Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyixalash uchun xar bir detalning yillik ishlab chiqarish dasturi asos bo‘ladi. Xuddi shuningdek detalning ishchi chizmasi uni tayyorlash bo‘yicha texnik shartlari dastlabki ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.
– rasm. Berilgan oq detalining ishchi chizmasi hamda texnologik yuzalarning belgilanishi.
Tokarlik vintqirqish A tores yuza l=120 mm o‘lchamda kesilsin
B yuza ø37 mm l=88 mm o‘lchamda qora yo‘nilsin B yuza ø36 mm l=88 mm o‘lchamda toza yo‘nilsin V yuza ø30 mm l=10 mm o‘lchamda yo‘nilsin
J yuza 24 mm l=22 o`lchamda toza yo`nilsin.
Tokarlik vintqirqish D tores yuza l=64 mm o‘lchamda kesilsin
G yuza ø68.5 mm l=28 mm o‘lchamda yo‘nilsin G yuzada ø64.5 mm saqlanib l=2 mm o‘lchamda ariqcha ochilsin
G yuzada 2 ta 1.5x45°
faska ochilsin
Vertikal frezalash
A o‘rnatish B yuzada 8x25x4 o‘lchamda shponka ariqchasi ochilsin
B o‘rnatish
B yuzada ø8 mm l=1 mm o‘lchamda uyacha ochilsin
V, G
G
6R11
1
Vertikal
frezalash
2
Texnologik jarayonining texnologik hujjatlarini (martshrut kartasi) to‘ldirish
Texnologik jarayon loyihalashda va uning hujjatlarini to‘ldirishda jarayon tarkibini aniq belgilab, har bir operasiya nomini va tarkibini to‘g‘ri ifodalab olish kerak.
Kesib ishlov berish texnologik operasiya va o‘tishlarning yozish qoidalari GOST 3.1702-79 bilan belgilangan.
Mashina tayyorlash texnologik jarayonini loyihalashda har bir detalga mexanik ishlov berish uchun quyidagi kartalar tuziladi:
Marshrut kartasi – mahsulotni tayyorlash va nazorat qilish operasiyalari, jihozlari, mashinalari haqidagi texnologik jarayonning ma’lumotiga ega.
Eskizlar kartasi – operasiyalar bo‘yicha mahsulotni tayyorlash texnologik jarayonning grafik ko‘rinishiga egadir.
Operasion karta – alohida o‘tishlar, dastgoh, moslama va kesish maromi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan texnologik jarayon operasiyasi haqidagi hujjatdir.