Didaktika pedogogik talim nazaryasi sifatida



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə2/4
tarix31.01.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#122818
1   2   3   4
Abdulaxatova E\'zoza

Ta’lim jarayoni- ma’lumot mazmuni hamda unga oid faoliyat usullarini o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun o’qitish va o’qish faoliyatlarining real aloqalashuvi, sababiyatli bog’lanishi, bir-biriga muvofiqlashuvi asosida ta’limning aktlar, zvenolar, sikllar shaklida makon va zamonda harakatlanadigan maqsadga muvofiq shirkat faoliyatidir[1].

  • Ta’lim jarayoni- ma’lumot mazmuni hamda unga oid faoliyat usullarini o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun o’qitish va o’qish faoliyatlarining real aloqalashuvi, sababiyatli bog’lanishi, bir-biriga muvofiqlashuvi asosida ta’limning aktlar, zvenolar, sikllar shaklida makon va zamonda harakatlanadigan maqsadga muvofiq shirkat faoliyatidir[1].
  • Ta’limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o’stirishdir.
  • Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to’plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko’nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllantiriladi. Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi faol ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab, reja va dastur asosida bilim, ko’nikma va malakalarni singdiradi, o’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tassavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatlarni ocha olishga qodir bo’lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.

Ta’lim prinsiplarining uzviy bog’liqligi deganda nimani tushunasiz?

  • Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir - biri bilan mustahkam bog’liq holda bir sistemani tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchi talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarning mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.
  • O’quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo’lishi, texnika va fanning so’nggi yutuq va kashfiyotlarini o’zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan o’quvchi ilm fandagi yangiliklardan xabardor bo’lishi lozim.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin