Oqimlari. Xinayana buddizmning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Xinayana «kichik arava» ma’nosini anglatib, u diniy yo’nalish sifatida mil. av. I asrda shakllangan. Biroq, uning asosiy qoidalari ancha avval, shu jumladan, Tripitakada bayon qilingan.
Xinayana ta’limotiga ko’ra, dxarmalar tabiatini o’rganishga va nirvanaga ma’naviy yo’l bilan erishiladi. Bu yo’l juda og’ir, shu sababli faqat monaxlargina nirvana holatiga yetishi mumkin. Keyinchalik Xinayanada juda ham murakkab va dabdabali ibodatlar (masalan, «Budda tishiga sig’inish»), buddizmning muqaddas joylariga ommaviy ziyoratlar joriy qilingan. Bu yo’nalish Sharqiy Hindistonda, Shri Lanka, Hindi-xitoy davlatlarida tarqalgan.
Maxayana Xinayana bilan bir qatorda buddizmdagi ikkinchi asosiy yo’nalish bo’lib, u ruhiy kamolot ahdiga rioya etuvchi, xudoga iltijo qiluvchi rohiblarga in’omlar berib yordam ko’rsatuvchi har qanday oddiy dindor najot topishi mumkin degan ta’limotga asoslanadi. Unga ko’ra, Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli maxluqotlar shakliga kirishi mumkin va hayot zanjirining barcha vakillari uni o’rganishi, anglashi mumkin. Bu narsa cheksiz Budda ramlarining, xudolarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu xudolarga ishonish yo’llari barcha uchun mumkin bo’lganligi sababli u «katta arava» nomini olgan.
Tszintu yo’nalishi Xitoyda vujudga kelgan va keyinchalik Yaponiyaga o’tgan. Unga Xuey-Yuanь asos solgan. V-VII asrlarda uning shogirdlari bu yo’nalishni rivojlantirganlar. Shuningdek, ushbu yo’nalish Xitoy buddizmida sezilarli mavqega ega bo’lgan va rasman e’tirof etilgan.
Xitoyshunos olimlarning ta’kidlashlariga qaraganda, Tszintu yo’nalishi daosizm, hatto qadimgi Xitoy «sinizm»i ta’sirida shakllangan.
Dostları ilə paylaş: |