qirqim deb ataladi. Mahalliy qirqim to`lqinsimon tutash chiziq bilan chegaralanishi
zarur.
11.8-shakl
KESIMLAR
Buyumlarni bir yoki bir nechta tekislik bilan xayolan kesganda, uning yuzasida
hosil bo’ladigan tasvir “kesim” deb ataladi.
Kesimlar 11.9-chizmada richagning chizmasi berilgan. Bosh ko’rinish va
ustidan ko’rinish richagni hamma elementlari haqidato’liq tushuncha bermaydi. Uning
uchinchi ko’rinishi ham richagni shakli haqida kerakli ma’lumotni bermaydi, chunki
unda ko’p ko’rinmaydigan, chizmani xiralashtiradigan kontur chiziqlar hosil bo’ladi,
bunday buyumlar shaklini bilish uchun kesim qo’llaniladi.
11.9-shakl
Kesim. O’DSt 2.305-97 ga muvofiq buyumning bitta yoki bir necha tekislik
bilan fikran kesib hosil qilingan tasvir. Kesuvchi tekislikda qanday tasvir hosil bo’lgan
bo’lsa, kesimda ham shu tasvir ko’rsatiladi. Kesim quyidagicha chiziladi: buyumning
kerakli joyidan hayolan tekislik bilan kesiladi. (11.9-shakl, a). Kesuvchi tekislikda hosil
bo’lgan tasivrni tasvir tekisligiga parallel joylashtiriladi, (11.9-shakl,
б) formatning
bo’sh joyiga qirqim chiziladi.(11.9-shakl, b). Kesimlar ko’rinishdan chetga chiqarib
yoki k o’rinishning o’zida ko’rsatilgan bo’ladi.
Chizmada kesimlarning joylanishi.
Chizmada kesimlar strelka yo’nalishiga muvofiq ravishda joylashtiriladi.
Kesimlar “chetga chiqarilgan”, “ustiga qo’yilgan” yoki “qirqim orasida joylashtirilgan”
bo’lishi mumkin.
11.10-shakl
Tasvirdan chetga chiqarilgan kesimlar. 11.10-shakl
a, б da tasvirni konturdan
tashqariga olib chiqilgan qirqim ko’rsatilgan. Chetga chiqarib tasvirlangan kesim
konturi asosiy tutash chiziq bilan chiziladi. Kesimi o’zgarmaydigan uzun buyumning
profil kesimida 11.10-shakl b,
г dagidek ko’rsatilishi mumkin. Ya’ni buyumning
o’rtarog’i to’lqinsimon ingichka chiziq bilan ikkiga ajratiladi va ularni orasiga kesim
joylashtiriladi.
Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim. Bu kesim kesuvchi tekislik o’tgan
joyiga chiziladi. Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim konturi ingichka tutash chiziq
bilan chiziladi. (11.10-shakl, d, e). Kesimni chetga chiqarib chizish afzalroq. Chunki
chizmani ustida bajarilgan kesim ko’rinishni to’smaydi va chizmani o’qishni
qiyinlashtirmaydi. Kesim kesuvchi tekisliklarni izini yo’nalishlariga nisbatan simmetrik
(11.10-shakl,
б, b, d) yoki nosimmetrik (11.10-shakl, a,г,e) bo’lishi mumkin. Umumiy
holda kesuvchi tekislikni holati chizmada kesim chizig’i bilan ko’rsatiladi. Buning
uchun orasi ochilgan boshlanishiga va oxiriga kuzatuvchining nigohi ko’rsatilgan
strelka qo’yilgan shtrix chiziq qo’llaniladi. Chiziq va strelkalar 11.11-shaklda
ko’rsatilgan o’lchamlarga muvofiq bajariladi.
11.11-chizmada
Bunda S chizmadagi kontur chiziqning qalinligi kesim chizig’ining boshlanishi
va oxiriga bir xil bosma xarf qo’yiladi. Kesim chizig’iga yoziladigan xarflar berilgan
chizmadagi o’lcham sonlarini o’lchamiga qaraganda 1-2 marta katta bo’lishi kerak.
Kesimlarni harf bilan belgilash alfavit tartibida bo’lishi kerak va ular qaytarilishi
mumkin emas. Kesim ustiga A-A yozuv yoziladi. Quyidagi hollarda kesim chizig’i
o’tkazilmaydi va kesimga xarfli yozuv yozilmaydi:
a) Agar kesim chizmaning ustida bajarilgan bo’lsa. (11.10-shakl, d).
b) Agar tashqariga chiqarilgan kesimning simmetriya o’qi kesuvchi tekislikning
izini davomi bo’lsin. (11.10-shakl,
б).
v) Agar kesim buyum tasvirini uzilgan joyida ko’rsatilgan bo’lsa.(11.10-
shakl,b).
Buyumning tasvirini uzulgan joyida (11.10-shakl,
г) yoki tasvirning ustida
(11.10-shakl, e) bajarilgan nosimmetrik kesim uchun kesim chizig’i strelka bilan
o’tkaziladi, lekin harf bilan belgilanmaydi. Bundan boshqa hamma hollarda simmetrik
va nosimmetrik kesimlarga strelka qo’yilgan kesim chizig’i va harfli belgi qo’yilishi
zarur. Agar kesuvchi tekislik slindrik teshik yoki chuqurchani chegaralovchi aylanish
sirtining o’qi orqali o’tsa u holda teshik yoki chuqurchani konturi to’la
ko’rsatiladi.(11.12-shakl)
.
11.12-shakl
11.13-shakl
Kesimni chizish va joylashtirish bo’yicha strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishga
to’g’ri kelish kerak. Kesimni formatni hohlagan joyiga chizish va uni chizmani o’qish
uchun qulay bo’lgan burchakga burish mumkin. Bunda kesimni bildiruvchi yozuvdan
kegin O shartli grafik belgi qo’yiladi. (11.13-shakl).
11.14-shakl
Bitta buyumga tegishli bo’lgan bir necha bir hildagi kesimlar uchun kesim
chizig’i bir xil xarf bilan belgilanadi va bitta kesim chizib ko’rsatiladi. (11.14-shakl).
Agar kesuvchi tekislik har-xil burchak ostida yo’nalgan bo’lsa, unda burulish belgisi O
qo’yilmaydi. (11.15-shakl).
11.15-shakl
11.16-shakl
Kesuvchi tekislikni shunday tanlanishi kerakki bunda normal (odatdagidek)
ko’ndalang kesim hosil bo’lishi kerak. Shuning uchun murakkab shakldagi buyumning
kesimni ikkita kesim bilan tutashtiriladi. (11.16-shakl). Kesuvchi tekislik sifatida
tekislikga yoyilgan stilindrik sirtni qabul qilish mumkin. Kesimda kesim natijasida
aniqlangan teshik, chuqurcha, tirqich va boshqa buyumning konstruktiv elementlarini
ko’rsatish mumkin.
Chizmada kesimlarining joylashuvi.
Chizmadakesimlar strelkayo’nalishigamuvofiqravishdajoylashtiriladi.Kesimlar
“chetgachiqarilgan”, “ustigaqo’yilgan” yoki “qirqim orasida joylashtirilgan” bo’lishi
mumkin.(11.17-shakl).
А А-А А Qirqim-bu biror bir detalni bir yoki bir nechta teksliklar bilan xayolan kesish orqali hosil qilingan tasvir. Bunda kesuvchi tekslik yuzasida hosil bo`lgan tasvir va uning orqa tomonida ko`rinib turgan detal qismlari ham qo`shib chiziladi. Qirqimlar odatda predmrtlarning ichki tuzilishlarini aniqlash uchun qo`llaniladi
Detalning asosiy ko`rinishi. Yaqqol tasvir.
Chizmada detalning frontal, gorizontal va profil proeksiyalari tasvirlanadi. Detalning ichki ko`rinishlari bizga ko`rinmasligi sababli, ular shtrix chiziqlar bilan ko`rsatilgan. Agarda detalning ichki qismida bir qancha teshiklar, o`yiqlar, ariqchalar bo`lsa, ularni imkoni boricha aniq ko`rstosh kerak bo`ladi. Ana shunday maqsadlar uchun esa qirqimlar qo`llaniladi.
Detalning ichki tuzilishini ko`rish uchun uni xayolan tekislik bilan kesish lozim. Bu esa kesuvchi tekislik Kesuvchi tekislik
Detalning xayoliy tekislik bilan qirqib olingan yarim qismi
Detalga berilgan frontal qirqim (yaqqol tasvir)
Frontal qirqimning kesuvchi tekislikda qolgan tasviri
Qirqim ko`rinishlar bilan birgalikda o`zaro bog`liq bo`ladi. Frontal qirqim – bosh ko`rinish sifatida qaraladi.
Profil qirqimni qurishda kesuvchi tekislik silindrik teshikning o`q chizig`I bo`ylab o`tadi Agarda kesuvchi tekislik proeksiyalar tekisligiga parallel qirqim profil qirqim deb ataladi profil bo`lsa,
Detalning qirqilgan qismi xayolan olib tashlangan
Detalning qirqilgan qismi xayolan olib tashlangan
Foydalanilgan adabiyotlar
R.Xorunov «Chizma geometriya kursi» Toshkent, O’qituvchi – 1997
Sh.Murodov, L.Xakimovvaboshqalar «Chizmageometriya» Toshkent,
Iqtisodmoliya - 2006
Ruziev E.I. va boshqalar “Muxandislik grafikasini o’qitish metodikasi”– Fan va texnika -2010
Sh.Murodov va boshqalar, Chizma geometriya – 2006, Iqtisodmoliya
G.Ya.Sodiqova, M.T.Nurullaeva “Chizma geometriya va muxandislik
kompyuter grafikasi” fanidan ma’ruzalar matni, TKTI, 2009.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki Chizmachilikda har bitta detalga uning ichki ko’rinishini tasirlash uchun qirqim beriladi. Qirqimlar detalning turiga qarab farqlanadi. Har bitta detalni chuqquroq o’rganish uchun qirqim berilishi zarur shunda detalning ichki tuzilishi ham yaqqol ko’rinib turadi.
Detalga qirqim berishda texnik detallardan foydalanish
Datalning qirqim berish jarayonida qiyinchiliklarsiz qirqim berishga erilishadi.
Dostları ilə paylaş: |