Xalq e’tiqodlari. Har bir ibodatxonada Sintay ilohiyati turadigan xonden (muqaddas joy) bor. Xondenning yonida xayden (ibodat qiluvchilar turadigan joy) bo’ladi. Ibodatxonalarda ilohiyatlar timsoli yo’q. Ammo ayrim ibodatxonalar sher, ba’zilari tulki, maymun yoki kiyik timsollari bilan bezatilgan. Bu hayvonlar muayyan ilohiyatlarning elchisi hisoblanadi. Bularning barchasi sintoizmning turli-tuman, o’ziga xos milliy e’tiqodlar bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi.
Xalq orasida tulki tabiatiga ega bo’lgan odamlarni sehrgar, folbin, bashoratchilik xususiyatiga ega deb hisoblaydilar. Ular tulki timsolidagi ilohiyatga sig’inadilar. Qadimda yaponlar bo’riga ibodat qilganlar. Yaqin-yaqinlargacha ular bo’rini Akama tog’larining ruhi deb hisoblab kelganlar. Shuningdek, yaponlar toshbaqa, ilon, chuvalchang, baliq, ninachi, akula, qisqichbaqa kabi ko’plab turli hayvonlarni muqaddas hisoblab, ularning timsollarini yomon ruhlardan himoya qiluvchi, omad-baxt keltiruvchi narsalar sifatida uylari, ibodatxonalariga osib qo’yadilar. Yana ba’zi daraxt va gullarni, tog’, buloq, tosh kabilarni ham ilohiylashtiradilar. Shunisi ham borki, ushbu urf-odatlar diniy e’tiqoddan ko’ra ko’proq xalqning qadimiy tasavvurlari bilan bog’liq.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yapon xalq e’tiqodlari juda xilma-xil. Ular bir shakldan ikkinchisiga o’tib hozirgacha yo’qolmay yetib kelgan. Bu e’tiqodlar ham o’z navbatida, chetdan kirib kelgan turli dinlardan ta’sirida shakllangan.
Dostları ilə paylaş: |