Didaktika ta'lim nazariyasi sifatida reja


Ta'limning ma'lumot beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalari



Yüklə 396,5 Kb.
səhifə4/5
tarix15.11.2023
ölçüsü396,5 Kb.
#132556
1   2   3   4   5
Asanova Sholpan

Ta'limning ma'lumot beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalari.
Ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilimlarini tarkib toptirib, ko'nikmalarni shakllantirib, umumiy rivojlanishi ta'minlanadi.
Yuqoridagi funksiyalar har bir fanning mazmuni, harakteri va xususiyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bu funksiyalarni har qanday mutaxassislar bilishlari va amalda tadbiq etishlari darkor. Bu funksiyalar ta'limda o'zaro uzviy bog'liqlikda amalga oshiriladi.Buni quyidagi ko'rinishda tasavvur qilish mumkin:
Ta'lim + tarbiya= rivojlantirish.
Ta'limning o'sib boruvchi funksiyasi.
Ta'lim va tarbiya jarayonlari inson shaxsini o'stiradi. Shunday ekan pedagogikada ta'limning o'sib borishi to'g'risida gapirimaslik mumkin emas. Hayot shu narsani isbot qilyaptiki, ta'lim jarayonining maxsus o'sib boruvchi yo'nalishi samarali bo'lgandagina o'quvchilar faoliyatining hissiy idrok, harakat, intelektual, irodaviy, emosional motivlari sifatlarining rivojlanishi mumkin. Shu sabablarga ko'ra pedagogikada 1960 yillarda maxsus ta'limning o'sib boruvchi funksiyasi degan termen paydo bo'ldi.
Ta'lim jarayoning o'sib borishni alohida ta'kidlab ko'rsatish kerak. Bunda o'quvchilarning o'qish faoliyatlariga ta'limning o'sib boruvchi ijodiy elementlarini kiritish bilan ta'lim mazmuni va metodlarini kengaytirib borishimiz talab etiladi.
O'sib boruvchi ta'limning turli muammolarini taraqqiy ettirishda, uning turli - tuman prinsiplarini va vositalarini rivojlantirishda didaktlar L.V.Zankov, N.A.Menchinskaya, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, M.A. Danilov, M.N.Skatkin munosib hissa qo'shdilar.
Inson kamoloti taffakursiz bo'lmaydi. Yuqorida biz ko'rib o'tganimizdek inson shaxsining hamma tomonlarini qamrab olmog'i kerak. Shuning uchun ham hozirgi zamon didaktikasi ta'limning o'sib boruvchi funksiyasini takomillashtirish yo'llarini qidirmoqda. Bular hammasi ta'lim va tarbiyaning hal etilishiga bog'liq.
Ilmiy axborot oqimining shiddat bilan o'sib borayotganligi shunga olib kelmoqdaki, yil sayin ilmiy bilimlarning umumiy miqdori bilan ularning maktab yoki oliy o'quv yurtida o'zlashtirilayotgan qismi o'rtasidagi farq ortib bormoqda. Birorta ham o'quv yurti kishiga uning ishlashi uchun zarur bo'ladigan bilimlarning hatto kichik bo'lagini ham berishga qodir emas. Hayotning jo'shqin sur'atidan orqada qolmaslik uchun umr bo'yi o'sish, o'sib - o'rganish, o'z bilimlarini to'ldirib borish zarur.
Ikkinchi vazifa ta'limning harakterini qayta qurish bilan bog'langan.
Tahlilni ta'limni intensivlashtirish muammosidan boshlaymiz. L.V.Zankov ancha mashhur yangi didaktika ta'lim tizimini (kichik maktab yoshdagi o'quvchilar uchun) ishlab chiqgan.
Bu tizimiga quyidagi prinsiplar asos qilib olingan: 1. Ta'limni yuqori darajadagi qiyinchilik asosida (qiyinchilik mezoniga qat'iy rioya qilgan holda) qurish. Faqat ana shunday ta'lim, deb ko'rsatib o'tadi L.V.Zankov, jiddiy aqliy ish olib borish uchun oziq berishi hamda o'quvchilarning tez va ildam tez ravishda rivojlanishiga ko'maklashuvi mumkin; 2. Materialni tez sur'at bilan o'tish (yana aqlga to'g'ri keladigan chegarada); ta'limning bilishga ta'lluqli tomonining, nazariy bilimlarning salmog'ini keskin tarzda oshirish. Materialni egallashga olib boradigan yo'l olingan ma'lumotlarni uzviy o'zaro bog'liq holda, o'qituvchining savollariga mustaqil ravishda javob izlash, o'z - o'zini nazorat qilish, o'z - o'zini tekshirish yordamida chuqur anglab olishdir. Ko'rsatib o'tilgan prinsiplarga muvofiq ravishda tashkil etilgan ekspremental ta'lim shuni ko'rsatadiki, o'quvchilar ancha chuqur va mazmunli bilim olibgina qolmay, balki ularning aqliy aktivligi ortadi, yuqori darajadagi intelektual rivojlanishi ta'minlanadi, o'qishga ijobiy munosabati tarbiyalanadi.
XULOSA
Bilish bu avvalo sezishdan, hissiy sezishdan boshlanadi. Bilish jarayoni kabi ta‘lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noaniq bilishdan aniqroq bilshgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Ushbu jarayonda hissiy idrok etish ham, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’ladi.
Bilish ikki pallaga – nazariya va amaliyotga bo’linadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va shu kabilar. Nazariyada g’oya shakllanadi. Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba, o’zgartirish, yaratish, - bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilishning vazifasi hodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonunlarini ochishdangina emas, balki biron-bir qonunning qay tariqa namoyon bo’lish sabablarini ham ko’rsatib berishdan iborat. Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo’lib kuzatish, tajriba asosida qo’lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun ahamiyati ham bo’lmaydi.
O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari bilishda omillarni o’rganishga katta e‘tibor berganlar. Abu Nasr Forobiy (873-950) bilimning elementi bo’lgan omillarni o’rganishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, bilimning asosini mavjud narsa va hodisalarni inkor ettiradigan omillar tashkil etadi. Ibn Sino (980-1037) kasallikni vujudga keltiruvchi omillarni o’rganish asosida kasalliklarni turlarga ajratadi va davolash usullarini ishlab chiqdi. A. Beruniy (973-1048) tabiat hodisalari sirlarini o’rganishda tajriba, empirik kuzatish va ular asosida olingan faktlarga asoslanadi.
Demak, bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning sezgi organlarimizga ta‘sir etuvchi ayrim sifat va xossalarining ongimizda aks etishidir. Sezgilar – odam haqidagi barcha bilimlarimizning boshlang’ich manbaidir. Ammo ilmiy asosda bilishda, masalan, olimning bilishi bilan o’quvchining bilish faoliyati o’rtasida umumiylik bo’lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi. Olimlar olamni bilib olib, ilgari fanga ma‘lum bo’lmagan yangi haqiqat-g’oyalarni kashf etadilar, yangi qonuniyatlarni aniqlaydilar va shu tariqa fanning ilgarilab ketishiga imkon yaratadilar. O’quvchilar esa ta‘lim jarayonida olamni bila borib, o’zlari uchun ilgari noma‘lum bo’lgan, biron fan kashf etgan va odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyotida tekshirib ko’rilgan yangi fikr, narsa va hodisalarni bilib oladilar. O’qituvchi o’quvchilarni olimlar tomonidan yaratilgan bu qonunni, g’oya va bilimlarni bilishga to’g’ri, yengillashtirilgan, vаqt jihatidan qisqa yo’ldan olib boradi. Ana shu jarayonda o’quvchining bilimlarni o’zlashtirishga faol munosabatda bo’lishi uning bilish faoliyatini aktivlashtirishga yordam beradi.
Adabiyotlar:



Yüklə 396,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin