Dialekt so'zi yunoncha boʻlib, sheva, so'zlashish degan ma'nolarni bildiradi va aksariyat til xususiyatlari o'xshash bo'lgan shevalarni birlashtiradi. Lahja



Yüklə 10,74 Kb.
səhifə1/2
tarix11.11.2023
ölçüsü10,74 Kb.
#131773
  1   2
Dialekt so\'zi y-WPS Office


Dialekt so'zi yunoncha boʻlib, sheva, so'zlashish degan ma'nolarni bildiradi va aksariyat til xususiyatlari o'xshash bo'lgan shevalarni birlashtiradi.
Lahja arabcha so'z boʻlib, u ravish, tarz, yoʻsin, sheva ma'nolarini bildiradi. Dialektologik termin sifatida qadimdan o'zbek tilining taraqqiyotiga asos bo'lgan sheva va dialektlarning eng yirik to'dasini anglatadi.
Lahja termini oʻzbek, turk tillarida iste'molda bor, lekin turk tilida bu termin qarindosh tillarga nisbatan qoʻllanadi. Turklar sheva ma'nosida og'iz terminidan va dialekt ma'nosida sheva terminidan foydalanadilar. Boshqa aksariyat millatlar dialektologiyasida ko'proq dialekt terminiga murojaat qilinadi. Shuningdek, rus dialektologiyasida нaрeчue (lahja), диалект, говор (sheva) terninlari qoʻllanadi. Ko'rinadiki, sheva, dialekt, lahjalar har bir tilning tarixiy taraqqiyotini aks ettiradi va ular muayyan til negizida amalda bo'ladi hamda "Oʻzbek dialektologiyasi"ning markaziy masalasi hisoblanadi. Tilshunoslikda dialekt terminini sheva va lahja ma'nosida qo'llash an'anasi ham bor. Bunday kichik (nozik) farqlarni barcha dialektlar tarkibidagi shevalarda ham ko'rish mumkin.
Lahja va idiom. Fanda til, lahja, dialekt, sheva, sotsiolekt (ijtimoiy dialekt) tushunchalari idiom termini ostida birlashtiriladi. Boshqacha aytganda, idiom qarindosh tillardan bir qator xususiyatlari bilan farqlanadigan mustaqil (alohida) tildir. Aslida u qarindosh tillardan biridir. Idiomning shu ma'nosi keng qoʻllanadi. Shuningdek, adabiyotlarda lahja, dialekt, shevalar tilning ko'rinishlari (pазновидность языка) deb ham yuritiadi. Chambers J. K., Peter Trudgillar idiom va tilning ko'rinishlari terminiga mos keluvchi variety terminidan foydalanadilar.
Lahja va til varianti masalasi (diasistema). Avval aytilganidek, lahja har bir xalqning etnik taraqqiyoti tarixi hosilasidir. Aksariyat tillar bir necha lahjaning birlashuvidan tashkil topadi. Yuqorida ko'rganimizdek, o'zbek tili uch lahja - qarluq, qipchoq, oʻgʻuz lahjalaridan tashkil topgan. Ingliz tili angliya, uels, shotland dialektlariga ega, lekin ingliz tilining Britaniya, Irlandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi variantlari bor. Bu til variantlari plyurosentrik yoki polisentrik tillar deb ham yuritiladi. Ayni bir til turli davlatlarda o'zining davlat maqomiga, standartlar tizimiga ega boʻladi va boshqa davlatlardagi ayni shu tildan va negiz tildan, xususan, keyingi misolimizda Britaniya variantidagi ingliz tilidan so'z qo'llash, terminlarning xususiyati. talaffuz me'yorlari bilan farq qiladi. Fanda genetik jihatdan bir tilga mansub boʻlgan tillarning variantlari (turli davlatlardagi ko'rinishlari) diasistemani hosil qiladi.
Ma'lumki, o'zbeklar O'zbekistondan tashqari Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'izistonda ham yashaydilar, o'zbek adabiy tilida ta'lim ishi olib boriladi, gazeta va jurnallar, kitoblar nashr qilinadi, lekin bu davlatlarda o'zbek tili variant maqomiga ega emas, chunki shu davlatlarning rasmiy davlat tili emas. Afg'onistonda ham o'zbeklar yashaydi. Yuqoridagi respublikalardan farq qilgan holda, bu yerda oʻzbek tiliga ham davlat maqomi berilgan. Demak, endi Afg'onistondagi oʻzbek tilini variant deb atash mumkin boʻladi. Bu mamlakatlardagi o'zbek adabiy tilining va shevalarining O'zbekistondagi adabiy tilga va shevalariga munosabati "Oʻzbek adabiy tili va dialektlar" mavzusida oydinlashtiriladi.

Yüklə 10,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin