Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə101/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154
Molikiya mazhabi. Mazhab asoschisining to’liq ismi – Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir al-Asbahiydir. Imom Molik 93/711-12 yili Madinada tug’ilgan. Uning mashhur asarlari orasida «al-Muvatto’» bor.

Molikiya mazhabi ko’proq Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Kuvayt, Bahraynda tarqalgan.



Shofi’iya mazhabi. Asoschisining to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon ibn Shofi’ al-Hoshimiy al-Muttalibiy. U 767 yilda Falastin diyorida tavallud topgan. Imom Shofi’iy 800 yilda shia mazhabini qabul qilgan deb ayblanib, Iroqqa surgun qilindi. Iroqda Imom Shofi’iy Abu Hanifaning shogirdlaridan Imom Muhammad ash-Shayboniy va boshqa Iroq faqihlari bilan uchrashib, ular bilan ilmiy munozaralar o’tkazdi. U 814-5 yili Misrga kelib, u yerda o’z ilmiy faoliyatini davom ettirdi. U bu yerda o’z mazhabining asosini tashkil qilgan «al-Umm» asarini yozdi. Imom Shofi’iy 820 yili Misrda vafot etdi. Uning shogirdlari orasida Ismoil ibn Yahyo al-Muzaniy, Abu Ya’qub Yusuf ibn Yahyo al-Buvaytiylarning nomlarini alohida qayd etish o’rinli.

Shofi’iya mazhabi Suriya, Livan, Falastin, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Misr, Somali, Komor va Malьdiv orollari, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Bruney sultonligida tarqalgan.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin