Detal yuzalarining tozalik klasslarini aniqlash va uning chizmasiga gʻadir-budirlik belgilarini qoʻyish Reja



Yüklə 348,15 Kb.
səhifə2/6
tarix08.06.2022
ölçüsü348,15 Kb.
#116743
1   2   3   4   5   6
qaraboyev

Bazaviy uzunlik l - sirt g’adir-budurligini xarakterlaydigan notekisliklarni ajratish uchun foydalaniladigan bazaviy chiziqning uzunligi. Bazaviy chiziq (sirt) - profil’ (sirt) ga nisbatan ma`lum tarzda o`tkazilgan berilgan geometrik shaklning sirt geometrik parametrlarini baholash uchun xizmat qiladigan chizig’i. G’adir-budirlik qirindi hosil bo`lishi, asbob kesuvchi qirralari (yonlari) notekisliklari ko`chirilishi va uning detalga ishqalanishi sirtdan material zarralarining (qismlarining) ko`porilishi (ko`chishi) va boshqa sabablar oqibitida paydo bo`ladigan detal’ sirtqi qatlamining plastik deformatsiya natijasi bo`lib hisoblanadi. Sirt g’adir-budirligining sonli qiymatlari yagona bazadan aniqlanadi, u sifatida profilning o`rta chizig’i m,  ya`ni nominal’ profil shakliga ega bo`lgan bazaviy chiziq qabul qilingan va bazaviy chiziq chegaralrida profilining bu chiziqqacha o`rtacha kvadratik chetlanishlar minimal bo`ladigan qilib o`tkazilgan. G’adir-budirlikni profil’ o`rta chizig’idan hisoblash tizimi o`rta chiziq tizimi deyiladi. Agar g’adir-budirlikni aniqlash uchun sirtning l uzunlikli qismi tanlangan bo`lsa, l dan katta qadamga ega bo`lgan boshqa notekisliklar (masalan: to`lqinsimonlik) hisobiga olinmaydi. Pribor ko`rsatilishi sochilishini va notekisliklar tizimining imkoniy bir jinslimasligini hisobga olgan holda g’adir-budirlikni ishonchli baholash uchun o`lchashlarni sirtning turli joylarida bir necha marta takrorlashga va o`lchov natjasi sifatida baholashning bir necha uzunliklari o`lchash natijalarining o`rta arifmetigini qabul qilishga to`g’ri keladi. Baxolash uzunligi L - g’adir-budirlik baholanadigan uzunlik u bir yoki bir necha bazaviy uzunlik l dan iborat bo`lishi mumkin (yoki l ni o`z ichiga olishi mumkin). Bazaviy uzunlikning sonli katorlari: 0,01; 0,03; 0,08; 0.25; 0,80; 25; 8; 25 mm qatoridan tanlanadi.
Standartlashtirish bo`yicha ISO 0468 xalqaro tavsiyasiga to`la mos keladigan GOST 2789-73 (ST SEV 638-77) ga muofiq materiali va tayyorlash sirtni hosil qilish usulidan qat`iy nazar buyumlar sirtining g’adir-budirligining miqdoriy jihatdan bir yoki bir nechta parametrlar: profilning o`rta arifmetik chetlanishi Ra, o`nta nuqta bo`yicha profil’ tekisliklarining balandligi R2, profil’ tekisliklarining eng katta balandligi Rmax , notekisliklarning o`rtacha qadami Rm, profil’ mahalliy chiqiqlarining o`rta qadami S, profil’ning nisbiy tayanch uzunligi tp (r-profil’ kesimi sathining qiymati (miqdori) 5.2–shakl) bilan baxolash mumkin. Ra - parametri profil’ hamma (barcha) notekisliklarining o`rtacha balandligi, Rz - eng katta notekisliklarning o`rtacha balandligi, Rmax - profilning eng katta balandligini xarakterlaydi. Sm, S va Tp qadamiy parametrlar notkekisliklarning xarakterli nuqtalarining tegishli shakl va o`zaro joylashuvini hisobga olish uchun kiritilgan. Bu parametrlar shuningdek, profilning spektral xarakteristikalarini ham me`yorlashtirishga imkon beradi. G’adir - budirliklarning notekisliklarning balandlikli xususiyatlari bilan bog’liq parametrlari.

5.1.–shakl. To`lqinsimonlikning balandligi (a) va qadamini (b) aniqlash sxemasi


Profilning o`rtacha arifmetik chetlanish Ra - bazaviy uzunlik chegaralarida profil chetlanishlari mutloq qiymatlari ichidan o`rtacha arifmetigi:

bu erda l- bazaviy uzunlik; n - bazaviy chiziqda profilning tanlangan nuqtalari soni. Profil’ chetlanishi Y - profilning istalgan nuqtasi va o`rta chiziq orasidagi masofa. Profil’ notekisliklarining o`nta nuqtasi bo`yicha balandligi Rz - bazaviy chizik chegaralarida profil’ bevosita eng katta botiqliklarning o`rtacha chuqurliklar o`rtacha mutloq qiymatlarining summasi:

bu erda Ypi - profil’ i-nchi eng katta chizig’ining balandligi; Yvi - profil’ i- inchi eng katta botiqligining chuqurligi.
Profil’ notekisliklarining eng katta balandligi Rmax - bazaviy uzunlik l chegaralarida profil’ chiziqlari chizig’i va profil’ botiqliklari o`rtasida masofa (5.2-shaklga qarang)

Yüklə 348,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin