Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə109/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154
Shialik. Shialik islomdagi uch yirik oqimdan biri bo’lib, hokimiyat masalasida islom jamoasida paydo bo’lgan ixtilof natijasida vujudga kelgan.

Shia so’zining to’liq shakli «ash-shi‘a» («tarafdorlar, guruh, partiya»), aniqrog’i «Shi‘at Ali» («Ali tarafdorlari partiyasi») bo’lib, bu nom xalifa Ali (656-661) va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan.

Shialikda imomat masalasi asosiy diniy ruknlardan hisoblanadi. Imomat jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi, deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko’ra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, balki u meros sifatida o’tadi. Mazkur ta’limotga binoan, Muhammad payg’ambar Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo’li bilan uzatiladi. Imomlik (xalifalik) payg’ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg’ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga ilmi ladun (Alloh huzuridan berilgan ilm) bergani kabi xalifalarni ham shunday tanlaydi, deyiladi. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa, bu huquqni Alidan zo’rlik bilan tortib olishgan. Alining xalifaligi Payg’ambar vafotining birinchi kunidan boshlangan, deb hisoblaydilar.

Ash-Shahrastoniy (v. 1153 y. ) iborasi bilan aytganda: «Shialarning e’tiqodiga ko’ra, Alining imomligi va xalifaligiga oshkora va maxfiy dalillar kelgan hamda undan keyingi imomlik uning avlodlaridan tashqariga chiqmaydi, agarda chiqsa ham, bu ularga zulm qilish yo’li bilan oshirilishi mumkin».

Shialar aynan imomat masalasida o’zaro bir necha firqalarga bo’linib ketganlar.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin