Didaktik jarayon -pedagogik texnologiyalarning asosiy omili


Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik asoslari va uning xususiy metodikadan farqii



Yüklə 159,5 Kb.
səhifə5/5
tarix05.04.2023
ölçüsü159,5 Kb.
#124857
1   2   3   4   5
DIDAKTIK JARAYON -PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ASOSIY OMILI

2.2. Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik asoslari va uning xususiy metodikadan farqii.
«Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanining metodologik asosini Ozbekiston respublikasi Konstitustiyasi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Talim togrisida»gi qonun, hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qonun va farmonlar hamda pedagogika tashkil etadi. Chunki, tarbiyaning asosiy maqsadi osib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.
O'zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy strukturalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo'llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o'zining o'rnini topadi. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov «….shuni yaxshilab tushunib olishimiz zarurki, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuharolik institutlarini shakllantirish, avvalo, aholi siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida nechoglik faol ishtirok etishi bilan uzviy bogliq», deb ko'rsatdi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol goyasiga sodiq bo'lgan shaxsni shakllantirish kerak.
Bugungi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ta'lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qollashi, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holga ta'lim oluvchilarni oqitishni jadallashtirish sanaladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari muvaffaqiyatli qal qilinib, uchinchi bosqichdagi o'zgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda oquv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat ko'rsatkichiga erishish talab qilinadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o'z oldiga bir qator maqsad va vazifalarni qo'ygan.
Mazkur dasturning maqsadi:
ta'lim sohasini tubdan isloh qilish;
uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish;
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish kabilardir.
Ushbu maqsadni ro'yobga chiharish quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi:
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim togrisida»gi Qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona oquv ishlab chiharish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;
ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan, demokratik-huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning tashkiliy va ijtimoiy ma?omini ko'tarish;
kadrlar tayyorlash tizimini hozirgitalablar doirasida qayta qurish;
ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
tizimni attestatsiya va akkreditatsiya qilishning yagona metodikasini joriy qilish;
normativ va moddiy - texnika axborot bazasini yaratish;
ta'lim, fan va ishlab chiharishning integratsiyasini ta'minlash;
tizimga byudjetdan tashqari investitsiyalarni jalb qilish;
kadrlar tayyorlash sohasida o'zaro manfaatli xalharo hamkorlikni rivojlantirish.
Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, yangi ta'lim modelining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat etib belgilandi:
1) shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
2) davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi, kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
3) uzluksiz ta'lim - malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlari va standartlarini o'z ichiga oladi;
4) fan - yuqori malakali mutaxassislarning tayyorlovchisi va ulardan foydalanuvchi, ilgor pedagogik va axborot texnologiyalarining ishlab chiquvchisi;
5) ishlab chiharish - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, ular sifatiga qo'yilgan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, tizimni moliyalashtiruvchi va moddiy-texnik baza bilan ta'minlash qatnashchisi.
Prezidentimiz I.A.Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'la ro'yobga chiqsa, ijobiy ravishda “portlash effekti” sodir bo'lishini bashorat qilib, «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga bergan javobida shunday degan edi: «Ishonchim komil, agar bu islohatni amalga oshirsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma'nodagi portlash effektiga, ya'ni uning samaradorligiga erishamiz».
Nazarda tutilgan vazifalar toliq amalga oshsa:
1) ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi va natijada mamlakatdagi mavjud muhit butunlay o'zgaradi;
2) insonning hayotdan o'z o'rnini topish jarayoni tezlashadi;
3) jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxs shakllanadi;
4) ta'limning yangi modeli jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro'yobga chiharishda katta ahamiyat kasb etadi;
5) oldimizda turgan har qanday vazifani bajarishda va maqsadlarga erishishda jamiyatimizning har bir a'zosi qo'shadigan hissa «portlash effektiga» olib keladi.
Bu jarayonda yangi pedagogik texnologiyalarning bir qancha muammolari o'z yechimini topadi. Ular-ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarining yanada mustahkamlanishi, oquv-tarbiya jarayonini yangi oquv-uslubiy majmualar, ilgor pedagogik texnologiyalar bilan toliq ta'minlanishi, milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarining haror toptirilishi va rivojlantirilishi, kasb-hunar ta'limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishining ta'minlanishi va o'zini-o'zi boshqarish shakllarining mustahkamlanishi kabi vazifalardir. Bunda ta'lim jarayonini axborotlashtirish va uzluksiz ta'lim tizimini jahon axborot tarmogiga ulanadigan kompyuter axborot tarmoqi bilan toliq qamrab olish ham ko'zda tutilgan.
