Qudrat Hikmat ijodida “Tinchlik haqida qoʻshiq” sheʼri alohida ahamiyatga egadir. Shoir tinchlikning mohiyatini butun borligicha sheʼrga soladi:
Tinchlik juda soz,
Toʻkin-sochin yoz.
Oʻq tovushi chiqmas,
Yangrar qoʻshiq, soz.
Shoir tinchlik soʻzini chuqurroq ochish uchun urushning yomon oqibatlarini yosh kitobxonlar ongiga mos ravishda koʻrsatadi:
Boʻlsa-chi urush,
Oʻt tushar har yon.
Tinch shirin turmush,
Boʻladi vayron…
Goʻzal shaharlar,
Yonib kul boʻlar.
Na giyoh qolar,
Na daryo, koʻllar.
Bu sira boʻlmas,
Xalqlar yoʻl qoʻymas,
Tinchlik – obodlik,
Hech qachon soʻnmas.
Qudrat Hikmat halol mehnatni goʻzal hayot manbayi, u bilan kishi hurmat topadi deb ifodalaydi. Shuning uchun u oʻzining kichik kitobxonlarida yoshligidanoq mehnat koʻnikmalarini tarbiyalashni asosiy vazifa deb biladi. “Buvimning deganlari” sheʼrida oʻz mehnat samarasidan xursand boʻlgan kichkintoylar qiyofasini yaratadi. Muallif oʻzining kichkina qahramonidagi intilishni sezib, uni ulugʻ ishlarga boshlaydi. Sanobar buvisi bilan pilla qurti tutadi va bu ishdan benihoya xursand boʻladi:

Sanobarning vaqti chogʻ,
Barg keltirdi bir quchoq.
Buvi ham Sanobarning ishidan xursand boʻladi, endi uning katta ishlarni ham uddalay olishiga ishonadi: