Dinamik ekonometrik modellardan foydalanish


Iste’mol talabini pronozlash



Yüklə 259,5 Kb.
səhifə3/6
tarix01.12.2023
ölçüsü259,5 Kb.
#136798
1   2   3   4   5   6
Dinamik ekonometrik modellardan foydalanish

3. Iste’mol talabini pronozlash.
Makrodarajada qisqa va o‘rta muddatli prognozlashda iste‘mol talabi (IТ)ni modellashtirish ustivor o‘rin egallaydi. Chunki, IТ YaIMning katta qismini belgilaydi, ishlab chiqarish strukturasiga, narxlarning umumiy darajasi (inflyatsiya)ga, iqtisodiyotning turli sektorlaridagi narxlarning dinamikasiga ta‘sir ko‘rsatadi. IТning makroiqtisodiy funksiyasi aholi talab qiluvchi tovar va xizmatlar hajmining talabini belgilovchi asosiy omillarga (aholining sofixtiyoridagi daromadi, narxlar darajasi, jismoniy shaxslarga soliqning darajsi, kredit stavkalarining o‘zgarishi) bogliqligini ko‘rsatadi.
Iтning funksiyasi umumiy holda quyidagicha bo‘ladi:
Cnk ( Ц, Д0, Д 1, Д 1,КР,И, ПР),
Bu yerda:
S- boyliq (yoki real kassa qoldiqlari), import haridi, % stavkasi samarasi orqali talabga ta‘sir etuvchi narxlar darajasining o‘zgarishi;
D0-joriy shaxsiy ixtiyoridagi daromad (ish haqi, renta, % dividend, transport to‘lovlari va boshqalar),%;
D-1-o‘tgan yilgi daromad (shaxsiy boylik hajmi, likvidli qoldiqlar hajmi, yashash joylari bilan ta‘minlanganlik);
Dk1-kelgusida kutilayotgan daromadlar (kutilayotgan inflyatsiya yoki deflyatsiyani hisobga olgan holda real daromadlar);
KR- iste‘molchilarning kredit qarzlari;
I-jismoniy shaxslarga soliqning darajasi;
PR-kredit % stavkalarining o‘zgarishi.
Uzoq muddatli modellarga aholi sonini yoki jinsiy strukturasini o‘zgarishi omilini qo‘shish mumkin.
Qisqa muddatli prognozga Keynscha variantdan foydalanish mumkin:
Cnqf(D0),
Ya‘ni o‘zgarmas narxlarda qisqa muddatli davrda IТ faqat joriy yildagi shaxsiy ixtiyoridagi daromadga bog‗liq bo‘ladi.
Тurli davlatlarda milliy iqtisodiyot ko‘rinishiga va boshqaruvda qo‘llaniladigan nazariy tamoyillarga qarab bir-biridan omillarning to‘plami bilan farqlanuvchi shaxsiy iste‘mol xarajatlari (shaxsiy iste‘mol) modeli yoki IТ modeli ishlab chiqiladi.
Misol sifatida AQShda ishlab chiqilgan makroiktisodiy chiziqli modelni qo‘rish mumkin:
Sq0,47+0,999S-1+0,17U-1-7,134 RS,
Bu yerda: S-shaxsiy iste‘mol, mlrd. Dollar (o‘zgarmas narxlarda);
S-1-o‘tgan (bazis) yildagi shaxsiy iste‘mol;
U-1-bazis yildagi MD;
RS-shaxsiy iste‘mol tovarlarining narxlar indeksi.
AQShning deyarli barqaror yuqori rivojlangan tizimida Mdning o‘sishi oddiy ekstrapolyatsiya usuli orqali MD trendidan foydalanishi bilan aniqlanadi va u yetarlicha mavjud omil bo‘lib chiqadi.

Yüklə 259,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin