadi, degan g‘oyani olg‘a suradi. Uning fikricha, ta’limni, bolalarni narsa va mavjudodlar bilan tanishtirishdan, ularni idrok qildirishdan boshlash, undan keyin ularga xos xususiyatlarni o‘rganishga o‘tish zarur.
Komenskiyning fikricha, bolaning yosh xususiyatlarni hisobga olish asosiga qurilgan ta’limgina uyg‘un bo‘ladi. Komenskiy barcha bolalarni bilimlarni idrok qilishga qodir deb hisoblab, “barchani hamma narsaga o‘rgatish” zarurligini, ta’limning umumiy bo‘lishini talab qiladi. Komenskiy maktab bolalariga har tomonlama bilim berishi, ularning aqlidroki, axloqi, his-tuyg‘ulari va irodasini rivojlantirishi lozimligini ta’kidlaydi. Komenskiy inson rivojlantirishini to‘rt bosqichga: go‘daklik, bolalik, o‘smirlik, yetuklik davrlarga bo‘ladi.Komenskiy tug‘ilganidan boshlab 6yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun alohida onalar maktabini ochishni, ularga onalar rahbarligida ta’lim va tarbiya berishni tavsiya etadi. Uning tavsiyasi bo‘yicha, 6 yoshdan 12yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qish ona tilida olib boriladigan maktabda ta’lim oladilar. Ilm olishga moyilliga sezilgan 12-18 yoshli yigit qizlar shaharda tashkil etiladigan lotin maktabi yoki gimnaziyaga borishlari lozim. Komenskiy olim bo‘lishni xohlagan 18yoshdan 24yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun har bir davlatda akademiyalar tashkil etishni taklif qiladi. Komenskiy barcha bosqichlar uchun (akademiyadan tashqari) ta’limning mazmunini ishlab chiqadi. U har bir fanning o‘qitilishini “eng oddiy elimentlardan “boshlab, bolalar bilimi rivojini hisobga olgan holda takomillashtirib borishni tavsiya etadi. Konstantin Dmitriy Ushinskiy Hayoti va pedagogik faoliyati K. D. Ushinskiy 1824-yilda Tula shahrida tug‘ildi. U Novgorod -Severskdagi gimnaziyada o‘rta ma’lumot olgach, 1840-yilda Moskva universitetining adliya (yuridik) fakultetida o‘qidi, mustaqil ravishda rus, nemis, fransuz tillarini o‘rgandi. Universitetni tamom qilgandan keyin Yaroslavldagi adliya litseyida qomus (ensiklopediya), qonunshunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasiga professor lavozimini bajaruvchi qilib tayinlandi. Ushinskiy bu davrda talabalarda ilm-fanga havas uyg‘otishga, xalqqa muhabbat tuyg‘usini shakllantirishga e’tibor berdi. Ushinskiy Smol’niy institutida ishlash bilan birga, “Jurnal Ministerstva prosvesheniya”ga muharrarlik qildi, uni nazariy-metodika jurnaliga aylantirdi, butun diqqatini pedagogika, didaktika va psixologiya masalalariga qaratdi. Ushinskiy pedagogikada xalqchillik tarbiyasi g‘oyasi haqida Ushinskiy pedagogika tizimiga xalqchillik prinsipini asos qilib oldi, xalq manfaatlariga muvofiq tuzilgan tarbiya tizimi bolalarda vatanparvarlik va milliy iftixor, mehnatga muhabbat, axloqiy sifatlarni rivojlantirish va mustahkamlashni isbotladi.
Ushinskiy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqida Ushinskiyning fikricha, tarbiyaning muhim xususiyati barcha vositalar va usullar yordami bilan bolaga uning kamol topishiga, iroda va xulq atvorning mustahkamlanishiga ta’sir etishidir. Ushinskiy tavsiya etgan tarbiya vazifalari bolaning erkin ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yib berish, shu faoliyatning o‘sib borishi uchun zarur bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy muhitni boshqarib borish, bolaning faoliyatiga shaxsan tarbiyachi rahbarlik qilib turishini, ammo bunda bolaning erkini bo‘g‘ib qo‘ymaslik, bolada foydali odat va axloq masalalarini to‘planib borishiga imkon yaratishdan iborat bo‘ldi. Ushinskiy bola faoliyatida mehnat va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida Ushinskiyning fikricha, mehnat kishining aqliy va jismoniy jihatdan kamol topishi uchun zamin yaratadi. Tarbiya ta’lim bilan bog‘langan taqdirdagina, o‘zining ulug‘ vazifasini bajara oladi; yosh avlodni eng qisqa bir muddat davomida insoniyat erishgan darajaga o‘stirib bora oladi. Shuning uchun ham, Ushinskiy ta’limning umumpedagogik asoslaridan biri-ta’limning tarbiyaviy mohiyatga ega ekanini ta’kidladi. Ushinskiy ta’limni tarbiya bilan bog‘lab borish zarurligini, avvalo, bolalarda bir butun dunyoqarash va mustahkam e’tiqodni tarbiyalash zarurligini uqtirdi. Ushinskiy didaktika o‘qitish nazariyasining psixologik asoslarini o‘sha vaqtdagi ilmiy muvaffaqiyatlarga muvofiq ravishda bayon qilib berdi. Uning ta’limotida diqqat, iroda, xotira va xisyutrlarni tarbiyalash to‘g‘risida va bu psixik hodisalar qonug‘iyatlarini ta’limga tadbiq etish to‘g‘risida qimmatli ko‘rsatmalar borligini ko‘ramiz. Ghunonchi, u har qanday ta’lim jarayonida shakllar yo‘li bilan bolalarning faol diqqatini rivojlantirish, qanday qilib ongli xotirani tarbiyalash, takrorlash yo‘li bilan o‘quv materiallarini o‘quvchilar ongida mustahkamlashni tavsiya qildi. Ushinskiy iroda va uning ahamiyati izohlab, ta’limni iroda bilan bog‘langan, ixtiyoriy bir jarayon deb ta’riflaydi. Bu jarayonning asosini maqsadga intilish, o‘qishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilish tashkil etadi. Ushinskiy dars va o‘qitish usullari haqida Ushinskiy ta’lim -tarbiya ishida o‘quvchilarning faolligiga va tashabbuskorligiga tayanish kerakligini uqtirar ekan, ta’lim bolalarga mukammal bilim bermog‘i va malakalar hosil qilishi uchun aniq-ravshan, shu bilan birga, tartibli va izchil bo‘lmog‘i lozim, deb ta’kidlaydi. Ushinskiy ta’lim jarayonidagi ko‘rgazmalilik bola bevosita idrok etadigan aniq obrazlar asosiga bo‘linishini ta’kidladi. Ushinskiy ko‘rgazmalilik tushunchasiga suratlar, kolleksiyalar, modellar, jadvallar va boshqa ko‘rgazma qurollarini, biz ko‘rib turgan olamdagi buyumlar va hodisalarni, shuningdek, bolaning turmush tajribasini va badiiy asarlardan aniq obrazlar orqali ifodalangan hayotiy voqealarni ham kiritgan. Ushinskiy ko‘rgazmali ta’lim usulini mukammallashtirdi, suratlardan foydalanib, bolalarga hikoya qilib berish va bolalarning suratlarga qarab so‘zlab berishlari usullarini asoslab, bu usulning bir qancha aniq qoidalarini yaratdi. Ushinskiy boshlang‘ich ta’limning mukammal o‘quv rejasini taklif qildi: bu o‘quv rejasi o‘z ichiga ko‘rgazmalilik o‘qitish; yozuv, rasm, bolalarning qo‘l ishlari, o‘qish, sanoq, hikoya qilib berish, ashula, gimnastika mashg‘ulotlarini oladi. Ushinskiyning pedagogikani rivojlantirishda tutgan o‘rni Ushinskiy o‘zining barcha nazariy va amaliy ishlarini boshlangich maktabni umumiy ma’lumotning poydevori bo‘la oladigan qilib tashkil etilishiga yo‘naltirdi. Ushinskiyning ko‘pgina fikrlari hozirgi vaqtda ham o‘z mohiyatini yo‘qotgan emas.

Yüklə 74,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin