Devonu lug’otit turk



Yüklə 122,5 Kb.
səhifə8/10
tarix25.05.2022
ölçüsü122,5 Kb.
#116213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qadimgi turkiy adabiy atamaning o’rganilishi

SAVLASHDI
Мahmul Koshg’ariy qadimgi adabiy janrlar haqida ma’lumot berar ekan, sav o’zagiga lashdi qo’shimchasini qo’shish orqali turkiy xalqlar og’zaki ijodida mavjud bo’lgan yana bir janr to’g’risida ma’lumot beradi. «Savlashdi-masal aytishdi. Ul mening birla savlashdi-ul men bilan masal aytishdi, u menga masal aytdi. Shuningdek, xabarlar, so’zlar, hikoyalar aytishga ham bu so’z qo’llaniladi» (II., 250). Demak, sav – keyingi davr adabiyotida masal (arabcha) nomi bilan ifodalangan janr mazmunini ham qamrab oladi. Devonda berilgan bitik – maqollar orasida ixcham masallar ham uchraydi. Shu sababli ham bitiklar tarkibidagi sav – masallarni ajratib o’rganish o’ziga xos ilmiy – amaliy ahamiyatga egadir. Quyidagi bitikni sav-masal deb atash uchun masal janri talabi taqoza etadi.


Ashich ayur: tubum altun,
Qamich ayur: men qaydaman?

(Qozon aytur: tubim oltun,
Cho’mich aytur: men qaydaman?) (A.A.)

Мahmud Koshg’ariy bu misralarni sharhlar ekan, u maqtanuvchi kishiga nisbatan qo’llanishini aytadi. Adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etiladigan bo’lsa, bu mo’jaz she’rda ikki obraz – Qozon va Cho’mich obrazi berilgan. Qozon maqtanchoq kishi, Cho’mich esa o’sha odamning kimligini yaxshi biladigan shaxsning timsolidir. Qozonning mehnatini cho’michsiz tasavvur etib bo’lmaydi, xalqimizda «Qozonda bo’lsa, cho’michga chiqadi» degan maqol ham mavjud. Sav – masalda Cho’mich obrazi ijobiylik xususiyatiga ega. U haqiqat oldida ko’z yummaydi, jim o’tirmaydi. Мaqtanchoq qozonga qarab, «men qaydaman?» deb murojaat etish orqali «men sen bilan birgaman, birga ishlayman, siru asroringni, basharangni yaxshi bilaman, sen tillo emassan» degan haqiqatni aytish darajasiga ko’tarilgan. Demak, sav-masalning g’oyasi maqtanchoqlikni qoralash, to’g’rilik, haqiqatni ulug’lashga qaratilgan.


Ikki bug’ra ikashur,
O’tra ko’gako’n yanchilur. II. 332

(Ikki ayg’ir olishar,
O’rtada so’na o’lar). (A.A.)


Ushbu mitti she’rda ham sav-masal janri talabiga javob beradigan obraz va syujet mavjud. Ayg’ir-zo’ravonlik, So’na –ojizlik timsolidir. Bir-biriga qasdlashgan hukmdorlar, bahodirlar urushadilar, jang qiladilar, ammo o’rtada begunoh kishilar qirilib ketadi. Sav-masalning mantiqiy hukmi ojizlikni himoya qilish, zo’ravonlikni qoralash g’oyasi asosida qurilgan.

Yüklə 122,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin