Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə6/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Ibtidoiy mifologiya. Ibtidoiy odamning tasavvuri va e’tiqodlari majmuasi, ularning real hayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og’zaki ijodda aks etgan. Bu narsa odamlarning ongida qolib, turli afsonalarning yaratilishiga sabab bo’lgan. Ibtidoiy mifologiyani tashkil etgan ijod doim odamlarning ma’naviy hayoti, ibodati, hissiyotlari va diniy tasavvurlari bilan chambarchas bog’liq edi. Buni tushunish oson: agar ibtidoiy odamning asosiy ma’naviy hayotida totemlarga, marhum ajdodlarga ibodat qilish, ular bilan sirli qarindoshligi bo’lsa, mifologiyaning markazida zooantropomorfik ajdodlar yoki har xil mo’’jizaviy kuchga ega bo’lgan ilohiylashtirilgan qahramonlar turardi. «Madaniy qahramon»larning ismlari afsonalarda biron bir ixtiro yoki yangilikda mujassam bo’lgan. Masalan, olovni topish, oila va nikohlar shaklini o’rnatish, mehnat va ov qurollarini yasash hamda boshqa jasoratlarga oid aqidalarni tashkil qilish. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta o’rin egallagan, ya’ni yer va osmon, quyosh va oy, o’simlik va hayvonot, nihoyat, odamning yaratilishi to’g’risidagi rivoyatlar, afsonalarda diniy tasavvurlarning ta’siri yaqqol ifodalangan. Ruhlarning yangi shaklga kirish sehrli xususiyatiga, ya’ni o’z qiyofasini o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lgan, bir vaqtning o’zida odam va hayvon shakliga kira olishini monstrlik deb hisoblashardi.

Ibtidoiy mifologiyada hayot va o’lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar orasidagi muhim aloqalar tasvirlangan edi. Mifologiyaning bunday qarama-qarshiliklarini tahlil qilish inson tarixining qadimgi bosqichini qayta tiklash uchun muhim manba hisoblanadi. Xususan, bu tahlil ibtidoiy jamoalar taraqqiyotida borishida diniy tasavvurlarning rolini aniqlashga imkon yaratadi.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin