Didaktika-ta`lim nazariyasi sifatida



Yüklə 63,56 Kb.
səhifə8/15
tarix11.11.2023
ölçüsü63,56 Kb.
#132203
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Didaktika-ta`lim nazariyasi sifatida

Ta’lim vositalari - o’quv jarayonining tashkil etilishi va o’tib borishini ta’minlaydigan xilma-xil o’quv jihozlari, o’quv qo’llanmalari va boshqalar.
Bilim - bu o’quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning Shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga ko’ra foydalana oladigan faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir.
Bilim- borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi. Ob’ektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). U kundalik, ilmiy, empirik, nazariy bilimlarga ajraladi.
Kundalik bilim sog’lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi va insonning atrof-muhitga moslashuvchi, uning hatti-harakatlari va oldindan ko’ra bilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Uning vazifasi ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko’maklashish.
Ta’lim-tarbiyani uyushtirishda nazariy, empirik va ilmiy bilimlar roli va o’rni beqiyos. Ilmiy bilim ta’lim-tarbiyani takomillashtirish muammolari yechimlarini topishda qo’l keladi va u tizimli, asosli narsa-hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo’ladi. U empirik va nazariy darajada bo’ladi. Bilimdan empirik va nazariy bilimlarni shakllantirishda foydalaniladi.
Nazariy bilim-empirik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa va hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni

ochishni nazarda tutadi.
Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo’lib, dunyoni bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika- texnologiyalar rivojlanishi ta’minlanadi. Demak, bilimni ob’ektiv mavjudod haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma’lumotlar majmui, deb ham ifodalash mumkin.
Bilimlar- bu odamlarning ijtimoiy-siyosiy amaliyot jarayonida to’plangan umumlashgan tajribasidir.
Ilmiy bilimlar, ob’ektiv olamni ancha to’g’ri (batafsil) ifodalaydi. Ular doimiy emas, ular o’zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi va natijada doimiy iste’moldagi bilimga aylanadi, ya’ni ular tadrijiy (evolyutsion) tarzda rivojlanib turadi. Bilimlar asosida tinglovchilarning kuzatuvchanlik, sinchkovlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo’ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g’oyalar tizimi tarkib topadi.

Yüklə 63,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin