Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə52/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154




G’ARB DINLARI

YaHUDIYLIK

Yahudiylik dunyoda keng tarqalgan dinlardan biridir. Shu kunda Isroilda 4,7 mln. (aholining 80 %), AQShda 6 mln. (40 % Nьyu Yorkda), Rossiyada 1,5 mln., G’arbiy Yevropa davlatlaridan Frantsiyada 0,6 mln., Buyuk Britaniyada 0,4 mln. va boshqa mamlakatlarda yashaydilar.



Paydo bo’lishi. Yahudiylik miloddan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan, yakkaxudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo’lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiy so’zining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida yozishicha, yahudiylar bu so’zni somiy tillaridagi hoda – «tavba qilmoq, tavba qilganlar» so’zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalar-da, aslida bu fikr noto’g’ri, «yahudiy» so’zi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik qilgan Ya’qub Payg’ambarning o’g’li Yahudo nomiga nisbat berilgan.

Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bo’lib, Isroil – Ya’qub payg’ambarning ikkinchi ismi, banu – «bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil avlodlari».

Yahudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama yevrey so’zi zamonaviy adabiyotlarda «yahudiy» so’zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi. Ammo bu ikki so’zning etimologiyasi turlicha: yevrey qadimiy somiy tillardagi ibriy so’zining o’zgargan shaklidir. Ibriy so’zi (arab. ‘abara-ya‘buru – «kechib o’tmoq» fe’lidan) «kechib o’tganlar»ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki, yahudiy qabilalari Urdun (Iordan) daryosini kechib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar. Shuning uchun ularga ibriylar yoki ibroniylar («kechib o’tuvchilar»)nomi berilgan.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin