4. Milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini prognozlash.
Resurslarni taqsimlashning strukturaviy xususiyatlari ehtiyojlarning tuzilmaviy xususiyatlari kabi ko‘p tarmoqli tuzilmalar orqali makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishida ifodalanadi.
Shunday qilib, milliy iqtisodiyot tuzilmasi pronozining roli aloxida natijalarni olish kabi umumiqtisodiy va tarmoq prognozlari orasidagi, shuningdek, resurslar va extiyojlar prognozining tarmoqdagi bo‘lagi bilan milliy iqtisodiyot rivojlanishi umumiy prognozi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ochib berishidan iborat.
Тuzilmaviy prognozlashda turli usullaridan foydalaniladi:
kombinatsiyalashgan prognozlash, ekspert baxolash, ekonometrik modellar, ssenariy usuli, IMM, shu jumladan, ТABni ishlab chiqish usuli.
«Makroiqtisodiyot» kursidan ma‘lumki, ТAB asosida V.V.Leontev ishlab chiqqan «Хarajatlar-ishlab chiqarish» usuli yotadi.
«Хarajatlar -ishlab chiqarish» usuli istiqboliga prognozni mamlakat SES umumiy muvozanati tenglamalar sistemasi sonli yechimining natijasi ko‘rinishida ifodalanishidan kelib chiqadi.
Bu tenlamalar sistemasi har bir tarmoqning ishlab chiqarilgan oraliq maxsuloti va belgilangan hajmdagi yakuniy maxsulot ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun ketgan xarajatlarni aniqlash imkonini beradi.
Т englamalar quyidagi ko‘rinishga ega: xi ai1x1 ai2x2 .... ain xn Yi Yoki umumiy ko‘rinishda:
xi Yi ,
Bu yerda: xi-,berilgan tarmoqning (i-) yalpi ishlab chiqarish hajmi; aij-to‘gri xarajatlar koeffitsiyentlari, ya‘ni (j) tarmoq mahsulotlarini ishlab
chiqarish uchun (i) tarmoq oraliq mahsulotlarining harajat me‘yolari;
Yi-berilgan (i-) tarmoq mahsulotining yakuniy noishlab chiqarish iste‘moli (talab).
Agar barcha tarmoqlarning mahsulotlariga talab aniqlangan
(prognozlangan) bo‘lsa, retrospektiv tahlil asosida olingan bevosita harajatlar koeffitsiyentlari (texnologik koeffitsiyentlar)dan foydalanib, tarmoqlarning oraliq mahsuloti va mos ravishda yalpi mahsuloti hajmini hisoblash mumkin. Lekin, texnologiyalarning rivojlanishi (FТТ) ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga yoqilgi-energetika va material resurslar harajatini pasaytirishi va progressiv xom-ashyo va materiallarga, jamlovchilarga sxema va uzellarga o‘tishga imkon berishini ko‘zda tutib, prognoz hisob - kitoblarda turli variantlardagi FТТ prognozi natijalarini hisobga olish zarur.
Ma‘lumki, ТAB natural va qiymat ko‘rinishida ishlab chiqiladi. Qiymat ko‘rinishidagi ТAB va qiymat ko‘rinishidagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orasidagi bogliqlikni belgilashda, ya‘ni tarmoqlarning ishlab chiqarish hajmi ma‘lumotlari bilan quyidagi ko‘rsatkichlar o‘rtasida ob‘ektiv qiyinchiliklar mavjud:
tarmoqlar daromad va harajatlarining prognoz balansi;
aholi daromadlari va harajatlarining prognoz balansi;
iqtisodiy tizimda normal takror ishlab chiqarish jarayonini ta‘minlash uchun zarur pul massasi hajmi; - davlat byudjeti.
Asosiy qiyinchiliklar shundaki, prognozni shakllantirishning asosi bo‘lgan moliyaviy hisobot ma‘lumotlari har xil turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi xo‘jalik tarmoqlari bo‘yicha tuziladi, ТAB esa «sof» tarmoq prinsipiga ko‘ra, ya‘ni matritsa ustunining har bir qatorida bir turdagi mahsulot bo‘yicha tuzilgan. «Sof» tarmoq bo‘yicha bogliqliklarni aniqlash juda muhim, chunki u ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ta‘minlanganligini va aniq turdagi resurslarning takror ishlab chiqarishlishini baholash, byudjet va aholi uchun resursni ishlab chiqarishdan daromadni baholash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |