Didaktik jarayon -pedagogik texnologiyalarning asosiy omili


 «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari



Yüklə 159,5 Kb.
səhifə2/5
tarix05.04.2023
ölçüsü159,5 Kb.
#124857
1   2   3   4   5
DIDAKTIK JARAYON -PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ASOSIY OMILI

1.2. «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari.
Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bogliq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
«Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» kursining maqsadi - talabalarni pedagogik texnologiyalarning mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari va turlari bilan tanishtirish va pedagogik texnologiyalardan o'quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari - pedagogik texnologiyalarni oquv jarayoniga joriy etish; ilgor tajribalarni tatbiq qilish, har bir mavzu yuzasidan oydinlashtirilgan rejalarni tuzish; maxsus fanlarini oqitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari bilan tanishtirish; talabalarda texnologik loyiha va texnologik xaritalarni tuzish, pedagogik texnologiyalardan mahorat bilan foydalanish malakasini shakllantirish.
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya - ta'lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta'lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyaning predmeti - pedagogik tizimini konsteptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qoyishdan, natijalarni shakllantirishdan, oquv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, pedagogik modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning muqobillik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topadi. Tizimli yondashish oqitish tizimining barcha asosiy tomonlarini - maqsadni aniqlash va oquv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi oqitish tizimining samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o'tkazish va ommalashtirishgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi. U o'z harakat tartiblarini takrorlanuvchanligi va ularni to'la oquv jarayoniga tadbiq etish goyasi, oqibat natijada bu jarayonni «jonli oqituvchiga» bogliq bo'lmay qolishiga olib keladi. Haqiqatan ham, agar oquv jarayoni to'la takrorlanuvchan, alohida ko'rinish (epizod)larga bo'linsa, oqituvchining vazifasi oldindan tuzilgan (o'zi tuzgan bo'lishi shart emas) material bilan o'qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslaqatchi rolini ijro etishdan iborat bo'lib qoladi.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi — ommaviy talim sharoitida talim jarayonining zaruriy samaradorligini taminlash va talabalar tomonidan oqishning kozlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi — ommaviy talim sharoitida «oddiy» pedagoglarga oqitishning yetarli samarasiga erishishni taminlovchi, oquv jarayonini yaratishh hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning predmeti — oquv jarayoining ozi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning obyekti —oquv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Yüklə 159,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin