Shuning uchun ham biz bugubgi kunda ta’lim-tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televidinye, Internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san’atigacha, bir so‘z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir o‘tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma’naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur.
Ayniqsa, barcha davrlarda ham g‘oyat murakkab va mas’uliyatli bo‘lgan bu ishlarni o‘z zimmasiga olgan, eski qoliplardan voz kechib, bu sohada yangi yo‘llarni ochib berayotgan, odamlarning dunyoqarashini yanada boyitish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan fidoyi insonlarning bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan, lekin katta qunt, bilim va tajribani talab qiladigan intilish va amaliy harakatlarini keng qo‘llab-quvvatlashimiz, ularning samarali natijalarga erishishi uchun har tomonlama sharoit yaratib berishimiz lozim.
GLOBALLASHUVNING SALBIY VA IJOBIY TOMONLARI
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak — bugungi kunda har qaysi davlat-ning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa min-taqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog’la-nib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kel-masligini tushunish, anglash qiyin emas.
Shu ma’noda, globallashuv — bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.
Globallashuv jarayonlarida yoshlar ma`naviyatiga, tahdidlarning oldini olish – ularni bunday jaholatli holatlardan asrashning ham birdan bir o`chog`i ta`lim tarbiya tizimidir.
Har qaysi xalq yoki millatning ma`naviyatini uning tarixi, o`ziga xo surf-odat va an`analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi. Shu nuqtayi nazardan qadimiy va go`zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo`lganini xalqaro hamjamiyat tan olmoqda va e`tirof etmoqda, ularni asrab-avaylash borasida ham doimiy ravishda hamkorlik qilmoqdalar.