Mavjud pedagogika fanida dars jarayoniga oid berilgan ma'lumotlarda e'tibor koproq yangi bilimlarni bayon etish, uni mustahkamlash va natijasini hisobga olishga qaratilgan. Bilim berishda talabaning avvalgi bilimlari, hayotiy tajribasi etarlicha hisobga olinmagan. Dars rejasida avval o'tilgan mavzuni yakunlab, yangi mavzuga boglash taklif etilgan. Lekin shu yangi o'tilayotgan mavzu bo'yicha talabaning bilimni aniqlash, mavzuga xos bo'ladigan dastlabki ma'lumotlarni berish etarlicha amalga oshirilmagan. 
Pеdаgоgik tехnоlоgiyaning аnаnаviy tаlimdаn аfzаlligi, u pеdаgоgik jаrаyonini bir butunlikdа korib, pеdаgоgik mаqsаdi, kutilаdigаn nаtijаlаri, uning mаzmuni, pеdаgоgik mеtоdlаri, shаkllаri vа vоsitаlаri, hаmdа tаhsil оluvchi vа pеdаgоgik bеruvchilаrning fаоliyatlаrini tizimgа kеltirib, pеdаgоgik bоsqichlаrini lоyihаlаb, pеdаgоgik jаrаyonini nаzоrаt qilish vа pеdаgоgik nаtijаlаrini bаhоlаsh kаbi elеmеntlаrini ozаrо uzviy bоglаb tizimgа kеltirib turib uning lоyihаsini tuzishidаdir.
Pеdаgоgik tехnоlоgiyasining аnаnаviy pеdаgоgikdаn kеyingi fаrqi, u tаhsil оluvchilаrning ozlаrigа bеrilgаn bilimni yodlаb оlib аytib bеrishigа emаs, bаlki pеdаgоgik vа tаrbiya jаrаyonining yakunidа аmаliy ishlаrni bаjаrishigа yonаltirilgаnligidаdir.
Pеdаgоgik tехnоlоgiya аsоsаn oz ichigа quyidаgi оmillаrni оlаdi:
pеdаgоgikdа umumiy mаqsаdning qoyilishi;
tuzilgаn umumiy mаqsаddаn аniq mаqsаdgа otish;
nаzоrаt tоpshiriqlаrini ishlаb chiqish;
talabalаrning bilim dаrаjаlаrini dаstlаbki (tаshхisli) bаhоlаsh;
bаjаrilаdigаn oquv tаdbirlаri mаjmuаsi (bu bоsqichdа talabalаr bilаn mulоqоt аsоsidа pеdаgоgikgа jоriy tuzаtishlаr kiritilishi lоzim); nаtijаni bаhоlаsh.
Pedagogik texnologiyaning metodikadan farqli tomoni shuki, u malumot texnologiyasini joriy etishh taktikasini ifodalab beradi va «oqituvchi-pedagogik jarayon-talaba” funktsionala tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Shu nuqtai nazardan pedagogik tadqiqotlar maqsadi ana shu tizimga yonaltirilishi kerak, yani:
talimni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiya mohiyati va muammolarini kop bosqichli talim tizimi uchun tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ishlab chiqish:
ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini tahlil qilishh asosida pedagogik texnologiyalar loyihalarini yangilab va boyitib borish;
oqituvchi faoliyatini yangi pedagogik texnologik texnologiya qonuniyatlariga moslashtirish;
“oqituvchi-texnolog” kasbi tavsifnomasini yaratishh.
Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti quyidagi qonuniyat va printsiplarga asoslanadi:
talim-tarbiya jarayoni tuzilishi va mazmuni jihatidan yaxlitligi va birligi;
talim jarayonini optimallashtirish: qulay sharoit yaratib, oz vaqt, kam kuch sarflab, yuqori natijaga erishish;
zamonaviylik pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan didaktik yangiliklarni, yangi tartib-qoidalarni joriy etishh, talim mazmunini uzluksiz yangilab zamonaviylashtirib borish;
ilmiylik: talim-tarbiyada yangi shakl vositalar, faol metodlar, didaktik materiallarni qollash, uzluksiz izlanish, tadqiqot;
talaba va qoituvchi faoliyatini oqilona uyushtirish: oqituvchi talim maqsadini, mazmunini puxta bilishi, talim usullari va texnik vositalarni yaxshi egallagan bolishi; talabaning manfaatdorligi, qiziqishi va intiluvchanligi;
pedagogik jarayonni jadallashtirish; axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanishh samaradorliligini oshiruvchi didaktik materiallarni ishlab chiqish va keng qollash;
oquv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik baza yaratishh;
pedagogik jarayon natijalarini xolisona va obektiv baholash, test usuli, reyting tizimi, talabalning bilim va kunikmalarini egallash jarayonini nazorat qilishh, baholashni avtomatlashtirish;
talim-tarbiyaning tabiatga mosligi;
talim-tarbiyaning jamiyatga moslashuvi va boshqalar.
Printsip - lotincha «boshlanish” degan manoni anglatadi. Pedagogik texnologiyaning oziga xos xususiyatidan kelib chiqadigan uning metodikasiga qoyiladigan talablar, printsiplar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar, “pedagogik texnologiyaning tamoyillari: kafolatlangan yakuniy natija, talimning mahsuldorligi, teskari aloqaning mavjudligi, talim maqsadining aniq shakllanganligi” kabilar deb talqin qilinadi.
Ananaviy oqitish usulida talim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning ozlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bolmaydi.
Xulosa
Pеdаgоgik tехnоlоgiyaning аnаnаviy tаlimdаn аfzаlligi, u pеdаgоgik jаrаyonini bir butunlikdа korib, pеdаgоgik mаqsаdi, kutilаdigаn nаtijаlаri, uning mаzmuni, pеdаgоgik mеtоdlаri, shаkllаri vа vоsitаlаri, hаmdа tаhsil оluvchi vа pеdаgоgik bеruvchilаrning fаоliyatlаrini tizimgа kеltirib, pеdаgоgik bоsqichlаrini lоyihаlаb, pеdаgоgik jаrаyonini nаzоrаt qilish vа pеdаgоgik nаtijаlаrini bаhоlаsh kаbi elеmеntlаrini ozаrо uzviy bоglаb tizimgа kеltirib turib uning lоyihаsini tuzishidаdir.
Pеdаgоgik tехnоlоgiyasining аnаnаviy pеdаgоgikdаn kеyingi fаrqi, u tаhsil оluvchilаrning ozlаrigа bеrilgаn bilimni yodlаb оlib аytib bеrishigа emаs, bаlki pеdаgоgik vа tаrbiya jаrаyonining yakunidа аmаliy ishlаrni bаjаrishigа yonаltirilgаnligidаdir.
Pеdаgоgik tехnоlоgiya аsоsаn oz ichigа quyidаgi оmillаrni оlаdi:
pеdаgоgikdа umumiy mаqsаdning qoyilishi;
tuzilgаn umumiy mаqsаddаn аniq mаqsаdgа otish;
nаzоrаt tоpshiriqlаrini ishlаb chiqish;
talabalаrning bilim dаrаjаlаrini dаstlаbki (tаshхisli) bаhоlаsh;
bаjаrilаdigаn oquv tаdbirlаri mаjmuаsi (bu bоsqichdа talabalаr bilаn mulоqоt аsоsidа pеdаgоgikgа jоriy tuzаtishlаr kiritilishi lоzim); nаtijаni bаhоlаsh.
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. —T.: O'zbekiston, 2012.
2. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'grisida”gi Qonuni. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: “Sharq”, 1998.
3. O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'grisida”gi Qonuni. Barkamol avlod —O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.: “Sharq”, 1998.
4. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: «O'zbekiston», 2011.
5. Azizxojaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y.
6. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.:IQTISOD-MOLIYA,2009,240 b.
7. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar.-T.:“Moliya”, 2003 y. — 171 b.
8. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. — Qarshi, “Nasaf”, 2000 y.-80 b.
9. Farberman. B.L. Ilgor pedagogik texnologiyalar.- T.:2001
10. Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse.-M.: Znanie.
11. Pityukov V.Yu. Osnovi pedagogicheskoy texnologii. - M.: Gnom-Press,
12. Selevko G.K. Sovremenno'e obrazovatelno'e texnologii. - M.: Narodnoe obrazovanie, 2004.
13. Ishmatov Q. Pedagogik texnologiya. Maruza matni. Namangan, NamMPI.-2004.-95 b.
14. Alimov N.N., Turmatov J.R. «Pedagogik texnologiyalar». O'quv-uslubiy qo'llanma. -Jizzax, 2007. - 87 bet.
15. Dadamirzaev G. Pedogogik texnologiyalar bo'yicha izohli tayanch so'z va iboralar. Metodik qo'llanma. - Namangan, NamMPI, 2008 yil, 30 bet.
16. Qosimov A.X., Holiqova F.A. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar fanidan ma'ruzalar matni. — Toshkent, 2004-85 b.
17. Seytxalilov A., Raximov B.X., Majidov I.U.Pedagogicheskiy slovar-spravochnik. — T.: «OPTIMAL LIGHT», 2011.-704s.
18. www. ziyonet.uz
Yüklə 159,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin