Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə115/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154
Fotimiya (Ubaydiya).Imom Ubaydulloh al-Mahdiy Abbosiylar va qarmatiylardan qochib, o’z safdoshlari bilan Mag’ribda joylashadi va 909 yilda Fotimiylar davlatiga asos soladi. Shu tariqa Ismoiliylar imomlari yashirin davrdan oshkora davrga o’tadi. Fotimiylar davlati o’z ta’limotini yoyish maqsadida Sharqqa targ’ibotchilar yubora boshladi.

Fotimiy askarlari Javhar as-Siqilliy boshchiligida Misrni qo’lga olib, so’ngra al-Qohira shahrini o’zlariga poytaxt qildilar. Ilmiy markaz sifatida al-Azharni qurdilar. Keyinchalik, al-Mustansir bi-l-loh (1036-1094) o’zidan so’ng imomlik o’g’li Nizorga o’tishini ta’kidlaydi, lekin uning vaziri Afzal ibn Badr al-Jamoliy al-Mustansirning vafotidan foydalanib, uning kichik o’g’li al-Musta’liyni imom deb e’lon qiladi. Ammo Ismoiliya firqasi da’vatchilarining ko’p qismi al-Musta’liyga bay’at qilishdan bosh tortib, Nizor va uning o’g’illarini imomlikka haqli deb hisoblashgan.

Demak, ismoiliya shialari shundan so’ng ikkita: Musta’liya (g’arbiy ismoiliylar) va Nizoriya (sharqiy ismoiliylar)ga ajraldi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin