XUSRAV VA SHIRIN dostonidagi o’g’uzcha elementlar Qutb Xorazmiy Nizomiy dostoni asosida o‘zbekcha doston yaratish va uning vositasida o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini namoyish qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va u buni muvaffaqiyat bilan uddalagan. Bu tarjima o‘sha davr o‘zbek tilini o‘rganish uchun muhim manba bo‘libgina qolmay, o‘zbek tili va adabiyotining taraqqiyotida ham katta rol o‘ynagan.
Qutb Xorazmiy tarjimasidagi «Xusrav va Shirin» o‘zbek adabiyotida masnaviyning «Qutadg‘u bilig» va «Hibat ul-haqoyiq» dan keyingi nodir namunasidir. U dostonni o‘z vaznida — hazaji musammani maqsur (mahfuz)da tarjima qilgan. «Xusrav va Shirin» o‘zbek epik she’riyati taraqqiyotida ham, badiiy tarjima rivojida ham alohida o‘rin tutadi.
Ergash Ochilov.
«XUSRAV VA SHIRIN» DOSTONIDAN Kitob nazm qilmoqqa sabab bayon ayur Necha yil bo‘ldi jonim sukor erdi.
Ko‘ngulda ushbu andisha bor erdi.
Netak shoh tobg‘inga bir borg‘aman teb,
Bu ko‘nglum qazg‘usini torg‘aman teb.
Ko‘rub ko‘nglumkim asru rag‘batim bor,
Buyurdikim qatig‘lon emdi, e yor.
Muhabbatnoma matnidagi so'zlarning o'zaro bog'lanishi Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si o’zbek mumtoz adabiyotidagi noma janrining ilk yorqin namunasi sanaladi. Albatta «Muhabbatnoma» faqat nomalar yig’indisi emas, unda g’azal, qit’a, fard kabi kichik lirik janrlarga xos asarlar ham mavjud. Lekin asardagi o’n bir noma asar tuzilishining bosh xususiyatini belgilaydi. Shoir shundan kelib chiqib “noma» so’zini asar nomiga ham chiqazgan. Xorazmiyning nomanavislik an’anasini adabiyotimizda Xo’jandiy «Latofatnoma»si, Yusuf Amiriy «Dahnoma»si, Said Ahmad «Taashshuqnoma»si, Sayyid Qosimiy «Haqiqatnoma»si va «Sadoqatnoma»si bilan davom ettirdi.
Xorazmiy — XIV asrda yashab, turkiy va forsiy tilda ijod etgan shoir. Biroq bizga uning asosan o’zbek, qisman tojik tilida bitilgan birgina «Muhabbatnoma» asari etib kelgan. Tarjimayi holi haqida ham shu asardagi ma’lumotlardan boshqa ma’lumotga ega emasmiz. Hatto, uning asl ismini ham bilmaymiz. «Muhabbatnoma»da shoirning o’zi qayd etishicha, Oltin O’rda xoni Jonibekxonning Sirdaryo muzofotidagi hukmdorlaridan biri Muhammad Xojabek forsiy tilda she’rlar yozib, mashhur bo’lgan Xorazmiydan: «Bu qish mening yonimda yurib, bizning tilda (ya’ni turkiyda) bir kitob yozsang», — deb iltimos qiladi: